Mintaqalarning turistik resurslari tasnifi Reja: Mintaqaviy turizm resurslari, mohiyati, ahamiyati Turistik resurslar tasnifi va unga nisbatdan yondashuvlar Mintaqaviy turistik resurslar turlari Mintaqaviy turizm resurslari resurslari, mohiyati, ahamiyati Hozirgi vaqtda ko'pgina tarmoqlar kabi turizm industriyasi ham tez rivojlanib bormoqda. Turistik biznesni mavjud kapital, texnologiya, hamda malakali ishchi - xodimlar orqaligina shakllantirib bo'lmaydi. Buning uchun birinchi navbatda turistik resurslarga ega bo'lish lozim. Turistik resurslar deb - tabiiy, tarixiy, ijtimoiy - madaniy va boshqa turistlarni sayohatga qiziqtiradigan, insonning jismoniy, ruhiy va aqliy kuchini tiklashi va rivojlanishi ehtiyojlarini qondirishga qodir obyektlarga aytiladi. Rekreatsiya faoliyati nuqtai nazardan turistik resurslarga tabiiy va antropogen geosistemalar kiradi, tabiat manzaralari, rekreatsiya faoliyati ehtiyoji qiymatiga va maishiy xususiyatga ega, insonlarni ko'rsatilgan vaqtda ma'lum texnologiyalar yordamida sog'ligini tiklash va dam olishida foydalanish mumkin bo'lgan, rekreasiya faoliyati qobiliyatiga ega resurslar kiradi. Turistik resurslarning mohiyati shundan iboratki, ular turistik mahsulot shakllanishiga asos hisoblanadi. Umumiy qilib aytganda, aniq hududda turistik faoliyatda foydalanish mumkin bo'lgan barcha obyektlar kiradi. Turizmni rekreatsiyaning ko'rinishi sifatida olsak, «turistik resurslar» tushunchasi «rekreatsiya resurslari» bilan birgalikda uyg'unlashadi. Turistik resurslarning asosini rekreatsiya resurslari tashkil etadi. Rekreatsiya resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir. Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko'ra rekreatsion resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreatsion resurslar (1-chizma). Chizma 1. Tabiiy rekreatsion resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat, go'zal tabiat go'sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko'l, dengiz bo'ylari, tog' etaklaridagi o'simlik dunyosi, xilma - xil manzarali joylar, mineral suvli shifobahsh maskanlar bo'lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport bilan shug'ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi yashil mintaqalar, park va bog'lar yoki qo'riqxona va milliy bog'lar ham tabiiy rekreatsiya resurslaridir. Turli davrlarda inson aql - zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va san'at obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreatsiya maqsadida foydalish mumkin bo'lgan ijtimoiy obyektlar, antropogen rekreatsiya resurslariga kiradi. Undan tashqari, rekreatsion resurslarni qo'yidagi asosiy belgilariga ko'ra ajratish mumkin: landshaft - iqlimiy xususiyati; tabiiy resurslar potensial zahirasi; jozibadorlik va sayyohlik ahamiyati; qo'laylik va foydalanish imkoniyati; manzara va ekologik xususiyati; ijtimoiy - demografik xususiyati. Turistik resurslar tasnifi va unga nisbatdan yondashuvlar Turistik resurslar tasnifiga bir qancha yondashuvlar mavjud. Ulardan polyak iqtisodchisi M.Truasi (1963 y.) va fransuz iqtisodchisi P.Deferem (1972 y.) taklif qilgan tasnifi ancha takomillashgan. M.Truasi turistik resurslarni uch guruhini ajratadi: Tabiiy turistik resurslar, «turistik kapital potensiali» sifatida unga iqlim, havo, manzara, dengiz, ko'l, daryolar, tog'lar, o'rmon va boshqalar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, bu resurslarni tabiiy - iqlimiy resurslar deb atash ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
35.07 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
35.07 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:49 ]
Arxiv ichida: docx