Mintaqaviy turizm resurslari fanining predmeti maqsadi va vazifalari Reja: Mintaqaviy turizm resurslarifanining maqsadi va vazifalari Fanning boshqa fanlar tizimida tutgan o'rni O'zbekiston mustaqillikka erishgach turizm sohasidagi amalga oshirilgan islohatlar «Mintaqaviy turizm resurslari» fanining maqsadi va vazifalari So'ngi yillarda turizmning tez sur'atlarda o'sishi va ta'sir doirasining kuchayishi dunyo mamlakatlari o'rtasida aloqalarning rivojlanishida muhim omil bo'ldi. Shuningdek, turizm jahon va milliy iqtisodiyotga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda Turizm mintaqaviy daromadning o'sishi, infrastrukturaning shakllanishi, yangi ish joylarini yaratish orqali bandlik muammosini hal qilish, davlatlar va mintaqalar o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirgan holda, mintaqaviy rivojlanishning barcha tamonlariga ta'sir etadi. Shunday ekan oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri mamlakatimizda Mintaqaviy turizm resurslarini rivojlantirishdir. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishni o'zining asosiy maqsadi qilib belgilab oldi. Bu ishda turizm sohasi ham yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Turizm nafaqat o'tmishni o'rganish, o'zga xalqlar va elatlar bilan tanishish, ularning madaniy yodgorliklaridan bahramand bo'lish, shuningdek, u katta biznes hamdir. Mazkur faoliyatni yo'lga qo'yish esa mutaxassislarga bog'liq bo'lib, buning uchun malakali kadrlarni tayyorlash hozirgi kunning muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu vazifani amalga oshirishda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish universiteti, Buxoro, Urgench Davlat universitetlari va Respublikamizdagi turizm sohasidagi kasb-hunar kollejlari o'z hissalarini qo'shib kelmoqdalar. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 10 iyuldagi O'zbekiston Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi 199-sonli qarori, 2015 yil 10 yanvardagi Oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqidagi 3-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2015 yil 15 yanvardagi 12-sonli buyrug'i hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2015 yil 24 yanvardagi 17-«F» sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida ishchi guruh professor-o'qituvchilari tomonidan, Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxasisliklari Klassifikatoriga muvofiq quyidagi ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha malaka talablari va o'quv rejalarini qayta ishlab chiqildi. 5610300 - Turizm (xalqaro va ichki turizm) va 5610200 - Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish ta'lim yo'nalishlari bo'yicha qayta ishlab chiqilgan O'quv rejasining umumkasbiy fanlari blokiga professor-o'qituvchilar tomonidan Mintaqaviy turizm resurslari fanini kiritish lozim deb topildi. Fanning maqsadi O'zbekistonda Mintaqaviy turizm resurslarini rivojlantirishning imkolniyatlari va istiqbollarini tadqiq qilishdan iborat bo'lib, ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olingan: Mintaqaviy turizm resurslari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Mintaqaviy turizm resurslarini rivojlantirishning ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyati. mintaqalarda turizmning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillari. mintaqalarning turistik resurlari tasnifi mintaqalarning turistik resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash mintaqalarda ekologik turizm resurslari va ulardan foydalanish ziyorat turizmi markazlari va ularni rivojlantirish resurslari ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.61 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.61 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:49 ]
Arxiv ichida: docx