8-sinf geografiya darsligi asosida 19-mavzu: Mashinasozlik va uning tarmoqlari 11-dars mavzusidan mashinasozlikning yalpi sanoat mahsulotidagi salmog'ini aniqlang. Mashinasozlik majmuasi - iqtisodiyotning barcha sohalari uchun mashina va asboblar ishlab chiqaruvchi, aholini televizor, muzlatkich singari xilma-xil iste'mol buyumlari bilan ta'minlovchi sanoat tarmoqlari uyg'unligidir. Mashinasozlik mamlakat iqtisodiyotining ustuvor majmuasi hisoblanadi (40-rasm). Chunki iqtisodiyotning hech bir tarmog'i ma shinalar bilan ta'minlanmay turib rivojlana olmaydi. Hozirgi zamon mashinasini tayyorlash uchun ko'p miqdorda metall, plastmassa, bo'yoqlar, rezina, gazlama, yog'och-taxta kerak bo'ladi. Mashinalar minglab detallardan tayyorlanadi. Bu qadar xilma-xil detal-larni bittagina zavodda yasash noqulay va samarasizdir. Shu sababli mashinasozlikda detallar yasashga ixtisoslashish, ya'ni tayyor mahsulotning ayrim detallari va qismlarini yasash keng rivojlangan. Binobarin, mashinalar uchun ayrim detallarni ishlab chiqaruvchi ko'pdan ko'p mashinasozlik zavodlari bir-biri bilan, shuningdek, metall, plastmassa, rezina va hoka'zolarni yetkazib beruvchi (boshqa tarmoq) korxonalari bilan ishlab chiqarish aloqalari bo'lishini, ya'ni kooperativlashishlarin talab qiladi. Ammo bunday ishlab chiqarishni transportsiz amalga oshirib bo'lmaydi. Shu sababli mashinasozlik tarmoqlarini joylashtirishda qulay transport magistrallarining mavjudligi, albatta, hisobga olinadi. Mashinasozlik korxonalari uchun malakali ishchi va ilmiy-texnik mutaxassislar yetarli bo'lishi kerak. Shu sababli mashina sozlik korxonalarini joylashtirishda iste'molchining yaqinligi va metallurgiya bazasi ham hisobga olinadi. Mashinasozlik buyumlari murakkab dastgohlar vositasida, yuqori malakali mehnat evaziga yaratiladi. O'rta hisobda har bir mashinaning tannarxi unga sarflangan xomashyo - metall tannarxidan yuzlab marta ortiq bo'ladi (41-rasm). Mashinasozlikning turli tarmoqlari bir xil miqdorda metall ishlatmaydi. Agar bir dona mashinani yasash uchun ko'p metall (yoki boshqa material ko'p) kerak bo'lsa, bunday mashinasozlikni ko'p metall yoki ko'p material talab qiluvchi mashinasozlik deyiladi. Kon va metallurgiya asbob-uskunalari, temiryo'l vagonlarini ishlab chiqarish bunga misol bo'ladi. Shunday qilib, sarf qilinadigan material va malakali mehnat miqdori, xomashyo hamda tayyor mashinalarni tashish sharoiti mashinasozlik zavodlarini: a) transport magistrallari; b) malakali kadrlar; d) iste'molchilar; e) yirik metal lurgiya korxonalari mavjud yerlarda joylashtirish tamoyillarini belgilab beradi. O'zbekiston iqtisodiyoti uchun an'anaviy ixtisosli sohalar hisoblangan paxta, pilla, kanop yetishtirish va ularni qayta ishlash qo'l mehnatini ko'p talab qiladi. Shu sababli qishloq xo'jaligining ixtisoslashgan sohalarini mexanizatsiyalashni ta'minlovchi, ya'ni yer haydash, ekin ekish va ishlov berish, hosilni yig'ib olish hamda tayyor xomashyoni qayta ishlashda qo'llanadigan mashina va asboblar ishlab chiqaradigan qishloq mashinasozligi tarmoqlari vujudga keldi. Toshkentdagi «Toshqishloqmash», «O'zbekqishloqmash» va Chirchiqdagi «Chirchiqqishloqmash» kabi zavodlar qishloq xo'jaligi mashinasozligining asosiy korxonalaridir. Bu zavodlar paxtachilik uchun traktor seyalkalari, kultivatorlar, g'o'zapoya yuladigan, ko'rak teradigan va chuviydigan, o'g'it aralashtiradigan, qishloq xo'jaligi zararkunandalarini yo'qotishda zaharli moddalarni purkaydigan mashinalar ishlab chiqaradi. 1994-yilda O'zbek-Isroil qo'shma korxonasida paxta teradigan mashinaning yangi modeli yaratildi (42-rasm). Suv omborlari, kanallar qurilishi va ularni ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.53 MB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:48
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.53 MB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:48 ]
Arxiv ichida: ppt