Markaziy Osiyoning qishloq xo'jaligi haqida ma'lumot

Markaziy Osiyoning qishloq xo'jaligi haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Markaziy Osiyoning qishloq xo'jaligi haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Markaziy Osiyoning qishloq xo'jaligi Reja: 1.Markaziy Osiyo iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining tutgan o'rni 2.Mintaqada qishloq xo'jaligining yetakchi tarmoqlari . 3.Markaziy Osiyoda hududida qishloq xo'jaligi mintaqalari 4.Markaziy Osiyo qishloq xo'jaligida yangi xo'jalik yuritish shakllari. Qishloq xo'jaligi Markaziy Osiyo davlatlari xalq xo'jaligining eng muhim ishlab chiqarish tarmog'I bo'lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga , yengil va oziq- ovqat sanoat tarmoqlarini xom-ashyoga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaydi. Qishloq xo'jaligi xalqning moddiy farovonligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo'lib, o'simlik va hayvonot mahsulotlarini dastlabki yoki to'liq qayta ishlashning turli jarayonlarini ham o'z ichiga oladi. Markaziy Osiyo regioni uzoq yillar davomida asosan qishloq xo'jaligi mahsulotlari xom-ashyosini yetishtirishga ixtisolashgan edi. hududdagi davlatar hozirgi kunga kelib, xom- ashyo yetishtirishni sifat va miqdor jihatdan yaxshilash va kmo'paytirishga, tayyorlagan xom-ashyoni boshqa davlatlarga kamroq chiqarishga va ularni o'z hududlarida sanoat usulida qayta ishlab, tayyor mahsulotlar ishlab chiqib, o'z iste'molidan tashqari eksport jarayonini rivojlantirishga e'tiborini qaratishmoqda. Mintaqada qishloq xo'jaligi shu hududda yashayotgan xalqning tarixiy yillar davomida to'plagan xo'jalik yuritish madaniyatidan ,shuningdek , tabiiy sharoit va resurslardan samarali va unumli foydalanish asosida shakllangan va taraqqiy etmoqda. Haqiqatdan ham Markaziy Osiyo tabiiy sharoiti xilma-xil va tabiiy hamda mehnat resurslariga boy o'lka. Shular negizida regionda qishloq xo'jaligining yetakchi tarmoqlari o'simlikshunoslikda: paxtachilik va paxta majmuasi: donchilik, ayniqsa bug'doy, sholi, makkajo'xori, arpa: mevachilik va uzumchilik, poliz va sabzavotchilik; chorvachilikda: qaramolchilik, qo'ychilik, yilqichilik, tuyachilik, parandachilik, asalarichilik va boshqa tarmoqlar shakllangan va rivojlantirilgan. Markaziy Osiyo hududining turli-tuman tabiiy sharoitlari , resurslar bilan ta'minlanganlik darajasi shuningdek aholining asrlar davomida to'plagan qishloq xo'jaligi yuritish madaniyati hamda davlatning ehtiyojlari asosida unda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishda mintaqaviy farqlanishlar bo'lishligiga olib kelgan va bu hol ko'zga yaqqol tashlanadi. Jumladan Qozog'istonning shimoliy hududi donchilik, sut-go'sht chorvachiligi hamda mayin junli qo'ychilik juda katta maydonni egallagan. Chala cho'l va cho'llar chorvachilik (go'sht, jun, qo'ychiligi va qorako'lchilik) sug'orma dehqonchilikga; tog' oldi va tog' yaylovlari ko'pchilik, yirik shoxli qaramolchilik, yilqichilikka; janubdagi voha qismlari paxtachilik, mevachilik hamda sut- go'sht qaramolchiligiga ixtisoslashtirilgan bo'lsa, Sobiq O'rta Osiyo regionlaridagi vodiy va vohalar paxtachilik, bug'doychilik, uzumchilik, polizchilik va pilla yetishtirishga; cho'l yaylovlari qorako'lchilik, go'sht-jun chorvachiligi va tuyachilikka; tog' oldi va tog' yaylovlari esa go'sht -jun ko'pchiligi, go'sht-sut qaramolchiligi hamda yilqichilikka; baland tog' hududlari yaylov chorvachiligiga ixtisoslashtirilgan. Markaziy Osiyoda dehqonchilik tarmoqlari qishloq xo'jalik mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib beradi. Respublikalarda deehqonchilikning tarkibi ham bir - birlaridan farqlanadi. Jumladan ,Qozog'iston, Qirg'izistonda donchilik muhim o'rinni egallaydi. O'zbekiston, Turkmaniston va Tojikistonda sug'orma dehqonchilik uning muhim tabiiy qismi paxtachilikning ahamiyati juda katta. Shuningdek, chorvachlikda, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmanistonda ko'pchilik yetakchilik qiladi. O'zbekiston, Tojikiston Respublikalarida ko'pchilik bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.41 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.41 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga