6-sinf geografiya darsligi asosida 64-65-mavzu: Markaziy Osiyo Geografik o'rni. Markaziy Osiyo tabiiy geografik o'lkasi Osiyoning markaziy qismini egallaydi. Bu o'lkada Xitoy va Mongoliya hududidagi tog' va cho'llar joylashgan. O'lkaning markaziy va janubiy qismidan Yer po'stining faol Alp-Himolay seysmik mintaqasi o'tadi. O'lkada keksa, lekin yoshargan tog'lar bilan birga eng yosh tog'lar ham bor. Relyefi. Markaziy Osiyo o'lkasining relyefida, asosan, tog', tog'lik, tog' oralig'idagi botiqlar va baland tekisliklar uchraydi. Tibet tog'ligi, Qoraqurum, Sharqiy Tyanshan yoki Xitoy Tyanshani, Oltoy (Mongoliya Oltoyi), Kunlun tog'lari, Taklamakon botig'i, Gobi cho'li joylashgan baland tekislik o'lka relyefining asosiy shakllari hisoblanadi. O'lkaning eng baland joyi (8 611 m) Qoraqurum tizmasidagi Chogori cho'qqisi bo'lsa, eng past nuqtasi Taklamakon cho'lidagi To'rfon botig'iga (-154 m) to'g'ri keladi. Iqlimi. O'lka hududi mo'tadil va subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Osiyo maksimumi (qish oylarida) va Tinch okeandan esadigan havo massalarining hissasi katta. Yillik yog'in-sochin Tibet tog'ligining markazida, Taklamakon va Gobi cho'llarida 100 mm dan kam. O'lkaning janubi-sharqiy qismidagi tog'larning (Tibet, Kunlun) sharqiy yonbag'riga 1 00 mm va undan ko'p yog'in tushadi. Yanvarning o'rtacha harorati o'lka shimolida -24 °C (iyulda +16 °C), markazida (Taklamakon cho'lida) -8 °C (iyulda +24 °C), janubida (Tibet tog'ligida) -20 °C (iyulda +10 °C) atrofida bo'ladi O'lkada yirik daryolar yo'q, ammo mavjud kichik daryolari Tinch va Hind okeanlariga qo'yiladigan daryolarning yuqori oqimidagi irmoqlaridan iborat. Suvsiz va qurib qoladigan ko'pgina daryolar (Tarim, Zulayho va b.) berk havzada joylashgan. Ko'llaridan Lobnor (maydoni o'zgarib turadi), KukuNur, Ubsu-Nur sho'r ko'llar bo'lsa, Bagrashko'l, Orin-Nur chuchuk ko'llardir. Markaziy Osiyoda mo'tadil va quruq subtropik iqlim mintaqalarining o'rmon-dasht (tog' etaklari), chalacho'l, cho'l zonalari hosil bo'lgan. Tog'larning 6 00 m dan baland qismlari qor va muzlar bilan qoplangan. Sharqiy Osiyo 6-sinf geografiya darsligi asosida 65-mavzu: Geografik o'rni. Sharqiy Osiyo Xitoy davlatining sharqiy qismini, Koreya yarimorolini, Yapon orollarini egallaydi. Bu o'lka shimoldan janubga qarab dengiz sohillari bo'ylab bir necha ming kilometrga cho'zilgan. Tabiiy sharoiti. Sharqiy Osiyoning zaminida eng qadimgi kristall jinslardan tarkib topgan Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy platformalari yotadi. Platformaning yuzasi Xuanxe va Yanszi daryolari keltirgan alluvial yotqiziqlardan tashkil topgan. Bu hudud Buyuk Xitoy tekisligiga mos keladi. Buyuk Xitoy tekisligining shimoliy qismi iqlimi mo'tadil mussonli, janubi subtropik mussonli iqlimdir. Shimolda qish quruq, sovuq (- 6 °C), janubda iliq (+3 °C) bo'ladi. Yozi issiq, dengiz sohillarida iyulning o'rtacha harorati +26 °C. Yillik yog'in miqdori shimolda 500 mm, janubda 1 00 mm. Yog'inning qariyb 80 % i yoz oylariga to'g'ri keladi. Bu tekislikdan Xuanxe, Yanszi va boshqa daryolar oqib o'tadi. Tekisliklarda ko'llar va suv omborlari ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.17 MB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:48
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.17 MB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:48 ]
Arxiv ichida: ppt