Mashinasozlik majmui Reja: Mamlakat iqtisodiyotida mashinasozlik sanoatining ahamiyati. Mashinasozlikning rivojlanish tarixidan: Mashinasozlik sanoatining asosiy tarmoqlari: Mustaqillik yillarida mashinasozlikning yangi tarmoqlarini shakllantirish: O'zbekistonda mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari 20-asr boshlarida vujudga keldi. 20-asr boshida O'zbekiston metalga ishlov berish sanoati asosan 14 ta kichik remont ustaxonalaridan iborat edi. Ularda asosan t.y., paxta tozalash va yog' zavodlarining ta'mirlash ishlari bajarilardi. Yalpi sanoat mahsulot umumiy xajmidan og'ir sanoat va metalga ishlov berish tarmog'ining hissasi 1,3 %ni tashkil etgan. 1900 yilda Toshkentda tashkil etilgan metalga ishlov beruvchi bosh temiryo'l ustaxonalari shu davrning yirik korxonalaridan edi. 1920 yildan k.x, sanoat va transportni rivojlantirish zaruratidan mavjud remont korxonalari kengaytirildi, yangilari qurila boshladi. 1927 yil noyabrda Toshkentda Bosh paxta sanoat ning mexanika zavodi ishga tushirildi. 1931 yilda bu zavod negizida paxta tozalash zavodlari uchun asbob-uskunalar i.ch va k.x texnikasi ta'miri bilan shug'ullanadigan Qishloqmash -xoz. Toshkent qishloq xo'jaligi mashinasozligi zavodi tashkil etildi. Zavoda g'o'za seyalkalari, Borona va kultivatorlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. 1932 yilda Toshkentda ekskavator ta'mirlash zavodi-Ermash (xoz. Tosheks ICHB): 1920 yillar oxirida Andijonda Kommunar, Samarqandda kolxozchi, Quqonda Bolshevik zavodlari va b. korxonalar ishga tushirildi. 1936 yilda Toshkentda mexanika ustaxonalari bazasida extiyot qismlar va detallar ishlab chiqariladigan zavod (xoz Toshkimyoqishloqmash zavodi) 1941 yil Andijon MTS bazasida Avtotraktordetall zavodi ishga tushirildi. 1920 yil mexanika ustaxonalari hamda chuyan zavodi negizida Toshkentda 1-Turkiston zavodi tashkil etildi. 1959 yilda bu zavod mashinasozlik bo'yicha davlat loyiha konstruktorlik texnologiya byurosi, 1976 yildan Texnolog i.ch birlashmasi deb nomlandi. 1941-45 yillardagi urush davrida Respublikada 16 mashinasozlik zavodi ishga tushirilidi. Sanoatning tarmoq tarkibi o'zgardi. Urush davrida ishga tushurilgan mashinasozlik korxonalari front ehtiyojlari uchun qurol-yaroq, o'q-dorilar va b. mahsulotlar ishlab chiqardi. 1945 yildan keyin paxtachilik va irrigasiya qurilishi mashinalari i.ch tiklandi, to'qimachilik, kimyo va halq xo'jaligining boshqa tarmoqlari uchun yangi jihozlar i.ch. boshlandi. Paxta terish mashinalari, ekskovatorlar, ko'prikelektr kranlari, yigirish mashinalari i. ch o'zlashtirildi, korxonalarning ixtisoslashuvi va kooperasiyasi rivojlandi. 60-70 yillarda Respublika mashinasozligidagi teran sifat o'zgarishlari yuz berdi, i.ch quvvatlari o'sdi, juda ko'p yangi mashina va mexanizmlarni i.ch o'zlashtirildi. Sanoat mahsulotlarining umumiy xajmida mashinasozlik sanoatining hissasi 1970 yil 15,9 %ga yetkazishga muvaffaq bo'lindi. Bu daraja deyarli keyingi 25 yil davomida aniqlanib kelmoqda (1990 yilda 16 % 1992 yilda 15,3 %) Mashinasozlik sanoati mahsuloti xajmini o'sish sur'atlari 1940 yilga nisbatan (1940 yil-1) 1965 yilda-220, 1975 yilda-187, 1980 yilda-936, 1985 yilda-1272, 1990 yilda 1539 ni tashkil etdi. Mashinasozlik sanoati 15 tarmoqqa mansub 100 dan ortiq yirik korxonalardan iborat. Ularning orasida traktorsozlik va k.x. mashinasozligi, to'qimachilik mashinasozligi, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, elektrotexnika sanotining ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.18 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.18 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:48 ]
Arxiv ichida: doc