Markaziy tekisliklar Reja: Qirg'oqbo'yi Tekisliklari Buyuk Tekisliklar Buyuk tekisliklarning Kanadadagi manzarasi. Kordilera Tog'lari QIRG'OQBO'YI TYeKISLIKLARI Meksika qo'ltig'i sohillari, Missisipi daryosining quyi oqimi, Florida yarim oroli va Atlantika okeanining Chesapik qo'ltig'i sohillaridan janubdagi pasttekisliklar Qirg'oqbo'yi tekisliklari nomi bilan mashhur. Ularning eng tipik belgilari tekislik relefi va subtropik iqlimdan iborat bo'lib, bu belgilar tuproq hamda o'simliklari xarakterida ham aks etgan. Meksika qo'ltig'i va Atlantika okeani sohillarini o'rab olgan pasttekisliklar polosasi gorizontal yoki qiya yotgan bo'r hamda kaynazoy yotqiziqlaridan iborat. Bu yotqiziqlar tarkibida gillar, ohaktosh va qumtoshlar bilan almashinib keladi; ular tarkibida neft va tuz bor. Florida yarim orolining yuza qismi ohaktoshlardan tuzilgan, ular tarkibida fosforitlar uchraydi, Quyi Missisipi pasttekisligi juda katta bukilmadan iborat bo'lib, u allyuvial yotqiziqlar bilan to'lib qolgan. Butun pasttekisliklar polosasi bukilgan paleozoy burmali strukturalari o'rnida vujudga kelgan bo'lib, Appalachi tog'lari; bilan Uoshito tog'lari ularning bir qismidir. Yer yuzasining buqilishi va yotqiziqlar to'planishi bo'r davri boshidan to neogengacha davom etgan. Sohilning ayrim joylarida pasayma harakatlar hozirda ham davom etmoqda. Qirg'oqbo'yi tekisliklari tipik terassasimon relefi bila: xarakterlanadi, ular quruqlikning bir necha bor ko'tarilishi natijasida hosil bo'lgan. Atlantika okeanining qirg'oq chizig'i ayni vaqtda qirg'oqdagi yaqinda ro'y bergan pasayma harakatlardan darak beradi. Chesapik qo'ltig'idan janubda sohilni daryo estuariylari kesib o'tgan bulardan bazilari dengizga turtib chiqqan qum tillari orqali dengizdan ajralib turadi. Bu qum tillari qirg'oq to'lqini natijasida hosil bo'lgan. Janubroqda sohilga keng ko'rfazlar kirib borgan; bu ko'rfazlarning qirg'oqlari okeandan ko'pdan-ko'p lagunalarni ajratib turadi. Bu lagunalar ustini dyunalar qoplagan qum tillaridan hosil bo'lgan. Ko'pgina daryolarning quyar joyida qumoq jinslardan tarkib topgan va qirg'oq bo'yi o'simliklari bilan mustahkamlangan pastak orolchalar bor. Laguna va estuariylar bazan kema qatnaydigan kanalar bilan o'zaro tutashtirilgan. Butun sohil bo'ylab qumloq plyajlar ko'p. Floridaning sharqiy sohilidagi plyajlar ayniqsa mashhur bo'lib, ular Yangi Dunyodagi eng yaxshi plyajlar hisoblanadi. Florida yarim oroli balandligi 100 m dan oshmaydigan qiya balandlikdan iborat bo'lib, uning chekkalari dengiz suvi ostidadir. Yarim orolning sohil qismlari yaqindagina suv ostidan chiqqan bo'lib, relefining tep-tekisligi bilan ajralib turadi. Yarim orolning ohaktoshli yuzasida karst relefi shakllari keng rivojlanga'. Bu yerda katta-katta karst botiqlari (vodiylar, quduqlar, tarmoqlanib ketgan yer osti galereyalari bo'lgan g'orlar), yer osti ko'llari va daryolari tarqalgan. Yozda butun oblast tropik havo massalari ta'sirida bo'ladi. havo massalari Atlantika okeani bilan Meksika qo'ltig'idan materikning ichki qismlariga yozgi janubi-sharqny musson tarzida kirib kelib, ko'p miqdorda yog'inlar keltiradi. Qishda nisbatan biroz sovuq va quruq kontitental havo hukm suradi. Tekisliklarning barcha territoriyasida yillik yog'in miqdori 100 mm dan ortadi, ayrim rayonlarda (janubi-sharqda) esa yog'in miqdori ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
598.7 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
598.7 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:48 ]
Arxiv ichida: doc