MapInfoda mavzuli kartalar tuzish

MapInfoda mavzuli kartalar tuzish

O'quvchilarga / Geografiya
MapInfoda mavzuli kartalar tuzish - rasmi

Material tavsifi

MapINFOda mavzuli kartalar tuzish MapInfoda mavzuli kartalar tuzish. ma'lumotlar bazasi yaratilgandan keyin obyektlarga mavzuga qarab ma'lumotlar (atributiv axborotlar) beriladi, ularga oid jadvallar to'latiladi, shundan keyin kartaning mavzuli qatlamlarini tuzishga bevosita kirishiladi. Malumki, hozirgi kunda kartografiyada 10 ta tasvirlash usullari mavjud. MapInfo dasturida sifatli rang usuliga- Alohida qiymatlar Otdelnie znacheniya usuli; kartogramma usuliga - Qiymatlar diapazoni Diapazoni znacheniy; nuqtalar usuliga - Nuqtalar zichligi Plotnost tochek; belgilar usuliga - O'lchamli belgilar Razmernie simvoli; izoliniyalar usuliga - Yuza Poverxnost; kartodiagrammalar usuliga - Ustunli va aylanmali diagrammalar Stolbchatie i krugovie diagrammi to'g'ri keladi. O'zbekiston Respublikasining tuproqlari kartasi Mavzuli qatlamlarni hosil qilish jarayonini Respublikamizning gidrologik mazmunga ega kartalarini tuzish misolida ko'rib chiqamiz. Alohida qiymatlar usulida karta tuzishda MapInfo nuqtali, chiziqli va maydonli obyektlarni mavzu bo'yicha ajratish imkonini beradi. Buning uchun jadvalda berilgan maydon ko'rinishga ega bo'lgan alohidagi qiymatlar tanlanadi. Dastur har bir qiymatga mos keluvchi rangni tanlaydi. Zarur bo'lganda, foydalanuvchining hoxishiga qarab rang o'zgartiriladi. Bu usul o'simlik, tuproq, yer sifati, qiyaliklar ekspozitsiyasi, siyosiy-ma'muriy va boshqa kartalarni tuzishda qo'llaniladi. Qiymatlar diapazoni Diapazon znacheniy usulidan foydalanishda MapInfo obyektlarning bir-biriga yaqin bo'lgan qiymatlarini guruhlaydi va tuzilgan ushbu guruhlarga bir xil ranglarni, belgilarni yoki chiziqlarni beradi. Qiymatlar diapazoni usuli obyektlarning o'lchami, ularning raqamli qiymatlari bilan bevosita bog'liq bo'lmagan hollarda ham qo'llaniladi. Usuldan kartalarda ma'muriy yoki territorial xo'jalik birliklar bo'yicha nisbiy kartografik ko'rsatkichlarni tasvirlashda, yani aholi zichligi, xo'jalikyoki territorial birliklari va boshqa ko'rsatkichlarni, turli agrokimyoviy mazmunli bo'lgan kartalarni tuzishda foydalaniladi. Viloyatlar bo'yicha yer soliqlari stavkalari kartasi Yuza Poverxnost usulida MapInfo kartaning mavzuli ma'lumotlarini uzluksiz rangli bo'yoqlari bilan rastrlangan yuza ko'rinishida ifodalaydi. Yuzalar tasvirlangan kartalar ko'pchilik geoaxborot tizimlarida ishlatiladi, bunla raqamli ma'lumotlar biror bir qiymatga ega bo'lib, lokal bir nuqtaga tegishli, deb qaraladi. Masalan, yuza usulini haroratni o'zgarishi, qor qoplami qalinligi yoki topografik yuzaning relefini tasvirlashda foydalanish mumkin. Rangli izochiziqlar bilan relefni ifodalash Quyida keltirilgan misol qatlamli rangli izochiziqlar bilan ifodalangan uchastkaning relefini ko'rsatadi. Yuza tipidagi shartli belgilarii tuzishda O'lchamli belgilar Razmernie simvoli turli o'lchamdagi belgilarni qo'llab, ular orqali har xil qiymatlarni ko'rsatish mumkin. Quyida keltirilgan O'lchamli belgilar Razmernie simvoti tipidagi shartli belgili qatlam turli ma'muriy okruglarda turar joy va jamoat obyektlari qurilishi miqdorini ko'rsatadi. O'lchamli belgilar usulida tuzilgan karta. O'lchamli belgilar usulini kartadagi grafik tipdagi obyektlar uchun qo'llash mumkin. Bunday shartli belgilar raqamli ma'lumotlarni tasvirlash uchun juda qulaydir. O'lchamli belgilar usulida karta yaratishda belgilarning ko'rinishi, rangi va o'lchamlarini tanlash kerak. Belgilarning ko'rsatkichlarini o'zgartirish uchun O'lchamli belgilarni sozlash Nastroyka razmernix simvolov dialogidagi tugmani bosish kerak. Belgi shakli Stil simvola dialogi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.01 MB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.01 MB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga