Markaziy Xitoy

Markaziy Xitoy

O'quvchilarga / Geografiya
Markaziy Xitoy - rasmi

Material tavsifi

Markaziy Xitoy Bu tabiiy geografik oblast Yantszi daryosi havzasida joylashgan. Shimolda Tsinlin tog'lari ham shu oblastga qaraydi. G'arbiy chegarasi Sinatibet tog'larining sharqiy etaklaridan o'tadi. Oblast subtropik mintaqada joylashgan. Markaziy Xitoydagi eng keningi tektonik harakatlar natijaeida platformaning o'zgarishidan hosil bo'lgan tog'lar orasida yer yuzasi sertepa soyliklar bor. Oblast shimolida joylashib, Xuanxe va Yantszi daryolari orasida suvayirg'ich bo'lgan Tsinlin tog'lari eng baland (400 m gacha), hamda ularni chuqur daralar kesib kirgan. Uning qiya janubiy yonbag'irlari va yassi tepalari Yantszining yirik irmog'i-Xanshuy daryosining keng vodiysi ustidan ko'tarilib turadi. Janubroqda unchalik baland bo'lmagan Dabashin tog' tizmasi ko'tarilgan. Yantszi oqimi bo'ylab tog' tizmalari orasida atrofi berk soyliklarga o'xshaga,n pastliklar bor, ular tagini kaynozoy o'rtalarida ko'llar egallagan bo'lgan. Bu soyliklardan eng g'arbdagisi Qizil Havza deb ataladi. Bu havzani laguna va ko'llarning qizil rangli yotqiziqlari to'ldirgan, ularning qaysi davrga mansub ekanligi aniqlangan emas. Uning yer yuzasini daryolar qirlarga bo'lib yuborgan, ularning balandligi bazan 100 m dan ham ortadi. Yantszi oqimi bo'ylab quyiroqda joylashgan ikkinchi soylikning absolyut balandligi kamroq, relefi yassiroq, shimolda uncha baland bo'lmagan Xuayyanshan tog'lariga tutashgan. Unda joylashgan ko'p sonli ko'llar ilgari butun havzani to'ldirgan ko'lning oldig'idir. Yantszidan janubda Xitoyning butun janubi-sharqini o'rtacha balandlikdagi tekislanib qolgan tog'lar va platolar egallagan, bu tog'larni bir-biridan daryolarning keng va chuqur vodiylariajratib turadi, bu yerda aholi juda zich o'rnashgan. Bu tog'li rayonning o'rta, eng baland qismi Nanlin tog'lari deb ataladi. Uning balandligi 200 m ga etmaydi. Markaziy Xitoy tog'lari va soyliklari relefining tarkib topishida yer po'stidagi yorilishlar va ular bilan bog'liq btlgan vulkan faoliyati katta rol o'ynagan. G'arbda kristall va vulkanik jinslardan tuzilgan tog'larga balandligi 100 m ga yaqin bo'lgan, ohaktoshlarda,n tuzilgan hamda eroziya natijasida parchalanib ketgan Guychjou platosi tutashgan. Markaziy Xitoyning turli xil metall rudalariga boyligi uning geologik tuzilishi x-ususiyatlari bilan bog'liqdir. Temir rudalari ko'p rayonlarda bor, lekin magnetitli rudalarning eng boy konlari Yantszining quyi oqimida joylashgan. Bu kon mezozoy erasida chiqqan intruzin jinslar bilan bog'liqdir. Yantszidan janubda joylashgan rangdor metall rudalari zapasi ayniqsa katta. Xitoy volfram, surma va qalay zapasi jihatidan dunyoda oldingi o'rinlardan birida turadi. Molibden, rux qo'rg'oshin, mis, marganets rudalari katta ahamiyat kasb etadi. Bazi rayonlarda oltin va kumush bor. Musson iqlimi uchun xos bo'lgan havo massalarining fasliy almashinishi-yozda dengiz havosinins, qishda kontinental havoning kelishi Markaziy Xitoyda juda aniq namoyon bo'lgan. Oblast iqlimining tarkib topishida Tsinlin tog' tizmasi mu-him rol o'ynaydi: u shimoldan esadigan sovuq havoni to'sib qoladi. Shu sababli bu tizmadan janubda qish shamoldagidan ancha iliq bo'ladi. Yanvarning o'rtacha temperaturasi shu geografik kengliklardagi boshqa joylarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.34 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.34 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga