Mavzuli kartalar

Mavzuli kartalar

O'quvchilarga / Geografiya
Mavzuli kartalar - rasmi

Material tavsifi

Mavzuli kartalar RYeJA: Geologik kartalar Iqlim kartalari Zoogeografik yoki hayvonot dunyosi kartalari Ekologik kartalar Sanoat kartalari Xalq maorifi kartalari Mamlakatimizda nashr qilingan va qilinayotgan mavzuli kartalarning mazmunlari, ishlatilishi ham xilma-xildir, shulardan ayrimlari bilan tanishamiz. Geologik kartalar asosan yirik masshtabli bevosita dalada yaratilgan kartalar asosida tuziladi. Geologik kartalar geo­grafik kartalarga o'xshab, umumgeologik kartalarga va geologiya sohalari bo'yicha tuzilgan kartalarga bo'linib tasvirlanadi. Ularda malum bir hududning geologik tuzilishi to'g'risida, yani geologik yoshi, petrografik tarkibi, tog' jinslarining joylashishi va tuzilishi to'g'risida ma'lumot beradi. Geologik kartalarda shartli belgilarga qo'shimcha harflar, raqamlar, indekslar, chiziqlar yordamida boshqa ko'rsatkichlar ham beriladi. Tektonik yoriqlar, uzilmalar, surilmalar esa chiziqli belgilar bilan tasvirlanishi mumkin. Seysmik kartalarda belgilar usuli ishlatilib zilzila epitsentrlarning o'rni belgilar bilan, seysmik to'lqinlarning tarqalishi va ularni rayonlashtirilishi izoliniyalar (teng chiziqlar) bilan tasvirlanadi. Sobiq Ittifoqda yirik geologik-kartografik asarlar nashr qilingan bo'lib, ular 1:2,5 mln. masshtabdagi Davlat geologik kartasi (1965 yil) va 1966 yilda sobiq Ittifoqning 1:5 mln. masshtabdagi tektonik kartalaridir. Bu kartalar mamlakat geologiyasini o'rganishga bag'ishlangan yirik asarlardir. O'zbekistonning ham 1:1 mln. masshtabli umumgeologik va tektonik kartalari nashr qilingan. Hozirgi vaqtda Respublikamizning 1:1 mln. masshtabli o'quv geologik kartasi tuzilmoqda. Iqlim kartalari. Hududlarni iqlim ko'rsatkichlari asosida malum bir vaqt uchun kameral sharoitda tuzilgan va hududning iqlim xususiyatlarini kartografik usulda tasvirlovchi kartalar iqlim kartalari deyiladi. Bunday kartalar iqlim va uning shakllanish qonuniyatlarini ko'rsatib, meteorologik manbalar asosida tuziladi. Iqlim kartalarining asosini kundalik va oylik obi-havo kartalari tashkil qiladi. Iqlim kartalar amalda qishloq xo'jaligi, aviatsiya va dengiz navigatsiyasi ishlarida, qurilishda va harbiy sohalarda ishlatiladi. U ham geografik kartalar bo'lib, mavzuli kartalar hisoblanadi. Iqlim kartalari teng chiziqlar usulida tasvirlanib, ular qiymatlari bir xil bo'lgan nuqtalarni tutashtiradi, masalan, izotermalar, harorati issiq bo'lsa qizil chiziqlar, sovuq bo'lsa ko'k rangli chiziqlar bilan ko'rsatiladi. Atmosfera bosimini izobatalar, yog'in-sochin miqdorini izogetalar, bulutlar tarqalishini izoneflar, bir xil shamollar kuchini izotaxlar bilan ko'rsatiladi. Izoxronlar bilan iqlim va obi-havo bilan bog'liq bo'lgan hodisalarni (birinchi sovuq tushishi va oxirgi sovuq muddati, qor qoplamini qalinligi va ularni erishi, daryo, ko'l va dengizlarni muzlanish vaqti va muz erish vaqti va h.z.lar) teng chiziqlar bilan tasvirlanadi. Teng chiziqlar orasi sovuq ranglarda bo'yalsa, yog'in-sochin miqdori, havo bosimi va shamollar yo'nalishini ko'ramiz. Iliq ranglarda havoning isishi bilan bog'liq bo'lgan voqea-hodisalar tasvirlanadi. Iqlim kartalari o'rtacha ko'rsatkichlar asosida, ma'lumotnomalar olingan ma'lumotlar asosida tuziladi. Undan tashqari iqlim va obi-havo kartalari kosmik apparatlardan olingan suratlar yordamida ham tuzilmoqda. Hozirgi vaqtda iqlim kartalari tuzishni yangi uslublari ishlab chiqilgan. Iqlim kartalari asosida iqlim atlaslari tuzilgan. A.I.Voekov nomidagi bosh geofizik observatoriyada 2 tomli ittifoq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 677.38 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:49 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 677.38 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga