Mashinasozlik sanoati Reja: 1. Umumiy ma'lumot. 2. Mashginasozlikning xalq xo'jaligida tutgan o'rni. 3. Mashinasozlik tarmoqlarini ommalashtirish shartlari Mashinasozlik xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari uchun jihozlar ishlab chiqaradigan o'zaro bog'langan sanoat korxonalarining murakkab tizimidan iborat. Shuning uchun har bir tarmoqni joylashtirish o'ziga xos shart-sharoitlar bo'lishini taqozo qiladi. Mashinasozlik sanoatini joylashtirishda juda ko'p omillar va sharoitlar hisobga olinadi. Ular quyidagilardan iborat: Birinchi navbatda mashinasozlik zavodlarining ixtisoslashuvi va hamkorlashuvi (kooperativlashuvi), chunki ixtisoslashuv ularni joylashtirishga va mahsulot chiqaradigan rayonlarga katta ta'sir ko'rsatadi. Hozirgi paytda zamonaviy mashinalar ishlab chiqarish uchun juda ko'p miqdorda metall, plastmassa, bo'yoqlar, rezina, gazlama, yog'och-taxta kerak bo'ladi. Bitta mashinani tayyorlash uchun bir necha ming qismlar (detallar) kerak bo'ladi. Masalan, bitta samolyot 120 ming detaldan iborat. Bu qismlarning hammasini bitta korxonada ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan noqulaydir. Shuning uchun mashinasozlikda ixtisoslashishga katta e'tibor beriladi. Mashinasozlikda ixtisoslashishning uch turi ajratiladi: a) ayrim qismlarni (detallarni) ishlab chiqarishga ixtisoslashish. Masalan, g'ildiraklar, rezina-texnika buyumlari, porshenlar, podshivniklar va boshqa detallar ishlab chiqaradigan zavodlar; b) ma'lum bir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashish. Masalan, avtomobil, traktor, stanok va boshqa xil mashinalar ishlab chiqaradigan zavodlar; v) ayrim texnologik jarayonni bajarishga ixtisoslashish (turli xil sexlar). Xom ashyoning xilma-xilligi va mashinalar tuzilishining xususiyatlari ayrim qismlarni ishlab chiqaruvchi bir qancha mashinasozlik korxonalarining bir-biri bilan, shuningdek boshqa tarmoqlarning metall, plastmassa, rezina va xoka'zolarni yetkazib beruvchi korxonalari bilan hamkorlashuvini (kooperativlashuvini) talab qiladi. Bunday korxonalar bilan muntazam hamkorlik qilish uchun transport rivojlangan bo'lishi kerak. Shuning uchun qulay transport magistrallarining bo'lishi mashinasozlik tarmoqlarini joylashtirishda albatta hisobga olinadi. Zamonaviy mashina ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning murakkabligi bilan ajralib turadi. Murakkab texnologik jarayonlarni faqat yuqori malakali ishchilarni ilmiy-texnik xodimlar bajarishi mumkin. Shuning uchun ham mashinalarning tan narxi shu mashina yasaladigan materiallar tan narxidan yuzlab marta ortiq bo'ladi. Chunki mashina tan narxining kattagina qismini ishchilar maoshi tashkil qiladi. Shu sababli mashinasozlikni joylashtirishda malakali ishchi va ilmiy-texnik xodimlar sonining yetarli bo'lishi ham hisobga olinadi. Bunday tarmoqlarga energetika, elektrotexnika, avtomobil, aviatsiya mashinasozligi va stanoksozlikning ko'p mehnat va fan talab qiladigan sohalari kiradi. Mashinasozlik korxonalarini joylashtirishda iste'molchi yoki rayonning ixtisoslashuvi ham muhim ta'sir ko'rsatadi. Masalan, ba'zi bir rayonlarga bug'doy o'radigan kombaynlar, ba'zilariga paxta teradigan mashinalar, ba'zilariga to'qimachilik dastgoxlari kerak va h.k. Shuning uchun paxta terish mashinalari ishlab chiqarish korxonalari paxtachilik rayonlarida, kombaynlar ishlab chiqarish donchilik rayonlarida, to'qimachilik mashinasozligi to'qimachilik rivojlangan rayonlarda joylashtiriladi. Demak, mashinasozlik korxonalarini joylashtirishda iste'molchilar ham hisobga olinishi kerak. Mashinasozlikning turli tarmoqlari turli miqdorda metall sarflaydi. Ba'zilari juda ko'p metall talab qiladi. Bir dona mashina ishlab chiqarish uchun ko'p miqdorda metall kerak bo'lsa, bunday ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.58 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.58 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:48 ]
Arxiv ichida: doc