Geografiya 5-sinf Mavzuning texnologik kartasi va o'tkazilish ishlanmasi Dars bosqichlari. Mashg'ulotni borishi Atama va tushunchalar: daryo, daryo havzasi, suv ayirg'ich, daryolar manbai, mansabi, tog'daryolari, tekislik daryolari, daryo vodiysi, daryo o'zani, irmoq, daryo sistemasi, sharshara, ostona, daryolar to'yinishi, daryolar rejimi, suv sarfi, suv sathi, daryolar suvini muhofaza qilish. Geografik obyektlar: Daryolar: Nil, Amazonka, Kongo, Missisipi, Gang, Volga, Dnepr, Ob, Lena, Yantszi, Xuanxe, Amudaryo, Sirdaryo. Sharsharalar: Anxel, Niagara, Viktoriya. O'quvchilar egallash lozim bo'lgan BKM elementlari Bilimlar: Daryo va uning qismlari haqida bilish; Daryo sistemasi haqida bilish; Daryo vodiysi va uning elementlari bilish; Sharsharalar haqida bilish; Daryolarning to'yinishi manbai va mansabi qaerdaligini bilish. Ko'nikma va malakalar: Daryo sistemasi va uning elementlarini aniqlay olish; Daryo havzasi chegaralarini aniqlay olish; Oqim yo'nalishi va relefning bog'liqlik qonuniyatlarini ayta olish; Xaritada daryo va uning elementlarini ko'rsata olish; Yozuvsiz xaritada daryo va uning elementlarini tasvirlay olish; Daryoga reja asosida tavsif yoza olish. tashkiliy qism. Dars avvalida salomlashib, o'quvchilar davomati aniqlanadi. O'quvchilar bugungi kun ob-havosi va atrof-muhitdagi tabiiy o'zgarishlarga sharh beradilar. O'quvchilarning darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi. Guruhlash. O'quvchilar qatorlar orqali uch guruhga bo'linadi: Amudaryo, Orol, Sirdaryo guruhlari. BLITs so'rov orqali oldingi darsda o'tilgan mavzu yuzasidan sinf o'quvchilarning bilimini tekshirish. BLITs so'rov topshiriqlarining o'ziga xos xususiyatlari: Qisqa vaqtda nazoratni amalga oshirish Barcha o'quvchilarni qamrab olish Nazorat materiallari tuzishning soddaligi Natijalarni tekshirib chiqish qisqa vaqtni talab etishi Vaqtning qatiy belgilanganligi nazorat natijalarini realligini ta'minlaydi BLITs so'rov topshiriqlari: Shakli: ha-yo'q. Granit va qumtosh suvni yaxshi o'tkazmaydi. Artezian suvlari bosimli bo'ladi. Grunt suvlarining sathi bahorda yuqori bo'ladi. Tabiiy buloqlarning ko'pchiligi grunt suvlaridan paydo bo'ladi. Artezian quduqlaridan suv otilib chiqadi. Yirik qum suvni yaxshi o'tkazmaydi. Yer osti suvlari cho'llarda mavjud emas. Shag'al va qum qatlamlari orasida yer osti suvlari to'planishi mumkin. Yer osti suvlari doimo chuchuk bo'ladi. Tog' jinslari qancha g'ovak bo'lsa suvni shuncha sekin o'tkazadi. So'rovni o'tkazish tartibi: 1. Har bir o'quvchi ucchun individual nazorat topshiriqlari beriladi. 2. BLITs so'rov topshiriqlari uchun javob varaqasi: Topshiriqni bajarish tartibi: O'zingiz to'g'ri deb hisoblagan to'g'ri javoblarni X belgisi bilan, noto'gri deb hisoblagan javoblarringizni O belgisi bilan belgilang. 3. O'quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi: 4.Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach o'qituvchi o'quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va baholaydi. Baholash mezonlari: 9-10 ta to'g'ri javob uchun 5 ball 7-8 ta to'g'ri javob uchun 4 ball 5-6 ta to'g'ri javob uchun 3 ball Yangi mavzu bayonidan oldin Aqliy hujum metodi yordamida o'quvchilarning daryolar haqidagi bilimlari aniqlab olinadi. Aqliy xujum metodi Bevosita jamoa bo'lib fikrlar hujumini olib borish. Bu uslubdan maqsad-mumkin ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
233.51 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
233.51 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:49 ]
Arxiv ichida: doc