Mintaqalarning turistik resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash Reja: Turistik - rekreatsiya resurslari va ularni belgilari Turistik resurslarni baholashni turizmdagi ahamiyati Turistik resurslarni miqdor va sifat jihatdan baholash Turistik - rekreatsiya resurslari va ularni belgilari Hozirgi vaqtda ko'pgina tarmoqlar kabi turizm industriyasi ham tez rivojlanib bormoqda. Turistik biznesni mavjud kapital, texnologiya, hamda malakali ishchi - xodimlar orqaligina shakllantirib bo'lmaydi. Buning uchun birinchi navbatda turistik resurslarga ega bo'lish lozim. Turistik resurslarning asosini rekreatsiya resurslari tashkil etadi. Rekreatsiya resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir.Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko'ra rekreatsion resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreasion resurslar. Tabiiy rekreatsion resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat, go'zal tabiat go'sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko'l, dengiz bo'ylari, tog' etaklaridagi o'simlik dunyosi, xilma - xil manzarali joylar, mineral suvli shifobahsh maskanlar bo'lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport bilan shug'ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi yashil mintaqalar, park va bog'lar yoki qo'riqxona va milliy bog'lar ham tabiiy rekreasiya resurslaridir. Turli davrlarda inson aql - zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va san'at obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreatsiya maqsadida foydalish mumkin bo'lgan ijtimoiy obyektlar, antropogen rekreatsiya resurslariga kiradi. Undan tashqari, rekreasion resurslarni qo'yidagi asosiy belgilariga ko'ra ajratish mumkin: landshaft - iqlimiy xususiyati; tabiiy resurslar potensial zahirasi; jozibadorlik va sayyohlik ahamiyati; qo'laylik va foydalanish imkoniyati; manzara va ekologik xususiyati; ijtimoiy - demografik xususiyati. Turistik resurslarni baholashni turizmdagi ahamiyati Turistik resurslar turli tabiiy, madaniy - tarixiy, hamda ijtimoiy - iqtisodiy obyektlar ko'rinishida bo'lib, turistik xizmatlar ko'rsatishga asos bo'la oladigan resurslarga aytiladi. Undan tashqari, turistik resurslar turistik mahsulotlar yaratishga asos bo'ladigan tabiiy hamda, insonlar tomonidan yaratilgan obyektlar majmuasidan iborat. V.S.Bogolyubov va V.P.Orlovskayalar (Yekonomika turizma. M.2005,151b.) turistik resurslarda alohida ajralib turuvchi qo'yidagi asosiy belgilarni ajratishgan: Qo'laylik (jozibadorlik); Iqlimiy sharoit; O'rganganlik darajasi; Sayyohlik ahamiyati; Manzara va ekologik xususiyatlari; Ijtimoiy - demografik xususiyatlari; Potensial zahirasi; Foydalanish imkoniyati va boshqalar. Turistik resurslardan sog'lomlashtirish, turistik, sport va tanishuv maqsadida foydalaniladi. Undan tashqari turistik resurslarni shartli ravishda ikki guruhga bo'lish mumkin: tabiiy va infrastrukturali. Turistik biznesni rivojlanishida yuqoridagi ikki guruhni ham ahamiyati yuqori. Har qanday yuqori turistik resurs potensialidan, kommunikasiya, aloqa vositalari, xizmat ko'rsatish sohalarisiz foydalanib bo'lmaydi. Har bir hududda turizm shakllanar ekan, bu hududda turizm faoliyatida foydalanilayotgan turistik resurslar mavjud bo'ladi. Bu resurslarni turizmni tashkil etish asosi desak bo'ladi. Lekin, har bir hududning resurs salohiyati resurslarning miqdor va sifat jihatiga ko'ra farq qiladi. Shu sababli turistik resurslarni har jihatdan o'rganish, baholash, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.08 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.08 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:49 ]
Arxiv ichida: docx