Mustaqillik yillarida Farg'ona viloyatining demografik jarayonlari

Mustaqillik yillarida Farg'ona viloyatining demografik jarayonlari

O'quvchilarga / Geografiya
Mustaqillik yillarida Farg'ona viloyatining demografik jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Mustaqillik yillarida Farg'ona viloyatining demografik jarayonlari Aholi o'ta murakkab va ko'pqirrali tushuncha bo'lib, uni mamlakatning asosi deyish mumkin. U bilan ishlab chiqarish jarayoni chambarchas bog'langan. Chunki mehnat resurslarisiz ishlab chiqarish bo'lmaydi, ishlab chiqarish esa aholi uchun zarur. Bir vaqtning o'zida aholi moddiy va ma'naviy boyliklar yaratuvchisi ham ularni iste'molchisidir. Aholining hududiy tarqalishiga demografik jarayonlar o'z ta'sirini ko'rsatadi. Shu sababdan hududlarning (shahar va qishloq) aholisi o'sishi yoki kamayishiga doimo demografik jarayon sifatida qarab kelingan. Shu jihatdan olib qaralganda, mamlakatimizda o'ziga xos demografik salohiyatga ega Farg'ona viloyati aholisini o'rganish va tadqiq etish muhim masalalardan biri sanaladi. Farg'ona viloyati maydoni 6,8 ming km.kv bo'lib, bu yerda 2007 yil 1 yanvar holatiga ko'ra, 2917,5 ming kishi istiqomat qilmoqda, ya'ni Respublika hududining 1,5 foizini egallagan viloyatda mamlakat jami aholisining 10,9 foizi yashaydi. Bundan ko'rinib turibdiki, viloyat aholi zichligi ancha yuqori hamda demografik yuki og'ir bo'lgan mintaqalarimiz tarkibiga kiradi. Farg'ona viloyati aholisi 1989 yilda 2141,7 ming kishi ro'yxatga olingan, ko'rilayotgan davr mobaynida aholi soni 775,8 ming kishiga yoki 136,2 foizga ortgan. Shu yillar davomida mamlakatimiz aholisi 19810 ming kishidan 2663 ming kishiga (134,5 %) o'sgan. Tabiiyki, aholi soni oshib borgani sari, uning zichligi ortib boradi. Viloyatda 1989 yil 1 km.kv maydonga 301,7 kishiga to'g'ri kelgan bo'lsa, bu ko'rsatkich, 2007 yilda 411 kishini tashkil etmoqda. Aholi sonining ortib borishi, o'z navbatida, yer-joy muammolarining keskinlashishiga ham sabab bo'lmoqda. 1989-1994 yillarda shaxsiy xo'jaliklarga 14-12 sotih miqdorida yer ajratilgan bo'lsa, hozirgi kunda bu miqdor 8-6 sotih tushib ketganligi fikrimizning isbotidir. Hozirda mintaqada 4ta viloyatga bo'ysinuvchi (Farg'ona, Qo'qon, Marg'ilon, Quvasoy) va 4 ta tumanga bo'ysinuvchi shahar hamda 10 ta shaharcha mavjud. Musta-qillik yillarida butun Respublikada bo'lgani kabi viloyatda ham urbanizatsiya darajasi pasayib bormoqda. (32,4 foizdan 27,9 foizga tushib qoldi) Bunga shaharlarda qishloq joylarga nisbatan tabiiy ko'payishning pastligi va manfiy ko'rsatkichga ega migratsiya saldosi (shaharlarda yashagan aksariyat rusiyzabon aholining ona yurtlariga ko'chib ketishi) o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida oilalarning rejali asosda farzand ko'rishi, ikkinchi tomondan shaharlarda ayollarning doimiy mehnatda band bo'lishi ham aynan shaharlarda tug'ilishning kamayishiga olib keldi. Masalan, 1989 yilda 198,3 ming kishilik aholiga ega bo'lgan Farg'ona shahri viloyatda aholi soni bo'yicha eng yirik shahar edi. Yuqoridagi sabablar tufayli bugungi kunda uning aholisi 187,1 ming kishiga tushib ketdi. Ammo viloyatning qadimiy Qo'qon (179,5 mingdan 206,5 mingga) va Marg'ilon (124,1mingdan 169,4 ming kishiga) singari shaharlarining aholisi muttasil ravishda oshib bormoqda. Bunga ushbu tarixiy shaharlarda tub joy aholisining ko'p to'planganligi, ularda tabiiy ko'payish nisbatan yuqoriligi, boshqa millat vakillarining esa kamligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.36 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.36 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga