Mintaqaviy turizm resurslari, infratuzilmalarini takomillashtirish yo'llari

Mintaqaviy turizm resurslari, infratuzilmalarini takomillashtirish yo'llari

O'quvchilarga / Geografiya
Mintaqaviy turizm resurslari, infratuzilmalarini takomillashtirish yo'llari - rasmi

Material tavsifi

Mintaqaviy turizm resurslari infratuzilmalarini takomillashtirish yo'llari Reja: 1. Turizm industriyasi va turizm infratuzilmasi tushunchalarining mohiyati 2. Mintaqalarda turizm infratuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari Turizm industriyasi va turizm infratuzilmasi tushunchalarining mohiyati Bugungi kunda «turizm industriyasi» tushunchasining ko'plab ta'riflari mavjud bo'lib, bunday ta'riflardan eng ishonchli va mukammalroqlaridan biri Birlashgan Millatlar tashkilotining 1971-yilda o'tkazilgan savdo va taraqqiyotga bag'ishlangan anjumanida berilgan edi. Ushbu anjumanda e'tirof etilganidek, turizm industriyasi turistlar yehtiyojini qondirish uchun turistik mahsulotlar yaratishga yo'naltirilgan barcha turistik tashkilotlarning turli faoliyatlar yig'indisidan iborat. Keyingi yillar davomida ushbu ta'rifning mazmun va mohiyatini aniqlash hamda turizm industriyasining tarkibiy qismlarini tavsiflash yo'lida ko'plab tadqiqotlar bo'ldi. Ammo bunga qo'l urgan tadqiqotchi va amaliyotchilar turli qiyinchilik, to'siqlarga duch keldilar. Bunday qiyinchiliklarning yuzaga kelishiga asosiy sabab turizm industriyasining iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan chambarchas bog'liqligidadir. Turizmning keng darajadagi ehtiyojini qondirishda sanoat va qishloq xo'jaligi, qurilish va savdo sohalari yagona, alohida bir tuzilmalar sifatida ishtirok yetadilar. Shu sababli, turizm industriyasini boshqa sohalardan keskin chegaralash o'ta mushkul masaladir. Hozirgi kunda faol iste'molchi o'ziga kerakli, xizmatlar haqida individual tasavvurini shakllantiradi va bu taklifga bevosita ta'sir o'tkazadi. Natijada turizm industriyasi o'z tarkibini o'zgartirib, yangi, zamonaviy turistning xohish-istaklari hisobga olingan turistik-rekreatsion obyektlarni yaratadi hamda turistlarga xizmat ko'rsatish sohasiga yashash tarzining qulayligi va ko'rsatilayotgan xizmatlarning yuqori sifatliligini, originalligini ta'minlash uchun zarur bo'lgan yangi faoliyat turlarini jalb yetadi. Bu yesa, o'z navbatida, turizm infratuzilmasini tashkil yetuvchi muhit va resurslardan jadal foydalanishga hamda avvallari turistik hisoblanmagan yangi resurslarni (qishloq va yekologik turizm) muomalaga jalb yetishga undaydi. Turizm industriyasi mavjud resurslardan shunchaki foydalanib qolmasdan, balki muhitga nisbatan o'z individual talabini shakllantirib, o'zaro ta'sir xarakterini o'zgartiradi. Turizm industriyasi - bu mehmonxonalar va joylashtirish vositalari, transport vositalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, ko'ngil ochish obyektlari va vositalari, davolash, sog'lomlashtirish, sportga doir, diniy-marosimchilik, ishbilarmonlikka va boshqa maqsadlarga molik vositalar, turizm operatorlari va turizm agentligini amalga oshiruvchi, shuningdek, turizm infratuzilma tashkilotlari majmuidan iborat bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining «Turizm to'g'risida»gi Qonunida turistik industriya tushunchasi quyidagicha ta'riflanadi: turistik industriya - turistik faoliyatning turistlarga xizmat ko'rsatishini ta'minlovchi turli subyektlar (mehmonxonalar, turistik komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, umumiy ovqatlanish, transport korxonalari, madaniyat, yeksport muassasalari va boshqalar) majmui, deb berilgan. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatning yoki turistik markazning ijtimoiy tuzilishidan qat'iy nazar turizm industriyasida turistik faoliyatni amalga oshiruvchi bir qancha turli xildagi korxonalar, chunonchi: turizmni tashkillashtiruvchi turoperator va turistik agentliklar mavjud. Bundan tashqari turistlarni tashuvchi, mehmonxonalar va joylashtirish tizimining boshqa korxonalari, umumiy ovqatlanish, attraksionlar va ko'ngil ochar joylari, shuningdek, ular qatoriga bank sohasidagi muassasalar, sug'o'rta xizmati va boshqalar kiradi. Turizmning maxsus turlarida davolash muassasalari, o'qitish tizimi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.35 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.35 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga