MapInfoda legendalarni ishlab chiqish prinsipi

MapInfoda legendalarni ishlab chiqish prinsipi

O'quvchilarga / Geografiya
MapInfoda legendalarni ishlab chiqish prinsipi - rasmi

Material tavsifi

MapInfo da legendalarni ishlab chiqish prinsipi. Kartani yaratish uslubi va tanlangan kartografik usulga asoslangan holda kartaning legendasini yarim avtomatik ravishda tuzish mumkin. Kartogramma diapazonlari ko'rsatkichlarini (oraliqlar qiymatlarini) zarur bo'lganda Qo'l bilan Vruchnuyu kiritish ham mumkin. Teng sonli yozuvlar Ravnoe kolichestvo zapisey uslubida har bir diapazonda xaritalashtirilayotgan ko'rsatkichlarining taxminan teng miqdorli ko'rsatkichlari kiritilib diapazonlar yaratiladi. Qiymatlarni teng tarqatish uslubida yozuvlar ma'lumotlarning qiymatlari tarqalishi nuqtai nazaridan qarab diapazonlarga bo'linadi. Masalan, jadvalda 1 dan 100 gacha bo'lgan qiymatlar mavjud. Aytaylik, Siz to'rtta bir xil qiymatga ega diapazoilari bor mavzuli karta yaratmoqchisiz. Bunday vaqtda dasturda quyidagicha diapazonlar ajratiladi: 1-25; 26-50; 51-75 va 76-100. Tabiiy guruhlar Yestestvennie gruppi va Kvantlash Kvantovanie uslublari notekis taqsimlangan ma'lumotlarii tahlil qilishga imkon beradi. Tabiiy guruhlar uslubida diapazonlar algoritm asosida tuziladi, yani algoritm xar bir diapozonning o'rtacha qiymatini oladi, chunki u xar bir diapazon chegarasida ma'lumotlarni bir xilda tekis taqsimlash imkonini yaratadi. Qiymatlar diapozonda shunday taqsimlanadiki, unda xar bir diapazonning o'rtacha qiymati shu diapazondagi qiymatlarga imkon qadar yaqin bo'lgan holatda taqsimlanadi. Shunday qilib, diapazonlarii ularning o'rtacha qiymatiga karab ta'riflab, diapazondagi ma'lumotlar qiymatlari esa mumkin qadar ixcham guruhlanadi. Kvantlash uslubi diapazonlar mavzuli o'zgaruvchilarini ma'lumotlarning ayrim sigmenti bo'yicha taqsimlanishini aniqlaydigan qilib qurishga yo'l beradi. Masalan, Kvantlash uslubini shaharlar aholisining viloyat miqiyosidagi ulushini ifodalashda qo'llasa bo'ladi, lekin legendada diapozonlarini ko'rish uchun Kvantlash uslubidan foydalanildi, deb ko'rsatilmaydi. Bundan tashqari, legenda diapazonlarini ifodalovchi nomlari saqlanadigan qilib ham tuzish mumkin. Dispersiyalar asosida uslubidan foydalanganda ikkita o'rtacha diapazondan o'rtacha qiymat ajratadi, bu diapazonlar o'lchami standart chetlanishga tengdir (dispersiyalar). Bundan tashqari Qo'l bilan uslubida diapazonlar ko'rsatkichlarini o'zimiz aniqlashimiz mumkin. Raqamli shkalani tanlash uchun: 51gN formuladan bosqichlar sonini aniqlash mumkin; bu yerda N-kartaga olinayotgan ko'rsatkichlar soni. Viloyatlar kartalarini tuzishda Qiymatlar darajasi Rang znacheniy grafigi bilan kelishgan holda taklif etilgan uslublardan biri tanlanadi. Qiymatlar diapazonilari usuli bo'yicha rayon kartasini tuzishda Teng sonli yozuvlar Ravnoe chislo zapisey uslubidan foydalanmoq zarur. Buning uchun: Uzoqqa Dalshe tugmasini tanlash va ekranda Mavzuli kartani yaratish 3 tadan 3 qadam Sozdanie tematicheskoy karti 3 shaga iz 3 (avvalgi bo'limning 4 - bandi bo'yicha) ishi bajariladi. Diapazonlar Diapazoni ko'nikmasini Diapazonlarni sozlash Nastroyka diapazonov dialogidan chiqarish uchun bosiladi. Mavzuli kartalarning legendalarini tuzish va ularni jihozlash Mavzuli kartani yaratishda MapInfo dasturi shartli belgilarni avtomatik tarzda yaratadi. Siz shartli belgilar tizimining standart ko'rinishidan foydalanishingiz yoki uni o'z hohishingiz bo'yicha tuzishingiz mumkin. Shartli belgilar tizimiga talluqli dialogni chaqirish uchun Shartli belgilar Legenda tugmasini Mavzuli karta yaratishning 3 tadan 3 qadam Sozdanie tematicheskoy karti - 3 shaga - iz 3 dialogida kerakli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 562.79 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 562.79 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga