Markaziy Osiyoning sanoati haqida umumiy ma'lumot

Markaziy Osiyoning sanoati haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Markaziy Osiyoning sanoati haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Markaziy Osiyoning sanoati Reja: 1. Markaziy Osiyo sanoatining xo'jalikda tutgan o'rni 2. Regionda sanoat tarmoqlarining shakllanishi , joylashuvi va rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar 3. Markaziy Osiyoda sanoat tarmoqlari 4. Markaziy Osiyoda yoqilg'I energetika sanoat majmuasi 5. Markaziy Osiyoda yoqilg'I energetika sanoati majmuasining istiqbollari Markaziy Osiyo MDH davlatlari orasida asosan xom ashyo va yarim xom ashyo mahsulotlari, qisman sanoat mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtirilganligi bilan ajralib turadi.Sobiq Ittifoq davrida, Qozog'iston, O'zbekiston, Turkmaniston Respublikalarida tog - kon, yoqilg'i-energetika, rangli metallaurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoat tarmoqlari shakllandi. 1980 yil Tojikistonda va Qirg'izistonda energetika, oziq - ovqat va yengil sanoat , avtomobilsozlik, rangli metallurgiya sanoat tarmoqlari shakllana bordi. Albatta sanoat tarmoqlarini shakllanishi va joylanishuvida Respublikalardagi xom - ashyolar , mineral va suv resurslari muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, ko'p sanoat tarmoqlari urush yillari Qozog'iston va O'zbekiston hududiga ko'chirib kelindi. Ularning bo'limlariRespublikalar , viloyatlarda hamda Qozog'iston, Tojikiston hududlarida tashkil etildi. Urushdan keyingi tiklanish davrida ko'chirib olib kelingan sanoat korxonalarining ba'zi birlari shu hududda qoldirildi, ayrimlarini yana oldingi joylariga olib borib tiklanildi. Markaziy Osiyo sanoati undiruvchi sanoat tarmoqlarining ahamiyati katta. Bularga yoqilg'I -energetika, metalurgiya, kimyo sanoatlari kiradi. Qurilish, yengil va oziq- ovqat sanoatlari ham rivojlanib bormoqda. Markaziy Osiyo Respublikalari orasida Qozog'iston davlati sanoat ishlab chiqarish bo'yicha ajralib turadi. buning uchun yetarli miqdorda tarmoqlar mavjud. Hududda yoqilg'I sanoati uchun ko'mir , neft va tabiiy gaz zahirasi mavjud. Eng yirik havza Qarag'anda konidir. Bu yerda toshko'mir va kokslanuvchi ko'mir qazib olindi. Ekibastuz havzasidan ochiq usulda qo'ng'ir ko'mir qazib olinadi. Uning tannarxi juda arzon, asosan issiqlik elektrostansiyalarida xom ashyo sifatida ishlatiladi. Qozog'iston Respublikasida neft konlari Emba havzasida, Mang'ishloq va Shimoliy Ustyutda mavjud. Kaspiy dengizi shel'fida, Mug'ojar tog'lari bilan Qozog'iston past tog'larining oralig'ida nerft zaxiralari mavjud. Neft bor joyda gaz konlari ham bor. Markaziy Osiyo hududida sanoat tarmoqlarini, shuningdek qishloq xo'jaligining shakllantirish va rivojlantirishda yoqilg'i- energetika sanoatining ahamiyati nihoyatda katta. Har bir Respublika shu sanoat majmuasini shakllantirish, hududlar bo'ylab to'g'ri joylashrtirish va rivojlantiishga harakat qiladi. Markaziy Osiyo davlatlari yiliga 200mlrd. kv.t soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ba'zi bir Respublikalarda elektroenergiyani asosiy qismi issiqlik va ba'zi birlarida gidroelektrostansiyalar ishlab chiqarilgan energiyaga to'g'ri keladi. Jumladan Qozog'iston elektroenergiyasining asosiy qismi issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. Bu hol O'zbekistonga ham tegishlidir. Issiqlik elektrostansiyalarining ichida eng yirigi - Ermak GRESi bo'lib, uning quvvati -2,4 mln.kv dir. Yirik elektrostansiyalar Almata, Qarag'anda, Petropavlovsk, Taroz, Shimkent, Pavlodar shaharlarida qurilgan, gidroelektrostansiyalar: Ust'-Kamenogorsk va Buxtarma GESlaridir. Turkmaniston Respublikasida ham neft va gaz zaxiralari yetarli. Gaz zaxiralari hajmiga ko'ra Turkmaniston MDHda Rossiyadan keyingi ikinchi o'rinda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.72 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.72 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga