Markaziy Osiyo, O'zbekistonga qo'shni davlatlar umumiy tavsifi

Markaziy Osiyo, O'zbekistonga qo'shni davlatlar umumiy tavsifi

O'quvchilarga / Geografiya
Markaziy Osiyo, O'zbekistonga qo'shni davlatlar umumiy tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Markaziy Osiyo (O'zbekistonga qo'shni) mamlakatlarining umumiy tavsifi 9-sing Geografiya darsligi asosida 38 § - mavzu Reja: Hududi, chegaralari, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Aholisi. Xo'jaligi. Elektroenergetika sanoati O'zbekiston va unga qo'shni bo'lgan Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalari Markaziy Osiyo hududidagi mamlakatlardir. O'zbekiston Markaziy Osiyoning maydoni 4 mln. km2 (jahon quruqlik maydonining 3,0 % i), aholisi 70,0 mln. kishini (jahon aholisining salkam 1,0 % i) tashkil qiladi. Markaziy Osiyo mineral tabiiy resurslar bilan ancha yaxshi ta'minlangan. U neft va tabiiy gaz zaxiralariga ko'ra Osiyoda Fors qo'ltiqbo'yi va G'arbiy Sibir hududlaridan keyin uchinchi mintaqadir. Markaziy Osiyo aholisi so'nggi oltmish yil ichida, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi katta yo'qotishlarga qaramay, salkam 3 baravar ko'paydi hamda 2013-yilning iyul oyiga nisbatan 70,0 mln. kishiga yaqinlashdi. Markaziy Osiyo ishlab chiqarish hajmiga ko'ra sobiq Ittifoqning paxta, pilla, qorako'l terilari, sholi, quritilgan mevalar, mis, volfram, xrom, simob, uran, oltin, qo'rg'oshin kabi sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi birinchi rayoni bo'lib keldi. Barcha Respublikalar sanoatida undiruvchi sanoat tarmoqlarining ahamiyati katta. Qozog'iston, O'zbekiston, Turkmaniston Respublikalarida ancha katta. Bu tarmoqlar guruhiga kiruvchi yoqilg'i-energetika, metallurgiya va kimyo sanoati salmog'i, ayniqsa, Elektroenergetika sanoati mintaqaning barcha Respublikalarida nisbatan yaxshi rivojlangan. Qozog'istonda salkam 90 mlrd. kVtsoat, O'zbekistonda esa 48-50 mlrd. kVtsoat elektroenergiya ishlab chiqariladi. Metallurgiya sanoati Markaziy Osiyo Respublikalarida bir tekis rivojlanmagan. Qozog'iston bu o'rinda keskin ajralib turadi (2,0 mln. tonna po'lat, qo'rg'oshin, rux, mis, xrom ishlab chiqaradi). O'zbekistonda 0,5 mln. Tonna po'lat va ko'p miqdorda qo'rg'oshin, rux, mis, oltin, kumush va boshqa nodir metallar ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatining mintaqa Respublikalaridagi asosiy o'rni qishloq xo'jaligiga xizmat qilishdir. Barcha Respublikalarda mineral o'g'itlar ishlab chiqarish mazkur sanoat tarmog'ining bosh ixtisosi sifatida rivojlangan. Qishloq xo'jaligi Markaziy Osiyo davlatlarining an'anaviy ishlab chiqarish sohasidir. Hudud dehqonchilik tarmoqlari qishloq xo'jalik mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib beradi. Chorvachilikda mintaqaning deyarli barcha davlatlarida qo'ychilik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Qoramolchilik mintaqa Respublikalarining, ayniqsa, aholi nisbatan zich yashaydigan vodiy va vohalarida, industrial markazlari atrofi hududlarida ko'proq rivojlangan. Transportida katta maydonli o'lka bo'lganligi sababli temiryo'l, avtomobil va quvur transporti eng ahamiyatlidir. Ilgarilari Respublikalarning ichki aloqalarini tashkil qilishda xizmat qilib kelgan avtomobil transporti so'nggi vaqtlarda tobora ko'proq xalqaro iqtisodiy aloqalarda ham samarali xizmat qilmoqda. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.14 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.14 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga