Masshtab - rasmi

Material tavsifi

Masshtab 5-sinf Geografiya fani darsligi asosida 8-mavzu Masshtab. Masshtab joydagi masofaning chizmada, plan va xaritada tasvirlaganda necha marta kichraytirilganligini ko'rsatuvchi kasr sondir. Avtobus bekatidan Sizning o'yingizgacha bo'lgan masofa 600 m. Uni qisqartirib chizmada 6 sm qilib chizdingiz. Siz, masofani 10 00 marta qisqartirdingiz. Shunda masshtab 1:10 00 bo'ladi. Har qanday xarita va joy planida uning masshtabi, ya'ni masofalar necha marta qisqartirilgani yozib qo'yiladi. Masshtab uch xil ko'rinishda bo'ladi: 1. Sonli masshtab 2. Nomli masshtab 3. Chiziqli masshtab 1:100 00 Sonli masshtab 1 sm da 1 km Nomli masshtab Chiziqli masshtab teng qismlarga bo'lingan to'g'ri chiziq shaklida bo'ladi. Chiziqli masshtabdan foydalanish eng qulay. Agar bu masshtab 1 santimetrda 100 metr deb yozilsa, nomli masshtab deb, 1:10 00 deb yozilsa, sonli masshtab deb ataladi. Yarimsharlar tabiiy xaritasining sonli masshtabi 1:22 00 00. Shunda nomli masshtab 1 sm da 220 kilometr bo'ladi. Bunda 1 sm da necha km borligini aniqlash uchun 5 ta nolni o'chiramiz. Chiziqli masshtabdan masofani aniqlashda foydalanish uchun sirkulning ikki uchini xaritadagi oraliq masofa aniqlanishi lozim bo'lgan nuqtalarga qo'yib, so'ng uni masshtabga ham qo'yiladi. Azimut bo'yicha yurish. Azimut bo'yicha yurganda ishni quyidagi tartibda boshlash kerak. Avvalo, yakka daraxt yoniga boriladi. So'ng kompas strelkasini bo'shatib, uning shimol uchini 0 nuqtasiga to'g'rilanadi. Keyin cho'p olib (gugurt cho'pi bo'laveradi), uni kompas ustiga shunday qo'yish kerakki, cho'p strelka markazi bilan 40° li belgini tutashtirsin. Shunda cho'p yo'nalishi 40° li azimut yo'nalishini ko'rsatadi. Sizning o'rtacha qadamingiz yarim metr edi. Endi, Siz 200 m yurish uchun 400 qadam tashlaysiz. Keyin to'xtab kompasni yana oriyentirlaysiz, ya'ni shimolni ko'rsatuvchi strelkani 0° ga keltirasiz. So'ng cho'p bilan 180° belgini strelka markazi bilan tutashtirib, 180° li azimutni topasiz va kerakli masofani yurib o'tasiz. Keyingi azimuth bo'yicha yurish ham shu tartibda bajariladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.38 MB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.38 MB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga