Markaziy Osiyo xo'jaligining tarkibiy tuzilishi

Markaziy Osiyo xo'jaligining tarkibiy tuzilishi

O'quvchilarga / Geografiya
Markaziy Osiyo xo'jaligining tarkibiy tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi Muqimiy nomidagi Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Ped-psixologiya yo'nalishi 2 «B» guruh talabasi Akbarova Oydinoyonning «Markaziy Osiyo geografiyasi» fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Qo'qon- 2014 O'qituvchi: Mo'minov D. Markaziy Osiyо xo'jaligining tarkibiy tuzilishi REJA: Markaziy Osiyoning sanoati Qishloq xo'jaligi Transporti Iqtisodiy rivojlanishdagi xususiyatlari Mintaqa rivojlanishdagi farqlari Markaziy Osiyo xalq xo'jaligining nomutanosib tarkibi, uning hududiy joylanishidagi o'ta notekisliklarni ham ko'rsatish mumkin. Markaziy Osiyo davlatlarining xalq xo'jaligi yaqin-yaqin yillargacha sobiq SSR iqtisodiyotining yagona xalq xo'jalik tizimiga moslashtirilgan edi. U har jihatdan markazga tobe bo'lib, shu tizimga bog'lab tashlangan edi. Buning ma'nosi shu ediki, ular «yuqori» ning ko'rsatmasi bilan o'zlarida xalq xo'jaligining ayrim tarmoqlarinigina rivojlantirish ayrim tarmoqlarni esa har qancha qulay shart-sharoit bo'lsa ham rivojlantirmasligi kerak edi. Markaz bu borada aniq miqdorni, hattoki dehqonchilikda aniq gektarni ham belgilab berardi. Markaziy Osiyo xalq xo'jaligi faqatgina bir tomonlama rivojlantirildi, ya'ni u xom ashyo yetqazib beruvchi mintaqaga aylib qoldi. U sobiq Ittifoqning yoqilg'i va metallurgiya sanoati, qurilish materiallari va oziq-ovqat, yengil sanoat tarmoqlariga xom ashyolar yetqazib beruvchi asosiy rayonga aylantirilgan edi. Xalq xo'jaligi rivojlanishidagi erksizlik Markaziy Osiyoni dunyoning qoloq rayonlari safiga kirib qolishiga olib keldi. Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar o'z iqtisodiyotini rivojlantirilishining markazga tobe xususiyatlariga ega edi. Bu xususiyat Rossiya imperiyasi olib borayotgan siyosatining oqibati edi. Bugungi Markaziy Osiyo ya'ni sobiq SSR parchalanib ketib, uning o'rnida MDH vujudga kelgan bir vaqtdagi Markaziy Osiyo iqtisodiyoti yaqin o'tmishning asoratidan qutulgan emas. Bu asorat uning iqtisodiyotida uzoq vaqtlargacha o'z ta'sirini ko'rsatib turadi, deb aytishimiz mumkin. Har bir jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarni avvalo xalq xo'jaligining yetakchi tarmog'i bo'lgan sanoatni samarali hududiy tashkil qilishga katta e'tibor beradi. CHunki sanoat xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari uchun moddiy texnika vositalarini to'xtovsiz ishlab chiqarish manbai sifatida har qanday hududning iqtisodiy imkoniyatini, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini, tabiy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning holatini belgilab berdi. Iqtisodiy geografik omillarga mehnat resurslari bilan ta'minlanganlik holati va ularning xususiyatlari, ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil qilish shakllari, energetika, transport sharoitlari, ishlab-chiqarishning moddiy texnika bazasi, F.T.T. darajasi, kabilar kirsa, tabiy geografik omillarga esa tabiy sharoit (relef, iqlim, kabilar) xususiyatlari, tabiy resurslar (mineral va suv resurslari) bilan ta'minlanganlik darajasi kabilar kiradi. Sanoatni rivojlantirishda ishlab chiqarishning moddiy texnika bazasi katta ahamiyatga ega. Jamiyatning moddiy texnika bazasi ishlab chiqarish sharoitlarining majmui bo'lib, texnika ishlab chiqarish qurollaridan tashkil topadi. YOQILG'I ENERGETIKA SANOATI Markaziy Osiyoda yoqilg'i energetika sanoati yaxshi rivojlantirilgan bo'lib, og'ir sanoatning muhim tarmoqlaridan biridir. Unga tabiy gaz, neft, ko'mir qazib chiqarish, neftni qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni ist'emolchilarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.9 MB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:48 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.9 MB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga