Mamlakatlarda xo'jalikning hududiy tuzilishiga fan-texnika inqilobining ta'siri

Mamlakatlarda xo'jalikning hududiy tuzilishiga fan-texnika inqilobining ta'siri

O'quvchilarga / Geografiya
Mamlakatlarda xo'jalikning hududiy tuzilishiga fan-texnika inqilobining ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Mamlakatlarda xo'jalikning hududiy tuzilishiga fan-texnika inqilobining ta'siri 9-sing Geografiya darsligi asosida 15 § - mavzu Reja: Fan texnika inqilobining xo'jalikning hududiy tarkibiga bo'lgan ta'siri ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omillari orqali amalga oshmoqda. Hudud omili. Hudud jamiyat faoliyati amalga oshiradigan geografik muhitning muhim omillaridan biridir. Hudud qanchalik katta bo'lsa, u xilma-xil tabiiy resurslarga shuncha boy bo'ladi. Iqtisodiy-geografik o'rin omili. Iqtisodiy-geografik o'rin vaqt davomida o'zgarib turuvchi tarixiy kategoriyadir. Iqtisodiy-geografik o'rin, asosan, umumiy integral munosabat bo'lib, u: a) markaziy; b) ichkarida joylashgan; d) qo'shni hududda joylashgan; e) Dengiz sohilida joylashgan o'rinlarga bo'linadi. Dengiz sohilida joylashgan mamlakatlarning iqtisodiy-geografik o'rni deyarli har doim iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning muhim omili hisoblangan (Gretsiya, Italiya, Rim, Venetsiya, Genuya, Ispaniya, Portugaliya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va hokazo). Tabiiy resurs omili Industrlashtirish jarayonining dastlabki bosqichlarida asosiy xo'jalik tarmog'i - sanoatning joylashishi tabiiy resurslar, dastavval foydali qazilmalar geografiyasi tomonidan aniqlangan. Transport omili. FTI davrigacha ushbu omil ishlab chiqarishni joylashtirishda ko'pincha hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Aloqa yo'llari hamda transport vositalarining takomillashtirilishi transport xarajatlarining keskin kamayishiga olib keladi. Mehnat resurslari omili. Mazkur omil ishlab chiqarishning joylashishiga va uning hududiga har doim ta'sir qilib kelgan va hozirda ham ta'sir ko'rsatmoqda. G'arbiy Yevropadagi ulkan sanoat rayonlari va korxonalarida millionlab xorijiy ishchilar mehnat qilmoqda. Shu vaqtning o'zida millionlab ortiqcha mehnat resurslariga ega. Hududiy konsentratsiyalashish omili. Ishlab chiqarishning hududiy konsentratsiyalashishi - bu uni ma'lum bir joyda to'planishini, jamlanishini anglatadi Fantalab omil. FTI davrida fan-texnika ishlab chiqarishni joylashtirish jarayonida juda muhim omil bo'lib bormoqda. FTI davrida fan bilan ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiya yana ham chuqurlashdi. Buning natijasida fan-sanoat majmualari, texnologik parklar, texnopolislar vujudga keldi. Ekologik omil Ilgarigi vaqtlarda ham mavjud bo'lgan bu omil FTI davrida alohida ahamiyat kasb eta boshladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.95 MB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.95 MB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga