Meksika - rasmi

Material tavsifi

MEKSIKA Reja : Meksika geografik o'rni 2. Davlat tuzumi 3. Boshqaruv shakli 4. Konstitutsiyasi,davlat ramzlari 5. Siyosiy partiyalari 6.Qaysi tashkilotga a'zo 7.O'zbekiston bilan munosabati Meksika (Mexiko), Meksika Qo'shma Shtatlari (Estados Unidos Mexicanos) - Shim. Amerikaning jan. qismida joylashgan davlat. BMTa'zosi. Maydoni 1958,2 ming km². Aholisi 101,9 mln. kishi (2001). Poytaxti - Mexiko shahri. Ma'muriy jihatdan 31 shtat va 1 poytaxt federal okrugiga bo'linadi. Davlat tuzumi M. - federativ Respublika. Meksika Qo'shma Shtatlarining 1917- yil 5-fev.dagi Siyosiy Kon-stitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik o'zgartishlar kiritilgan. Davlat boshlig'i - prezident (200 yildan Vi-sente Foks Kesada), u umumiy to'g'ri ovoz berish yo'li bilan 6 yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga binoan, prezident qayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (2 palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi. Davlat Ramzlari Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Institutsion-inqilobiy partiya, 1929 yilda tuzilgan (1938 yilgacha Milliyinqilobiy partiya, 1946 yilgacha M. inqilobiy partiyasi deb atalgan, 1946 yildan hoz nomda); Kardenista milliy yangilanish fronti partiyasi, 1972 yilda asos solingan; M. ko'katparvar ekologiya partiyasi, 1987 yilda tuzilgan; Demokratik inqilob partiyasi, 1989 yilda tashkil etilgan; Milliy harakat partiyasi, 1939 yilda tuzilgan. Kasaba uyushmalari: Mehnat kongressi, 1966 yilda tuzilgan; M. mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1936 yilda asos solingan; M. ishchilari mintaqa konfederatsiyasi, 1918 yilda tashkil etilgan; Ishchi va dehqonlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1952 yilda tuzilgan; M. ishchi va dehqonlarining Xasinto Lopes nomidagi umumiy ittifoqi, 1949 yilda asos solingan; Mehnatkashlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1954 yil tashkil etilgan; Davlat xizmatchilari kasaba uyushmalari federatsiyasi 1938 yil tuzilgan. Qishloq xo'jaligida iqtisodiy faol aholining 27,8% band, Qishloq xo'jaligi aholining ehtiyojini asosan ta'minlaydi va mahsulotining bir qismini eksport qiladi. Yerlarning '4 qismiga ekin ekiladi, 34 qismi yaylov. Ekin maydonining 5,15 mln. ga sun'iy sug'oriladi. Yerlarning ko'p qismi qishloq xo'jaligi jamoalari - exidoga qarashli. Asosiy tarmoq - dehqonchilik. Eksport uchun paxta, kofe, ichki ehtiyoj uchun shakarqamish, makkajo'xori, oq jo'xori, bug'doy, sholi, loviya, kartoshka, soya ekiladi. Pomidor, yer yong'oq, ertagi sabzavot, sitrus mevalar, an'anas va boshqa bir qancha tropik va subtropik ekinlar eksport ahamiyatiga ega. Ko'p miqdorda yog'och tayyorlanadi. Chorvachiligida koramol, ot, cho'chqa, qo'y va echki boqiladi. Dengizlarda baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari Boshlang'ich maktabda o'qish muddati - 6 yil, o'rta maktabda 5 va 6 yil 6-15 yoshdagi bolalar uchun boshlang'ich ta'lim - bepul. Davlat maktablaridan tashqari, ko'pgina xususiy maktablar ham bor. Mamlakatda 189 ta oliy o'quv yurti, shu jumladan, 60 ta universitet mavjud. Eng yiriklari,: Mexikodagi M. milliy muxtor unti (1551), Milliy politexnika instituti (1936), Gvadalahara, Moreliya, Puebladagi universitetlar. Ilmiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 477.86 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:49 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 477.86 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga