Moldaviya Respublikasi Moldaviya - MDH ning janubi-g'arbida, Prut va Dnestr daryolari oralig'ida joylashgan. Maydoni 33,7 ming km2 . Tarixda Moldaviya hududi Bessarabiya nomi bilan atalgan. 1924-yili Moldaviya Avstriya Respublikasi, 1940-yildan Moldaviya SSR, 1991- yildan Moldaviya Respublikasi deb yuritilgan. G'arbdan Moldaviya Ruminiya Respublikasi bilan qolgan barcha tomonlardan Ukraina Respublikasi bilan chegaradosh. Moldaviyani Ruminiya bilan, ayniqsa Ukraina bilan chegaradoshligi muhim o'rin tutadi. Ukrainadan temir yo'llar orqali ko'mir, neft, metall, mashina va jihozlar, g'alla, gaz quvurlari orqali gaz keladi. Garchi Moldaviya Qora dengiz bilan tutashmagan bo'lsada, Qora dengizning yaqinligi va ukrainaning port shaharlari (Odessa, Ilichevsk, Bel gorod-Dnestrovskiy) bilan temir yo'llar bilan tutashganligi muhim ahamiyatga ega. Moldaviya siyosiy-ma'muriy jihatdan 40 ta rayon va Respublikaga bo'ysunuvchi 4 ta shahardan iborat: Kishnyov (66200), Tiraspol, Belsi, Benderi. Moldaviya foydali qazilmalarga juda kambag'al, faqat ohaktosh konlari bor. Moldaviyaning asosiy boyligi tuproq iqlim resurslaridar. Uzoq davom etadigan iliq yoz, kuzning kamyog'inligi va qishning qisqa hamda yumshoq bo'lishi, qora tuproqlari tokchilik, bog'dorchilik, polizchilikni riqojlanishi uchun qulay. XGMT da Moldaviya - bog' Respublikasi deb nom olgan. Hududining 12 % dan ortig'ini bog' va tokzorlar tashkil etadi. Aholisi 4200 00 (1986 y), 4,3 mln (2003 y) kishi. Tug'ilish koeffisienti 9 ‰, o'lim 9‰. 1 ayolga 1,3 bola to'g'ri keladi. 15 yoshgacha bo'lganlar salmog'i 22%, 64 yoshdan yuqori bo'lganlar 10 % . O'rtacha umr 65-72 yosh. YAMD 2300$ (2001 y). Aholisining asoisy qismini moldavianlar tashkil etadi, ulardan tashqari ruslar, ukrainlar va yaxudiylar yashaydi. Aholi zichligi 1 km2 ga - 124,6 kishi bo'lib, MDH bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Urbanizasiya darajasi 45 % ga etadi, aholisining asosiy qismi qishloqlarda yashashiga asosiy sabab qadimdan dehqonchilikni rivojlanganligidir. Millioner shaharlari yo'q, eng yirik shahari - Kishnyov (663 ming). Sanoat tarmoqlaridan intensiv qishloq ho'jaligiga asoslangan oziq-ovqat sanoati muhim ahamiyatga ega. Haydaladigan yerlar Moldaviya hududining 60 % dan ko'pini egallaydi. Ixtisoslashgan tarmoqlari uzumchilik va bog'dorchilik bo'lib, uzum, meva, tamaki etishtirganligi va atirgul moyi tayyorlash ajralib turadi. Bog'dorchilikdagi asosiy rayon Moldaviyaning markaziy qismi, ya'ni Kodra pasttekisligidir. Kodra bog'larida: olma, nok, behi, gilos, o'rik, yong'oq kabi mevalar yetishtiriladi. Donli ekinlardan kuzgi bug'doy, makkajo'xori, arpa; texnik ekinlardan: kungaboqa, qand lavlagi, tamaki, efir moyli ekinlar ko'p yetishtiriladi. Efir moyi parfimeriya va ponditer sanoatida ishlatiladi. Vinochilik, meva, konserva, sabzavot-konserva, tamaki va qand shakar sanoat korxonalari Moldaviyaning barcha sanoat mahsulotining yarmidan ko'prog'ini beradi. Qishloq xo'jaligi vqa oziq-ovqat sanoatiga yordamchi ishlab chiqarish korxonalari: bog'-poliz mini traktorlari va moslamalari, vino va konserva sanoati uchun asbob-uskunalar, shisha idishlar va binokorlik materiallari ishlab chiqarish rivojlanib bormoqda. Sanoatida asosan elektrotexnika, asbobsozlik, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.55 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.55 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:49 ]
Arxiv ichida: doc