Markaziy Osiyo qishloq hududlarida aholi takror barpo bo'lishining xususiyatlari va omillari

Markaziy Osiyo qishloq hududlarida aholi takror barpo bo'lishining xususiyatlari va omillari

O'quvchilarga / Geografiya
Markaziy Osiyo qishloq hududlarida aholi takror barpo bo'lishining xususiyatlari va omillari - rasmi

Material tavsifi

Markaziy Osiyo qishloq hududlarida aholi takror barpo bo'lishining xususiyatlari va omillari Markaziy Osiyo Respublikalaridagi investitsiya muhitini yaxshilashda mavjud resurslardan samarali foydalanish muhim rol o'ynaydi. Mutaxassislar fikricha, Markaziy Osiyo mamlakatlarining nisbatan arzon va malakali mehnat resurslariga boy ekanligi investitsiya iqlimiga ijobiy ta'sir ko'rsatayotgan asosiy omillardan hisoblanadi. 1989-2007 yillar oralig'ida mintaqa aholisi qariyb 1,2 martaga o'sdi. Bu MDH mamlakatlari orasida eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Turkmaniston aholisi eng yuqori sur'atlar bilan o'sgan bo'lib, ushbu davr mobaynida 1,6 martaga ko'paygan. Mazkur yillar davomida O'zbekiston aholisi 1,31 martaga, Tojikiston aholisi 1,30 martaga ko'paygan. Ayni vaqtda Qirg'izistonda aholi o'sish sur'atlari mintaqa aholisi o'sish sur'atlari bilan deyarli muvofiq kelgan bo'lsa, Qirg'iziston aholisi soni esa 1989 yilga nisbatan 2007 yilda qariyb 10 % ga qisqargan. Markaziy Osiyo mamlakatlari aholi o'sish sur'atlarining oshishi yoki kamayishini izohlovchi o'ziga xos sabablar mavjud. Masalan, Turkmaniston aholisi o'sish sur'atlarining xususiyatlarini nafaqat tug'ilishining an'anaviy yuqori darajasi, balki go'daklar (har ming kishiga 44 go'dak to'g'ri keladi) va onalar o'limining yuqori darajasi bilan izohlash mumkin. Buning natijasida tug'ilish yuqori darajada bo'lsa-da, aholi sonining o'sish sur'atlari so'nggi yillarda barqaror saqlanib qolmoqda. Turkmanistondan farqli o'laroq Qozog'istonda aholi sonining kamayishini migratsiya jarayonlari, tug'ilish va tabiiy o'sishning qisqarishi bilan tushuntirish mumkin. O'zbekistonda aholi soni o'sish sur'atining qisqarishi ham shu sabablar bilan ma'lum darajada bog'liqdir. Tojikistonda aholi o'sish sur'atining yuqoriligi tug'ilishning yuqori darajasi, o'limning, ayniqsa go'daklar o'limining asta-sekin pasayayotganligi bilan bog'liq. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Markaziy Osiyodagi aholi sonining o'sishi XX asrning 80 yillariga nisbatan taxminan ikki barobariga qisqardi. XX asrning 90-yillaridan boshlab, Markaziy Osiyo aholisi sonining o'sish sur'ati birmuncha pasaygan bo'lsa-da, mintaqa uzoq vaqt «demografik portlash» zonasi bo'lib qolishi kutilgan edi. Biroq sobiq Ittifoqning parchalanishi, Respublikalar iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o'tish natijasida aholi sonining o'sish sur'ati keskin kamaydi. Shu munosabat bilan yuqoridagi mulohazalar birmuncha o'z kuchini yo'qotdi. Shahar va qishloq aholisining o'sish sur'atlari bir-biridan keskin farq qiladi. Bunga sabab-tub aholining asosiy qismi qishloqlarda, boshqa millatlarga, ayniqsa, Yevropamillatiga mansub aholi asosan shaharlarda yashaydi. Bu esa, o'z navbatida, qishloqlarda aholi o'sish sur'atlarining yuqori bo'lishini ta'minlaydi. O'zbekistonda qishloq aholisining tabiiy o'sish ko'rsatkichlari shaharlardan ko'ra har doim yuqori bo'lgan. Bu avvalo aholi tarkibidagi yoshlar salmog'ining ko'pligidan sodir bo'ladi. Tabiiyki, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning o'zi o'sib kelayotgan mehnatga layoqatli yoshlarning hammasini ish bilan ta'minlay olmaydi. Ayniqsa, qishloq xo'jaligida ilg'or texnologiyalarning joriy etilishi va, ayniqsa, qishloqlarimizda amalga oshirilayotgan islohatlar natijasida bu sohada ishlovchilarning ko'p qismi ishsiz qoladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakat-larda ham bevosita qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishda ishlaydigan ishchilar soni qisqarib bormoqda. AQSH, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.02 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.02 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga