Mustaqillik davri tarixiy geografiyasi Reja: O'zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo'nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Iqtisodiyotda yuz bergan o'zgarishlar, bozor infratuzulmasining shakllanishi. Qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan islohotlar, uning vazifalari va yo'nalishlari. Aslida mustaqil O'zbekiston hududida, aniqrog'i ko'hna Turon zaminida bozor munosabatlari yangilik emas. Qadimdan ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan turfa xil mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini xorijiy mamlakatlarga olib chiqib savdo qilganlar, mol ayirboshlaganlar. Faqatgina so'nggi mustamlaka yillarida chor Rossiyasining, sho'rolar hokimiyatining iqtisodiy islohotlar o'tkazadigan laboratoriyasiga aylanib qolgan edik xolos. Endi bunday tajriba maydoni rolini o'ynovchilikdan qutildik, o'zimizning milliy an'analarimizni tiklab yana iqtisodiyotni rivojlantirishga kirishdik. O'zbekiston tanlagan yo'l bozor iqtisodini shakllantirishdir. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, bu tamoyillar mazmuni quyidagicha: -iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy tayziqlarsiz, o'ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog'i kerak: -davlat bosh islohotchi o'rnida bo'lib, uning yo'nalishlarini belgilab beradi va amalga oshiradi: -bozor munosabatlariga o'tish qonun ustivorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitusiya va qonunlarga amal qilinishi shart: -bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini kuchli himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o'tkazish; -bozor iqtisodiyotiga o'tish evolyusion yo'l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog'i zarur. Bozor munosabatlariga o'tishda iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqilib, uning tub maqsadi-markazlashtirilagan, ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o'tishdan iboratdir. Bozor munosabati bu jihatdan klassik kapitalistik va sosialistik iqtisodiy tizimdan farq qiladi. Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko'ra ustivor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi. Birinchi bosqichda birdaniga ikki vazifani hal qilish kerak: Ma'muriy buyruqbozlik tizimini og'ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va yangisini qurmay, eskisini buzmaslik qabilida ish ko'rish kerak. Bu o'tish jarayonida asosiy e'tiborni yangi bozor munosabatlarining huquqiy bazasini vujudga keltirish, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berishga qaratmog'i kerak. Bozor munosabatlariga o'tishning asosiy sharoitlaridan biri sifatida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshiriladi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma'muriy buyruqbozlik buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, mulkdorlar sinfi shakllandi, xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligi oshdi. Mulkni xususiylashtirish va ko'p ukladli iqtisodni shakllantirish O'zbekistonda ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich 1992-1993 yillari amalga oshirildi. Bu davrda asosan maishiy xizmat, savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, qayta ishlash korxonalari mulk shakli o'zgartirilib, mulkning ijara, jamoa, aksiadorlik shakllari vujudga keldi. Uy-joylar xususiylashtirildi. Qishloq xo'jaligida 770 kolxoz va sovxozlar xususiylashtirilib, jamoa va ijara xo'jaliklariga aylantirildi. Birinchi bosqichda mulk davlat tasarrufidan chiqishi jarayonida mulkdorlar sinfi shakllandi. Ikkinchi bosqich O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.31 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.31 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:49 ]
Arxiv ichida: doc