Mesopotamiya Mesopotamiya so'zi ikki daryo oralig'i demakdir. Bu tabiiy geografik oblast Dajla va Frot daryolarining o'rta va quyi oqimida bo'lib, deyarli butunlay Iroq territoriyasida joylashgan, janubi-sharqda Eronga, shimoli-g'arbda Suriyaga kirib turadi. Tekis relef, janubda tropik cho'l iqlimiga o'tadigan qurg'oqchil-subtropik iqlim, ikkita katta tranzit daryoning mavjudligi bu o'lka tabiatining asosiy xususiyatidir. Mesopotamiya alp burmalanishi mintaqasi bilan Arabiston platformasi oralig'idagi chekkadagi bukilma o'rnida vujudga kelgan. Yer po'stining buqilishi, aftidan, mezozoyda boshlanib, neogenga qadar davom etgan. Qadimgiroq jinslar Mesopotamiyaning faqat chekkalarida yer yuzasiga chiqadi, ichki qismlari paleogen va neogenning qumtosh hamda ohaktoshlari bilan, Dajla hamda Frotning to'rtlamchi davr allyuvial yotqiziqlari bilan to'lgan. Bu barcha cho'kindi jins qatlamlarining umumiy qalinligi bir nscha ming metrga etadi. Relefda ikkita balandlik yuza ajralib turadi, bu yuzalar bir-biridan aniq ifodalangan zinapoyalar orqali ajralgan. Mesopotamiyaning Armaniston tog'ligi va Suriya cho'liga tutashib turgan shimoli-sharqiy qismijazira platosining yer yuzasi yassi yoki bazi joyda sertepa, daryolar ayrim qismlarga oo'lib-bo'lib yuborgan, balandligi 200-400 m bo'lgan tekislik. Uni balandligi 100 m ga yaqin keladigan qirlar kesib o'tgan. Janubi-sharqda bu tekislikdan yassi allyuvial pasttekislikka o'tiladi. Bu pasttekislikning dengiz sathidan balandligi 100 m dan oshmaydi va u Fors qo'ltig'i yaqinida to'xtovsiz o'skb borayotgan juda katta delta bilan tugaydi. Geologik va tari-xiy ma'lumotlarga ko'ra, Fors qo'ltig'ining qirg'oq chizig'i antropogen davri boshlarida hozirgiga nisbatan ancha shimolda, yani taxminan hozirgi vaqtda Dajla bilan Frot daryolari tutashib, Shottul-Arab daryosini hosil qiladigan yerda bo'lgan. Lekin keningi ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, qirg'oq chizig'ining janubga chekinishiga olib kelgan ko'tarilish tarixiy davrda qisman cho'qish bilan almashingan, buning natijasida Shottul-Arabning quyi qismidagi qadimgi irrigatsiya inshootlari suv ostida qolib ketdi. Mesopotamiyaning hozirgi sohili juda yosh va unda yaqinda bo'lib o'tgan tektonik harakatlar izlari saqlanib qolgan. Shot-tul-Arabning delta tekisligini daryolarning ko'p tarmoqlari kesib o'tib, qo'ltiqqa quyilish joyida yaqinda bo'lib o'tgan cho'qish natijasida vujudga kelgan turli xil kattalikdagi estuariylar bilan tugaydi. Sohildagi pasttekislikni turli joylarda to'siq dambalar va ular yonida sug'oruv kanallari kesib o'tgan. 77. Mesopotamiyada tuyalar podasi (P. Ye. Lukomskiy fotosi). Mesopotamiya juda katta neft zapasiga ega. U Janubiy Erondagi pasttekislikni, Fors qo'ltig'i sohillarini va Arabiston yarim orolini ham o'z ichiga olgan juda katta neftli zonaga kiradi. Neft mezozoy va paleogenning kristall zaminni qoplab yotuvchi va yassi gumbazsimon burmalar hosil qiluvchi dengiz yotqiziqlarida joylashgan. Neft qazib chiqaziladigan asosiy rayonlar Iroq territoriyasida Yuqori Mesopotamiyada Mosul va Kirko'k shaharlari yaqinida, Quyi Mesopotamiyada Basra shahri yaqinida va pasttekislikning Eronga qarashli qismida (Xuziston) joylashgan.Yozda Mesopotamiya ustida Azor maksimumining sharqiy chekkasidan shimoli-g'arbiy shamollar olib keladigan tropik havo hukmronlik qiladi. Qishda Yuqori Mesopotamiyaga Atlantika ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.55 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.55 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:49 ]
Arxiv ichida: doc