Markaziy Osiyo transporti haqida umumiy ma'lumot

Markaziy Osiyo transporti haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Markaziy Osiyo transporti haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Markaziy Osiyo transporti Reja: 1. Markaziy Osiyo davlatlari xo'jaligini tashkil qilish va rivojlantirishda transportning ahamiyati. 2. O'tmishda sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyo hududida transport tarmoqlarining holati. 3. Markaziy Osiyoda transport turlari va ularning shu regiondagi davlatlar iqtisodiyotida tutgan o'rni. 4. Markaziy Osiyo davlatlarda o'z transportni takomillashtirish va rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar. Transport - xalq xo'jaligi tarmog'i bo'lib, xo'jalik va aholining yuklarga bo'lgan ehtiyojlarni o'z vaqtida ta'minlab turadi. Shuningdek, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylanishiga ta'sir ko'rsatadi. Xalq xo'jaligini transportsiz rivojlantirish mumkin emas, chunki transport sanoat bilan qishloq xo'jaligi o'rtasida ishlab chiqarish aloqalarni, mamlakatning turli rayonlari o'rtasidaxi mahsulot almashinishi, uning ichkli va tashqi aloqalarni ta'minlaydi. Yangi hududlarni o'zlashtirishdan oldin ularga transport yo'llar o'tkaziladi. Transportning taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyot bilan shuningdek texnikaning istiqboli bilan ham bog'liq. Transport qanchalik takomillashgan bo'lsada mamlakatning ichki qismida, shuningdek, jahon xo'jaligi miqiyosida ham ijtimoi mehnatning hududiy taqsimlanishi taraqqiy etadi. Transportning taraqqiyoti mamlakatda va uning ayrim rayonlarida ishlab chiqarishning ixtisoslashuviga ta'sir ko'rsatadi. Transport mamlakatning siyosiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega. O'tmishga nazar tashlasak , Markaziy Osiyo hududidan Buyuk ipak yo'li o'tgan. Ipak yo'li g'arbiy Yevropani janubiy va sharqiy Osiyo bilan bog'lab turgan, uning shoxobchalari Markaziy Osiyo hududi bo'ylab tarqalgan. Markaziy Osiyodagi halqlar bir-birlari bilan shuningdek, qo'shni hududlardagi xalqlar bilan ijtimoiy, madaniy aloqa qilganlar. Buyuk ipak yo'lining ta'sirida yirik shaharlar, obod maallalar barpo bo'lgan, madaniyat va ma'rifat taraqqiy etgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida dengiz yo'llarining ochilishi, shuningdek, yaqin va o'rta sharq mamlakatlarida vaziyatning keskinlashuvi oqibatida Buyuk ipak yo'lining Markaziy Osiyo hududidagi mavqeyi pasayib borgan. Chor Rossiyasi davrida Markaziy Osiyo huddlarining katta qismi bosib olinishi natijasida boy tabiiy va mineral resurslar o'zlashtirildi. Mintaqa xom - ashyo yetkazib beruvchi o'lkaga aylantirildi. Natijada regionda transport aloqalari shakllandi. Dastlapki temir yo'llar Chor Rossiyasi davrida qurilgan. Turkmanboshi (Krasnovodsk)- Ashgabad- Chorjo'y- Kogon- Samarqand-Toshkent. O'zbekistonda temir yo'l qurulishi 188 yilda boshlanib, Chorjo'y temir yo'li davom ettirilib Samarqandga olip kelingan, 1890 yilda esa Toshkentdan Andijonga yetkazildi. 1905 yilda Oreburg va Toshkent oralig'ida temir yo'l qurildi. Sobiq ittifoq davrida 1931 yili Turksib temir yo'l magistralining (1445 km) ishga tushurilishi Markaziy Osiyoning iqtisodiy va madaniy hayotida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Shunday qilib Markaziy Osiyo hududida Aris-Orenburg, Aris-Novosibrsk, Toshkent-Krasnovodsk yo'nalishlari bir-birlari bilan bog'landi. Respublikamizning ichki hududlari ham temir yo'llar bilan ta'minlandi, temir yo'l transportining zichligi ortib bordi. Jumladan, Qozog'istonda Petropavlovsk-Borovo temir yo'li Qarag'anda va Balxashga yetkazildi, Jarik- Jezkazg'on, Atiray-Orsk, janubiy Sibir temir yo'l magistrallari qurildi. Shuningdek, O'rta-Sibir magistrali (Kustanay, Ko'kcxatov- Irtish-Karasuv) Baykal- Qo'ng'irot (1972) va Makat- Aleksandr Gay ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.65 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.65 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga