Mintaqalarda ekologik turizm resurslari va ulardan foydalanish Reja: 1. Ekologik turizmning maqsadi va vazifalari 2. Ekologik turizmning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rni 3. Ekologik turizmni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari 4. O'zbekiston Respublikasining ekoturistik rayonlari Ekologik turizmning maqsadi va vazifalari Ekologik turizm o'tgan asrning oxirlaridan boshlab jahon turizmi industriyasiga asta-sekin kira boshladi. Butunjahon turizm tashkilotining ma'lumotlari bo'yicha keyingi besh yilda yekologik turizmda turistlar oqimi tobora ko'payib borayotganligi haqida hisob - kitob natijalari keltirilgan. Ushbu turizm yo'nalishida janubiy Yevropa, Janubiy - sharqiy Osiyo, kichik Osiyo, Xitoy va Afrika qit'asidagi davlatlar oldingi o'rinlarda borishmoqda. Albatta, qayd qilingan geografik tabiiy manzillar betakror tabiat mintaqalar bo'lib, doimiy bahor va yoz iqlimiga yega bo'lgan davlatlarning tabiatdagi biologik xilma-xillik resurslari, sharoitlari bu mintaqalarda yil davomida turistlar oqimining ko'payishini ta'minlaydi, imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi kunga kelib jahonda yekologik turizm jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan turizm sohalaridan biriga aylandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlagandek «Go'zal geografik va tabiiy sharoitlar Respublikamiz hududida yekologik turizmni rivojlantirish uchun g'oyat qulaydir. Bu borada mamlakatning tog'li hududlarida joylashgan, zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob sayyohlik dasturlari tashkil yetilgan. Sayyohlikning yangi yo'nalishi-yirik qo'riqxonalar va bog'lar hududida tashkil yetilgan tabiatshunoslik turizmi rivojlanmoqda». Darhaqiqat, O'zbekistonda yekologik turizm rivojlanib borishining yana bir sababi turist o'zi qiziqgan tabiat va uning tabiiy sharoiti, biologik resurslari bilan tanishibgina qolmasdan, bu tabiat bag'rida dam oladi, tabiat go'zalligini chuqur his qiladi. Uning resurslarini avaylash xohish-istagi paydo bo'ladi. Respublikamizning yekologik turizm salohiyatini hisobga olganimizda yekologik turizmni rivojlantirishning asosiy resurslari - 4 faslli tabiat mavsumlari, o'zining yekologik tizimlariga yega bo'lgan 5 ta tabiiy landshaft bio-xilma-xilliklarida yendemik (faqat O'zbekiston tabiatida) turlarning mavjudligidan iborat. O'zbekistonning yekologik turizmdagi resurslar salohiyatiga alohida to'xtalganimizda, quyidagi yekoturizm manbalarini keltirish, tavsiflash masalaga ravshanlik kiritadi. O'zbekiston 3,8 mln. gektarga yega bo'lgan ovchilik - baliqchilik yer maydonlariga yega, ulardan 1 mln. gektarini suv fondi tashkil yetadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o'txo'r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 tur baliqlarga yega. Bulardan, O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobiga» o'txo'r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan. O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti ma'lumotlari bo'yicha, O'zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur o'simliklar mavjud. Shulardan, 300 turlari oliy, yovvoyi o'suvchi o'simliklar, ulardan 9 foizi yendemiklardan iborat. O'zbekiston hududining muhofaza yetilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 km2 ni tashkil qilgan 10 ta davlat qo'riqxonasi, 6061 km2 ni tashkil yetgan 2 ta milliy bog' va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko'paytirish Respublika markaziy - «Jayron» yekomarkazi, 12186 km2 maydonni tashkil yetgan 17 ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.67 MB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.67 MB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:49 ]
Arxiv ichida: docx