Mustaqillik yillarida nikoh va ajralishlar dinamikasi va undagi o'zgarishlar

Mustaqillik yillarida nikoh va ajralishlar dinamikasi va undagi o'zgarishlar

O'quvchilarga / Geografiya
Mustaqillik yillarida nikoh va ajralishlar dinamikasi va undagi o'zgarishlar - rasmi

Material tavsifi

Mustaqillik yillarida nikoh va ajralishlar dinamikasi va undagi o'zgarishlar Nikoh ijtimoiy hodisa bo'lib, insoniyat tarixining ma'lum bosqichida paydo bo'lgan. Jamiyat taraqqiy etib borishi bilan uning shakli o'zgarib, o'zi esa mustahkamlanib bordi. Nikoh arabcha «uylanish» ma'nosini anglatadi. Nikoh erkak bilan ayol oila qurishining tarixan shakllangan va qonun yoki din tomonidan mustahkamlangan shaklidir. O'zbekistonda nikohning dunyoviy-demokratik shakli erkak va ayollarning teng huquqligini e'tirof etishga asoslangan monogam-yakka nikohlik, ya'ni bir erkakning bir ayol bilan yakka nikoh asosida yashashi o'rnatilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining «Oila» bobida nikoh ayol va erkakning o'z ihtiyori bilan bildirilgan roziligiga asoslanishi, oilaviy munosabatlarda yer bilan hotinning teng huquqli ekanligi ko'rsatib o'tilgan. Qonunda kishining bir nikohda bo'laturib, yana boshqa kishi bilan ham nikohlanishi va yaqin qon-qarindoshlar bilan nikoh tuzishi ta'qiqlanadi. Mustaqillik yillarida yaratilgan «Oila kodeksi»da (1998 y.) qizlar uchun nikoh yoshi -17 yosh, yigitlar uchun 18 yosh qilib belgilangan. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2006 yilda O'zbekistonda 207,3 mingta nikoh qayd etildi. 1991-2006 yillar davrida Respublikada 2 mln. 991 mingta nikohlar ro'yxatga olindi. Qayd etilgan nikohlarning uchdan ikki qismiga yaqini qishloq joylariga to'g'ri keldi. Tahlillar ko'rsatishicha Respublikada qayd etilgan nikohlar soni mustaqillik yillarida kamaydi. Xususan, 1991-2006 yillar orasida qayd etilgan nikohlarning mutlaq soni 270,2 mingdan 207,3 mingtaga tushdi yoki 1991 yilda har 100ta aholiga nisbatan 12,9 ta nikoh qayd etilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2006 yilda 7,8 ni tashkil etdi. Demak, qayd etilgan nikohlar soni keyingi 16 yil ichida mutlaq sonda 63 mingga, har 100 kishi hisobiga esa 5,1 taga qisqardi. Nikohga kiruvchilar sonining kamayishi Respublikaning barcha mintaqalarida ham kuzatiladi. Ayniqsa, Surhondaryo, Andijon, Farg'ona, Xorazm, Jizzah, Sirdaryo viloyatlarida va Qoraqalpog'iston Respublikasida nikoh koeffitsiyenti 6,4-7,5 promillega kamaydi Bu hol asosan, demografik hamda iqtisodiy omillar bilan izohlanadi. Chunonchi, nikohga kirish yoshidagi yoshlar salmog'ining nisbatan kamayishi va hozirgi o'tish davridagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Mavjud raqamlar tahliliga ko'ra nikohga kirgan erkaklarning 93,2 foizini birinchi marta nikohlanuvchilar, 5,4 foizini ajralishib, qayta oila quruvchilar va 1,4 foizini bevalar tashkil etdi. Birinchi marta nikohnaluvchilar barcha mintaqalarda ham jami nikohlanuvchilarning asosiy qismini tashkil etgan. Bu ko'rsatkichlar ayollar orasida mos ravishda 96,3; 3,2; 0,5 ga teng bo'ldi. Deyarli barcha davrlarda ham ajralishgan va beva ayollarning qayta nikohga kirishi erkaklarga nisbatan kam bo'lgan. Nikoh erkinligi ajralib ketish erkinligini ham ko'zda tutadi. Nikohni ro'yxatga olish kabi ajralishni rasmiylashtirish ham davlat nazorati ostidadir. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq nikohni bekor qilish yer-hotindan biri yoki ikkalasining arizasiga binoan sud idoralari va voyaga yetmagan bolalari bo'lmagan yer-hotinning o'zaro roziligi bo'lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari(FXDYO) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.65 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.65 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga