Markaziy Osiyo hayvonot dunyosi

Markaziy Osiyo hayvonot dunyosi

O'quvchilarga / Geografiya
Markaziy Osiyo hayvonot dunyosi - rasmi

Material tavsifi

Markaziy Osiyo hayvonot dunyosi Cho'l hayvonlari. Cho'lning hayvonlari juda g'alati bo'ladi. Chunki cho'l hayvonlarining ko'pchiligi qurg'oqchilikka va baland haroratga, qumli, gilli, sho'rxokli va toshli yerlarda yashashga o'rgangan. Ba'zilari suvni nihoyatda oz talab etsa, ba'zilari avji issiq yozda uyquga ketadi. Ba'zi birlari tushki jazirama issiqda uyalariga berkinib oladi, kechalari ovqat izlab tashqariga chiqadi, bularni tungi hayvonlar deyish mumkin. Ba'zi bir boshqa hayvonlar esa quduqlarda, g'orlarda umuman soya-salqin yerlarga kirib oladi. Qumda yashayotgan ko'pgina hayvonlarning oyog'i qum ustida tez yurishga moslashgan. Cho'l hayvonlarining tusi ham o'sha yerga moslashgan, masalan, qum hayvoni malla rangda, taqir hayvonni bo'z rangda, toshloq hayvoni olachipor tusda bo'ladi. Ingichka barmoqli qum yumronqozig'I cho'lning hamma yerida uchraydi, u sochilma qumlar ustida tez chopadi. Do'ng qumlar orasidagi chuqurchalarda katta qum sichqonlari to'p-to'p bo'lib yashaydi. Qumlarda urug' ildiz, ildiz tanacha, o't va shuningdek hasharotlar bilan oziqlanadigan tungi hayvonlardan qo'shoyoqlarning bir necha turi bor. Qo'shoyoqlar lola piyozchalarini yeb, chanqovlarini bosadi. Ba'zan quyon ham uchraydi. Qum cho'llarda y qich hayvonlardan tulki, chiyabo'ri, barxan mushugi va boshqalar yashaydi. Cho'lning eng yirik va chidamli uy hayvoni tuyadir. Qum cho'llar sudralib yuruvchilar makoni. U yerda toshbaqa va kaltakesaklar g'oyat ko'p. Ko'pchilik kaltakesaklarning gavdasi cho'ziq va ingichka, qo'l oyoqlari uzun, qumda nihoyatda tez chopishga va qum ichiga ko'milib ketishga moslashgan epchil hayvon. Katta quloqli dumaloqbosh kaltakesak kunduzgi hayvon. U kunning issiq vaqtida harorat pastroq, sershabada qum tepalariga chiqib oladi. Qumda oddiy kaltakesaklardan O'rta Osiyo agamasi ham bor. O'rta Osiyo agamasi joyga qarab tusini o'zgartirib turadi. Kaltakesaklarning eng kattasi bo'z echkemar varandir, uning uzunligi 1,5 m dan oshadi. U qumda sang'ib yurib, kaltakesak, ilon, qushcha, har xil tuxumlar va mayda sut emizuvchi hayvonlarni, chigirtka, falang kabi hasharotlarni tutib yeydi. U faqat havo issiq vaqtda yuradi, harorat 150 bo'lganda badani uvishadi, 100 bo'lganda esa to'lg'ib qoladi. Varan yomon tishlaydi va uzun kuchli dumi bilan qattiq uradi. Ilonlar qumda yashovchi tipik hayvonlardir. Ilonlar ham kaltakesaklar singari, birdaniga qumga kirib keta oladi va qumda tez chopadi. Qumli cho'lda uzunligi 1m dan ortiq keladigan bo'g'ma ilon ko'p. u zaharsiz bo'lib, hasharot, kaltakesak, qush bolalari hamda mayday hayvonlarni tutib yeydi va nihoyatda tezlik bilan qunga kirib ketadi. Kobra katta ilon bo'lib, uzunligi 1,5-2 m keladi. U Kopetdog', Hisor, Zarafshon, Nurota va boshqa tog' etaklarida, Qoraqum, Badxiz, Qarshi, Surxon-Sherobod cho'llarida ko'p uchraydi. Kobraning ko'zi ostida ko'zoynaksimon belgisi bo'lib uni ko'zoynakli ilon deb ham atashadi. Qum cho'llarida o'rgimchaksimonlardan qoraqurt, falanga, chayon kabi hasharotlar ko'p. Tog' oldi tekisliklarida efemer o'sadigan dashtlarda ham xilma-xil hayvonlarni, ayniqsa uyasidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 442.31 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:47 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 442.31 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga