Marokash davlati

Marokash davlati

O'quvchilarga / Geografiya
Marokash davlati - rasmi

Material tavsifi

Reja: Marokash davlati Marokash davlat tuzumi Marokash siyosiy partiyasi va kasaba uyushmalari. Marokash davlati iqtisodiyoti va investititsiya tahlili. Marokash: Marokash, Marokash Qirolligi (Al-Mamlaka al-Mag'ribiya yoki Al-Mag'rib al-Aksa, ma'nosi - uzoq g'arb) - Afrikaning shimoli-g'arbidagi davlat. Maydoni 446,5 ming km². Aholisi 38,4mln. kishi (2022). Poytaxti-Rabot shahri. Ma'muriy jihatdan 18 viloyat (vilay)ga bo'linadi. Marokash - konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1972-yilda qabul qilingan, unga 1992 va 1996-yil referendumlarda qabul qilingan o'zgartirishlar kiritilgan. Davlat boshlig'i - qirol (199-yildan Muhammad VI). U bosh vazir va vazirlarni tayinlaydi hamda lavozimidan bo'shatadi, Vazirlar Kengashida raislik qiladi, parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya hokimi-yatni hukumat amalga oshiradi. MAROKASH Marokash hududining aksar qismini tog'lar, baland tekisliklar va plato (meseta)lar egallaydi IQTISODIYOTI Marokash - agrar mamlakat bo'lib, sanoat va, ayniqsa, konchilik birmuncha rivojlangan. Iqtisodiyotida yirik qishloq xo'jaligi fermalari va zamonaviy sanoat korxonalari bilan bir katorda qad. sektor - yarim natura va mayda tovar dehqon xo'jaliklari katta o'rin tutadi. Mustaqillikka erishilgandan keyin Marokash hukumati iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlarini rivojlantirish, milliy xo'jalikni tarmoq, hudud jihatidan va tuzilmaviy nisbatlar jihatidan tartibga solish siyosatini yurgiza boshladi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo'jaligining ulushi 18%, sanoatniki 19,6%ni tashkil etadi. IQTISODIYOTI Qishloq xo'jaligi - Marokash iqtisodiyotining negizi. Ekiladigan yerlar 7,5 mln. gektardan ortiq, bu yerlarning ko'p qismiga donli ekinlar ekiladi. Iqtisodiy faol aholining 50% qishloq xo'jaligida band. Yalpi ichki mahsulotning 15 va eksportning 13 qismini q.h. ta'minlaydi. Dehqonchilik mahsulotining yarmidan ko'prog'ini donli ekinlar beradi. Mayda falloh xo'jaliklari bilan bir katorda yirik mexanizatsiyalashgan serdaromad ho'jaliklar ham mavjud. Chorvachilikda qoramol, qo'y, echki, tuya boqiladi. Baliqchilik va parrandachilik rivojlangan. O'rmonlarda po'kakli dub qobig'i va evkalipt yog'ochi, palma bargi tayyorlanadi. Bug'doy, arpa, makkajo'xori, oq jo'xori, tariq va sholidan yaxshi hosil olinadi. Kartoshka, qand lavlagi, pomidor, paxta, dukkaklilar ham yetishtiriladi; tokzorlar, zaytunzorlar, sitruszorlar ko'p. Jami yer fondining 28% (12,5 mln.ga)ni yaylov va o'tloklar, 12% ni o'rmon va butazorlar tashkil etadi. Barcha haydaladigan yerlarning 95% mamlakat shimolida joylashgan Sanoati Marokashning ishlab chiqarish sanoatida iqtisodiy faol aholining 23% band. Marokashda dunyodagi fosfat xom ashyosi zaxiralarining 70% joylashgan. Uni qazib olish sohasida Marokash dunyoda 3-o'rinda, eksport qilish jihatidan 1 -o'rinda turadi. Marokash sanoatining to'qimachilik, ko'nchilik, kimyo, neft kimyosi, farmatsevtika va sement sanoati tarmoqlari durust rivojlangan. MAROKASH Bu soha milliy xom ashyo zaxiralaridan unumli foydalanish maqsadida, asosan, eksport uchun tayyor va chala mahsulot ishlab chiqarishga yo'naltirilgan. Yangi qurilgan o'nlab korxonalar sanoatning tarkibiy tarmoqlari qiyofasini ancha o'zgartirib yubordi. Mamlakatda kazib olinadigan fosfarit negizida kimyo sanoati rivoj ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 16.36 MB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:48 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 16.36 MB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga