Mamlakatshunoslik faniga kirish

Mamlakatshunoslik faniga kirish

O'quvchilarga / Geografiya
Mamlakatshunoslik faniga kirish - rasmi

Material tavsifi

Mamlakatshunoslik faniga kirish Reja: Fanning maqsadi va vazifasi. Dunyo siyosiy kartasining shakllanishi. Dunyo davlatlarining siyosiy tuzilishi. Dunyoda ingliz tilida so'zlashuvchi davlatlar geografiyasi. Tayanch so'zlar: Respublika, monarxiya, konstitutsiya, parlament, davlat tili, Antanta, siyosat, mustamlaka, kon-gress, palata, qadimgi davr, yangi davr, eng yangi davr, tayahch mamlakat, Uchlar ittifoqi, prezident, gimn, BMT, NATO, etnogeografya. 1. Fanning maqsadi va vazifasi. O'zbekiston Respub-likasining barcha ta'lim turlarida mamlakatshunoslik fa-nini o'qitishdan maqsad ta'lim oluvchilarning madaniyatli dunyoda maishiy, ilmiy va kasbiy sohalarda faoliyat yuri-tishi uchun kommunikativ kompetentsiyani shakllantirish-dan iborat. Kommunikativ kompetentsiya ishtirokchilarning o'z-lari tomonidan qo'yilgan aniq maqsadlarga qaratilgan nutq faoliyatini shakllantirishga imkon beradigan bilim, ko'nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar yig'indisini ifoda-laydi. Kommunikativ kompetentsiya talabalarning tili o'rga-nilayotgan mamlakat madaniyati bilan tanishishi, o'z mamlakati madaniyatini yanada yaxshiroq anglashi, uni muloqot jarayonida ko'rsata olishini nazarda tutadi. Mamlakatshunoslik fanini talabalar o'rganish jarayon-ida maqsaddan kelib chiqib ingliz tilida so'zlashayotgan mamlakatlarning jahon hamjamiyatdagi mavqei, u mam-lakatning tabiiy sharoiti va foydali qazilmalari, ma'muriy-hududiy bo'linishi, ta'lim tizimi, aholisi, urf-odatlari va bayramlari, sanoat tarmoqlari, transport geografyasi ham-da tashqi iqtisodiy aloqalarini kengroq o'rganishni asosiy vazifa etib, bu sohadagi ma'lumotlari kengayib borib o'z bilim, tushuncha va ko'nikmasiga ega bo'lishadi. 2. Jahon siyosiy kartasining shakllanishi. Ma'lumki, dunyo siyosiy kartasi hozirgi holatga kelgunga qadar ko'p marotaba o'zgarishga uchragan. Dastlab Afrika qit'asining, ayniqsa, XV asrda yangi dunyo Amerika qit'asining ochilishi tufayli o'sha davrdagi Yevropaning yetakchi davlatlari dastlab Afrika keyinchalik Amerika qit'asi, so'ngra Avstraliya va Okeaniya yerlarini qayta-qayta bo'lib olib, o'z mustamlakachilik siyosatini olib borishdi. Natijada bu dunyo kartasidagi oq dog'lar o'rnida o'zlariga tegishli ranglarning hosil bo'lishiga olib keldi. XX asrning boshlarida dunyo siyosiy kartasi o'zgarishiga kuchli turtki bo'lgan omil Birinchi Jahon uru-shidir. Ikki harbiy siyosiy bloklar - Antanta va Uch-lar ittifoqining bir-birlari bilan urushi I Jahon urushini keltirib chiqardi. Antanta harbiy tashkiloti 1895-1907-yillari tashkil topgan bo'lib, unga Fransiya, Angliya, Rossiya va Serbiya kabi mamlakatlar kirgan. Uchlar ittifoqi harbiy bloki Germaniya, Avstriya-Vengriya, Italiya mamlakatlaridan tarkib topgan bo'lib, bu harbiy blok 1882-yili tashkil topgan. I jahon urushi 1914-yili boshlanib, 1918-yili tugagan. Bu urush yillari Belorussiyaning g'arbiy qismi, Ukraina-ning g'arbiy qismi hamda Moldaviya (Bessarabiya) Ger-maniya hamda Ruminiya davlatlari tomonidan bosib olindi va o'sha davlatlarning mustamlakasiga aylandi. 1917-yil Rossiyada Oktyabr revolyutsiyasi ro'y berdi va revolyutsiya g'alaba qozondi. Oktyabr revolyutsiyasi-dan so'ng Rossiyada fuqarolar urushi alanga oldi. Bu davrda birgina O'zbekiston hududi 3 davlatga bo'-lingan bo'lib, ular: Buxoro amirligi Xiva xonligi Qo'qon xonligi edi. Mazkur amirlik va xonliklar 1917-yilgacha, ularning qoldiqlari esa 1920-yilgacha hukmronlik qilgan. 1922-yil 30-dekabr kuni dunyo siyosiy kartasida yangi davlat paydo bo'ldi. Shu kuni RKP(b) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.3 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.3 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga