Mintaqalarda turizmning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar

Mintaqalarda turizmning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar

O'quvchilarga / Geografiya
Mintaqalarda turizmning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar - rasmi

Material tavsifi

Mintaqalarda turizmning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar Reja: Mintaqalarda turizmning rivojlanishiga ta'sir etuvchi barqaror omillar Mintaqalarda turizmning rivojlanishiga ta'sir etuvchi o'zgaruvchi omillar Mintaqalarda turizmning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar tasnifi Mintaqalarda turizmning rivojlanishiga ta'sir etuvchi barqaror omillar Jahon bo'yicha xalqaro turizmni rivojlanishi mintaqalar bo'yicha bir xil taqsimlanmagan. Albatta, bu o'sha mintaqaning turistik-rekreatsion resurslarga qanchalik ega ekanligiga, undan tashqari turizm infratuzilmasi va industriyasi shakllanishi uchun shart- sharoitning qanchalik qulayligiga ham bog'liqdir. Turistik resurslar asosiy tuzilishiga ko'ra qo'yidagicha tavsiflanadi: jozibadorligi, ko'rkamligi; iqlimiy sharoiti; borish mumkinligi; ekskursion ahamiyati; manzarali tuzilishi; ijtimoiy - demografik tarkibi; qayta ishlab chiqarish darajasi; foydalanishga qodirligi; noyobligi va boshqalar. O'zbekistonda turistik resurslarga bo'lgan talab va undan foydalanish. Yuqori jadvaldan ko'rish mumkinki, mamlakatimiz turistik resurslariga bo'lgan talab yuqoridir. Shu sababdan kelib chiqib, turistik resurslardan foydalanishga ta'sir etuvchi omillarni har jihatdan tahlil etish o'ta muhimdir. Turizmni rivojlanishiga turli omillar ta'sir ko'rsatadi. Asosiy omillarni ikki guruhga bo'lish mumkin. Bular, barqaror va o'zgaruvchan omillar. Barqaror (o'zgarmaydigan) omillar vaqt nuqtai nazardan kam o'zgarish xarakteriga ega. Bu omillarga tabiiy-iqlimiy, geografik, madaniy-tarixiy kabi omillar kiradi. Shular ichidan geografik omillarni tahlil etadigan bo'lsak, bu omillar sayyohlik marshrutlarini to'g'ri tanlash, trasportning qulayligi, rekreatsiya resurslarining bahosi, turizmni mavsumga qarab rivojlantirish kabi jihatlarga o'z ta'sirini ko'rsatadi. O'z navbatida, geografik omillarni ikki guruhga bo'lish keng tus olgan. Bular: tabiiy geografik omillar; iqtisodiy geografik omillar. Mintaqalarda xalqaro turizmni rivojlanishiga tabiiy sharoitning katta ta'siri bor. Hozirgi jamiyatimizning o'ta sanoatlashib borishi tufayli, insonlarning yovvoyi tabiatga bo'lgan qiziqishi ortib bormoqda. Tabiiy geografik omillar ko'pgina jihatlar bilan baholanadi. Quyida asosiylariga to'xtalib o'tamiz. Iqlim, turizmni davriyligiga ta'sir ko'rsatib, ayrim sohil bo'yi dam olish joylari yil bo'yi issiq iqlimga ega ekanligi (misol tariqasida Mavrikiy orollarini ko'rsatish mumkin) tufayli, uzluksiz turistlar bilan gavjum bo'lishiga olib kelgan. Tabiiy iqlim sharoiti turizm harakatini mavsumiy xarakterga aylantiruvchi asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Tabiatda ob-havoning o'zgarishi, tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanish hodisalari, tabiat injiqliklari turistlar oqimining keskin kamayishiga sababchi bo'ladi. Shu sababli turizmning eng rivojlangan mintaqalari yer sharining mutadil iqlim zonalariga to'g'ri keladi. Jumladan, O'rtayer dengizi, Qora dengiz, Karib dengizi, Adriatika dengizi, Boltiq dengizi, Yapon dengizi, Janubiy Xitoy dengizi qirg'oqlarida joylashgan mamlakatlarda turizm xalqaro ahamiyatga ega. O'simlik va hayvonot olami ham katta qiziqish uyg'otuvchi omildir. O'rmonlar dam oluvchi va tabiat qo'yniga sayr qiluvchi sayyohlarni o'ziga tortadi. O'rmon o'zining kislorodga boy zahirasi bilan, sog'ligini tiklovchilar uchun muhim turistik obyekt hisoblanadi. Shu bois, botanika bog'lari, turli oromgohlar, milliy bog'lar sayyohlarning gavjum joylari hisoblanadi. Xorijiy sayyohlarni o'ziga ko'proq jalb qiluvchi omillardan biri - bu ekzotik (g'alati, ajoyib) hayvonlar yashaydigan joylar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 54.31 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 54.31 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga