Mirzo Ulug'bekning geografiya faniga qo'shgan hissasi Reja: Mirzo Ulug'bekning hayoti Mirzo Ulug'bekning Rasadxonasi Mirzo Ulug'bekning geografiya sohasidagi ishlari Xulosa Buyuk olim va davlat arbobi, temuriylar sulolasining yorqin namoyandasi Mirzo Ulug'bekning nomi dunyo fani sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan. Uning astronomiya, matematika, geometriya, geografiya va boshqa qator fanlar rivojiga qo'shgan o'lkan hissasi, O'rta asrlarda amalga oshirgan hisob-kitoblarining aniqligi hozirgi zamon ilm ahlini hamon lol qoldirib kelmoqda. Tarixchilarning yozishicha, Ulug'bek kuchli xotira sohibi: geometriya, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot, mantik, musiqadan hamda Qur'on, hadis va fiqh ilmlaridan yaxshi xabardor bo'lgan. Ammo Mirzo Ulug'bek hayotining asosiy qismini astronomiyaga bag'ishlagan va ushbu fanning XV asrdagi rivojida uning xizmati beqiyos. Chunki O'rta asrlargacha mavjud bo'lgan yo'lduzlar jadvalining sifati, ya'ni aniqligi, O'sha zamoy astronomlarini qoniqtirmas edi. Shu bois, osmon jismlarini kuzatish uchun Samarqandda Mirzo Ulug'bek boshchiligida rasadxona bunyod etish va uni jihozlash ishlari amalga oshirilgan. Ma'lumki, rasadxona 1427-1429 yillarda ko'rilgan va uni barpo etish rejasi bo'lajak alloma Mirzo Ulug'bekda bolalik chogidayoq tug'ilgan edi. Chunki olim yoshligida Tehron yonidagi Maroga observatoriyasini ko'rib, havas bilan «men ham shundayni ko'raman», deb ahd qilgan ekan. Ulug'bekning yoshi 26-27 larga yetganda u olimlar bilan yaqindan tanishgan va ular bilan ko'p suhbatlar ko'rgan. 1420-yillarga kelib uning atrofida 60-70 tacha matematik va astronom olimlar to'plangandi. Mirzo Ulug'bek Samarqandda rasadxona zamirida «Ulug'bek akademiyasi»ga asos solgan va bu yerda olib borilgan ilmiy kuzatishlari natijasida «Ziji jadidi Ko'ragoniy» («Ko'ragoniyning yangi astronomik jadvali») va «To'rt ulus tarixi» kabi mashhur asarlari yaratilgan. Tarixchi olim Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, «Ulug'bek geometriya borasida Evklidga, astronomiya sohasida esa Ptolomeyga o'xshardi». Ziji jadidi Ko'ragoniy» asarida 1018 ta harakatlanmaydigan yo'lduzning koordinatlari hayron qolarli darajadagi aniqlikda ko'rsatib berilgan. Mutaxassislarning tan olishicha, ushbu yo'lduzlar jadvali grek olimlaridan miloddan avvalgi II asrda yashagan Gipparx va milodiy I-II asrlarda ijod qilgan Ptolomey tuzgan jadvallardan keyingi davrda yaratilgan eng aniq astronomik manba hisoblanadi. Quyosh bir yilda bir marta aylanib chiqadigan fazoviy doira - ekliptikaning og'ishi qiymatini aniqlashda Mirzo Ulug'bek dunyo astronomiya fanida eng oldingi o'rinlarda turadi. Uning 1437-yilda amalga oshirgan hisob-kitoblariga ko'ra, ekliptikaning og'ishi 23°30'17ga teng va bu qiymat hozirgi zamondagi hisob-kitoblardan bor-yo'g'i 0'32ga farq qiladi. Shuning uchun ham Ulug'bek tomonidan hisoblangan bir astronomik yil 365 kun 6 soat 10 minut 8 sekundga teng va bu hozirgi zamon ma'lumotlaridan atigi 58 sekundga farq qiladi. Ulug'bekning yozib qoldirgan asarlarida bir qator geografik ma'lumotlar ham mavjud. «Ziji jadidi Ko'ragoniy»dagi jadvallarda dunyodagi 683 ta aholi punktining geografik koordinatlari haqidagi ma'lumotlar keltirilgan. Jumladan, Ulug'bekning yozishicha, u yaratgan rasadxona 39°37'28 geografik kenglikda joylashgan. Hozirgi vaqtdagi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
745.58 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:49
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
745.58 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:49 ]
Arxiv ichida: pptx