Mustaqillik yillarida geografiya ta'limi

Mustaqillik yillarida geografiya ta'limi

O'quvchilarga / Geografiya
Mustaqillik yillarida geografiya ta'limi - rasmi

Material tavsifi

Mustaqillik yillarida geografiya ta'limi Reja: 1. Maktab geografiya ta'limini ilmiy - uslubiy jihatdan qayta qurish konsepsiyasi. 2. Akademik litsey va kasb- hunar kollejlarda geografiya ta'limi. 3. Mustaqillik yillarida geografiya fanidan yaratilgan o'quv dasturlar va davlat ta'lim standartlari. 4. Ta'lim to'g'risidagi'' qonun va uning ahamiyati. 5. Hozirgi davrda geografiya fanining o'qitilishi. Mamlakatimiz o'z mustaqilligiga erishgach Respublika xo'jaligining barcha sohalarida bo'lganidek ta'limda ham tub islohotlar davri boshlandi. 1992-yilda ilk bor O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi yangi qonuni qabul qilindi.Uning 3-moddasida Ta'lim dasturlarini tanlashda yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv zarurligi ta'kidlangan.Bu qonunga asosan mamlakatimizda geografiya ta'limida ham tub o'zgarishlar sodir bo'ldi. Yangi mazmundagi o'quv dasturlari va rejalari ishlab chiqildi.Dasturlar asosida darsliklar, o'quv qo'llanmalari, metodik adabiyotlari yaratishga kiritildi .SSR tabiiy va iqtisodiy geografiyani mukammal o'rganish o'rniga o'z Respublikalarini, shu sohadagi geografiyalarini atroflicha o'rganishga e'tibor qaratildi. Ta'lim muassasalarini ilmiy maktab uchun zarur bo'lgan didaktik vositalar bilan ta'minlashga, o'quv muassasalarini attestatsiya va akreditatsiya o'tkazish tizimi kiritildi va amalgam oshirldi. Asta-sekin milliy ta'lim tizimi shakllana boshladi. Metodik olim P.Musayev rahbarligida geografiya o'qitishga oid milliy ta'lim konsepsiyasi ishlab chiqildi.Milliy maktablarda geografiya o'qitish mazmunan va deyarli o'zgardi.Xorijiy mamlakatlar bilan ta'lim sohasi bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yildi. Ulardan ilg'or pedagogik texnologiya tanqidiy nuqtai nazarda ko'rib chiqildi. Mamlakatimizda tashkil qilingan Ustoz jamg'armasi orqali ko'pgina geograflar xorijiy mamlakatlarda bo'lib ularning tajribalarini o'rganib qaytdilar va hokazo. Amalga oshirilgan tadbirlar tufayli mamlakatimizning o'ziga xos milliy ta'lim tizimi shakllanib, uning moddiy bazasi mustahkamlanib bordi. Mamlakatimizda yangi turdagi o'quv muassasalari, litseylar, gimnaziyalar, kollejlar tashkil qilindi. Ularda ta'lim tizimi deyarli yangidan uyushtirildi. O'quvchilarni tabaqalab o'qitish joriy etildi. Ammo bu tadbirlarning barchasi mafkuraga sodiq hodimlarini tayyorlashga da'vat etilgan sobiq ta'lim tizimining yangilash borasidagi dastlabki qadamlar edi. Endilikda mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq maqsad, mazmun, vazifalar, boshqarish, tashkil etish va xalqimizning milliy-madaniy an'analariga xos keladigan tamoman yangicha Ta'limiy xizmatni shakllantirishga kirishildi.Bunday ta'limiy xizmatning metodologik negizini prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan Jamiyat mafkurasi xalqni xalq,millatni millat qilishga xizmat qilsin degan g'oya yotadi. Uning pedagogik asosini esa har bir shaxsning qobiliyati va iste'dodini rivojlantirish, takomillashtirishi orqali jamiyatning quyidagi ta'limiga bo'lgan ehtiyojini qondirish tashkil qilindi. Ana shunday konsepsual g'oyalar asosida faoliyat ko'rsatuvchi maktabni,shaxs va jamiyatni rivojlantirishga, ta'limning milliy va mintaqaviy xususiyatlarini e'tiborga olib demokratiya hamda insonparvarlik tamoyillari asosida boshqarishga undaydigan mexonizm sifatida boshqa fanlar qatori geografiya ta'limida ham tayanch o'quv tizimi vujudga keldi. Bu mexanizm jamiyatning geografiya ta'limiga bo'lgan ijtimoiy buyurtmasi, davlat talabi bilan bolaning shaxsiy imkoniyati mayli o'rtasidagi tafovutni muvozanatlovchi vositadir. Yuqoridagi g'oya va fikrlar hamda konsepsiyalar asosida mamlakatimizda geografiya ta'limining mazmuni va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.03 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.03 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga