Mintaqaviy turizm resurslarini rivojlantirishning ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati

Mintaqaviy turizm resurslarini rivojlantirishning ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati

O'quvchilarga / Geografiya
Mintaqaviy turizm resurslarini rivojlantirishning ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Mintaqaviy turizm resurslarini rivojlantirishning ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati Reja: Mintaqaviy turizm resurslarining iqtisodiy mazmuni hamda milliy iqtisodiyotda tutgan o'rni va ahamiyati. Mintaqaviy turizm resurslarining ijtimoiy mazmuni va uning jamiyatdagi shakllanishi va rivojlanishidagi o'rni. O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida Mintaqaviy turizm resurslarining ahamiyati. Mintaqaviy turizm resurslarining iqtisodiy mazmuni hamda milliy iqtisodiyotda tutgan o'rni va ahamiyati. Turizmni barqaror rivojlanishida turistik resurslarning iqtisodiy mazmuni yotadi. Hozirgi kunda ko'pgina mamlakatlarda turizm milliy iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omili hisoblanmoqda. Hozirgi davrda jahon xo'jaligida bu sohada band ishchi kuchining ulushi yildan - yilga oshmoqda. Butunjahon sayyohlik va turizm kengashi (Vorld Travel and Tourism Kounkil) ma'lumotlariga ko'ra 1996 yil turizm sohasida 225 mln. ish o'rni mavjud bo'lgan bo'lsa, 2006 yilga kelib, yana 130 mln. ish o'rni ortdi. Hozirgi vaqtda turizm sohasida jahondagi mavjud har 10 ta ishchi kuchining biri band. Ayrim mamlakatlarda bu ko'rsatgich yanada yuqori. Masalan, Ispaniyada turizm sohasida iqtisodiy faol aholining 8,3 foizi, Barbadosda - 10,5 foizi, Maltada - 15 foizidan ortig'i band. Turizm ham Respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o'zining munosib o'rniga ega bo'lishi uchun yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bo'yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Turizm turistlar ehtiyojini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. mutaxassislar turistlarni 6 ta asosiy ehtiyojlarini ajratadi: Rekreatsiya, dam olish; Og'ayni va tanishlarini ko'rish bo'yicha; Ish va professional maqsadlar bo'yicha; Davolanish; Diniy va ziyoratchilik bo'yicha; Insonlarning jismoniy, iqtisodiy va ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib va boshqa maqsadlar bo'yicha. Yuqoridagi ehtiyojlarni qondirishga turistik faoliyatni amalga oshirish yotadi. Bu o'z navbatida iqtisodiy turizm hisoblanib, uni qo'yidagilar asosida shakllantiriladi: turistik xizmatlarni ishlab chiqish; turistik mahsulotni shakllantirish; turistik mahsulotni sotish; turistik ehtiyojni qondirish. Turizm iqtisodiy kategoriya bo'lib, davlatlardan kelgan turistlarga mahalliy xizmatni sotadi, o'z ishchilariga ish-joy sharoitini yaratadi, kirib kelayotgan valyutadan daromat oladi. Bir tomondan turizm sohasi turistlarga bevosita xizmat qiluvchi tarmoqni taklif qiladi, ikkinchi tomondan turizm bozoriga yo'naltirilgan xizmat qilish va moddiy ishlab chiqarish kabi bir-biriga qo'shilgan tarmoqlarning o'zaro bog'langan tizimni belgilaydi. Turizm - bu ishlab chiqarish va iste'molchining yakdil jarayonidir. Iste'mol obyekti turistik tovar va xizmatlar hisoblanib, iste'mol davrida iste'molchining bu tovarlar va xizmatlar qoniqtirishi lozim. Bunda turizmning iste'mol qiymati foydali buyumlar tovarlar, qulaylik va tabiat manzaralari va xizmatning har xil usulidan kelib chiqadi. Turistik iste'mol bir tomondan tovarga va pullik xizmatga ega bo'lishi, ikkinchi tomondan tovarlar ko'rinishiga ega bo'lmagan joy, yaxshi muhitni o'z ichig oladi. Turizmni iqtisodiy samarali keluvchi turistlar soni bilan bevosita bog'liq. Turistlar sonni oshib borishi bilan, turizm orqali kelayotgan daromad ham oshib boradi. O'z navbatida turistlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.85 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.85 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga