Mamlakatimizda aholi geografiyasining tarkib topishi va rivojlanishi

Mamlakatimizda aholi geografiyasining tarkib topishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Geografiya
Mamlakatimizda aholi geografiyasining tarkib topishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Mamlakatimizda aholi geografiyasining tarkib topishi va rivojlanishi Reja: 1. Aholi geografiyasining tarkib topishi. 2. Aholishunos olimlarning fikrlari. Geografiya fani aholi va unga taalluqli bo'lgan ma'lumotlarni qadimdan o'rganib kelgan. Masalan, 1650 yilda Vareniyning Niderlandiyada bosilib chiqqan Umumiy geografiya nomli asaridayoq aholiga tegishli ko'pgina masalalar geografiya o'rganadigan muhim muammolar qatoriga kiritilgan edi. Varenius geografiyani ikkita 1. Asosiy (umumiy) geografiya va ayrim mamlakatlarni o'rganadigan xususiy geografiyaning iqtisodiy geografiya bo'limi o'rganadigan masalalar orasida aholining sostavi, turmushi, iste'mol qiladigan ovqatlari, daromadi, bilim darajasi, hunarmandchilik, savdo aloqalari, tug'ilgandan o'lguncha bo'lgan urf-odatlari, siyosiy tuzumi, shaharlari kabi ko'rsatkichlar bo'lgan. Ammo u paytlarda va undan keyin ham uzoq davrlar davomida aholi geografiyasi geografiya fanining alohida yo'nalishi sifatida tashkil topmagan edi. Bu yo'nalish geografik determinizmning vulgar-materialistik konsepsiyasiga asoslanardi va aholi geografiyasidagi barcha hodisa hamda voqealarni tabiiy sharoitning ta'siridan deb tushuntirishga urinar edi. 19-Asr oiri 20-asr boshlarida g'arbiy Yevropada odam geografiyasi deb nomlangan yo'nalishi ham vujudga keladi. Fransuz geograflari P.Vidalp de Lya Vlash (1845-1919) va J.Bryun (1869-1930) bu yo'nalishning asoschilari edilar. Bu yo'nalish ham aholi geografiyasi masalalarini tushuntirishda jamiyat taraqqiyotining haqiqiy qonunlariga emas, balki burjua falsafasi, siyosiy iqtisodi va tarixining konsentratsiyalariga asoslangan. Bu yo'nalish namoyandalari tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi, tabiat bilan aholi o'rtasidagi munosabatlar va aloqalarni ilmiy asosda o'rganmasdan balki alohida bir olamning tabiat bilan o'zaro munosabatlarini va bir biriga ta'sirini o'rganish bilan shug'ullanganlar. Buning uchun ham ular o'z fanlarining nomini aholi geografiyasi emas, balki odam geografiyasi deb atashgan. Rossiyada revolyutsiyagacha aholi geografiyasiga taalluqli yirik ilmiy asarlar juda kam edi. Chunki, aholi geografiyasi geografiyaning maxsus tarmog'i sifatida xali tashkil topmagan edi. Ana shu davrda ota-bola P.P.Semyonov-Tyanshanskiy va V.P.Semyonov-Tyanshanskiy hamda A.N.Voyeykovning ishlari alohida o'rin egallaydi. Semyonov-Tyanshanskiy 19-asr oxirida Rossiya aholisi va aholi punktlarini geografik analiz qilgan, bir necha ishlar bajargan. U o'zining 1971 yilda chiqqan asarida aholi zichligi kartasinii batafsil va mazmundor analish qildi. 1863-1865 yillarda P.P.Semyonov-Tyanshanskiy Geografik - statistik lug'at tuzdi. Lug'atda Rossiyaning barcha shaharlari, stansiya va yirik qishloqlariga xarakteristika berdi. U Rossiya qishloqlariga birinchi bo'lib, batafsil ijtimoiy-iqtisodiy xarakteristika berdi, ularni 27 ta tipga ajratdi. Ayniqsa uning Murevenskaya golostg' (1880) asari alohida diqqatga sazovordir. Bu asar aholini va qishloq punktlarini kompleks geografik ekspeditsiyalar yordamida o'rganish bo'yicha brinchi manba bo'lib, ushbu davrda Rossiya va chet mamlakatlarda aholiga bag'ishlangan ishlar orasida o'z ilmiy saviyasiga ko'ra xiyla yuqori turar edi. P.P.Semyonov-Tyanshanskiyning bu asari bilan K.Marks keyinchalik V.I.Lenin qiziqqan. K.Marks va V.I.Leninni qiziqtirgan narsa bu asarda ijtimoiy jarayonlar territorial farqlarning analiz qilinishi va 1861 yil reformasidan keyin Rossiya qishlog'idagi sinfiy tabaqalanish masalalarining yoritilishi edi. Ma'lumki, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.28 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.28 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga