Muzliklar va ularning gidrologik ahamiyati

Muzliklar va ularning gidrologik ahamiyati

O'quvchilarga / Geografiya
Muzliklar va ularning gidrologik ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Muzliklar va ularning gidrologik ahamiyati Reja: 1.Hionosfera haqida tushuncha. Qor chizig'i. 2.Muzliklar va ularning turlari. 3.Muzlik ishi va ularning gidrologik ahamiyati. 1.Qutub hududlarida qor chizig'I havo haroratining pastligi tufayli okean satxigacha tushadi. Qor chizig'ining eng baland nuqtasi subtropiklarda joylashgan (6400 m gacha) ekvator havosi nam bo'lib, u yerda yog'in miqdori birmuncha ortadi va qor chizig'i balandligi 4400-4900 m gacha tushib qoladi. Qor to'planadigan qismda uning zahirasi doimiy ravishda kamayib turadi. Bu kamayish 2 xil yo'l bilan muzliklarning qor chizig'idan pastga siljishi va qor kuchkilari ko'rinishida kuzatiladi. Qor kuchkilari (lavinalar) deb, tog' yon bag'irlarining qiya yuzalari boylab surilib, tushadigan qor uyumlariga aytiladi. Kuchkilar qiyaligi 15 dan katta va qor qalinligi 0,5 m dan ko'p bo'lgan tog'li va qutb oldi hududlari uning xarakterlidir. Kuchkilarning paydo bo'lish sabablari turlichadir. Masalan, quruq kuchkilar yangi yoqqan qor bilan eski qor o'rtasida ishqalanish kuchi kichikligi va shu tufayli yaxshi jipslashmaganligi sababli vujudga keladi. Shamolning kuchli esishi ham ma'lum sharoitda kuchkilarga sabab bo'ladi. Ba'zan havo haroratining ko'tarilishi yer sirti bilan qor qoplami o'rtasida erigan suv hosil bo'lishiga olib keladi. Suv esa tungi soatlarda yoki haroratning keskin pasayishi natijasida muzlaydi. Bu nilan qorning surilishiga yoki ko'l kuchkilar hosil bo'lishiga sharoit yartiladi. G.K.Tushinskiy qor uyumlarining yonbag'rlarda surilish holatiga ko'ra kuchkilarni 3 turga bo'ladi: qor surilmalari, novsimon yonbag'irlar kuchkilari, sakrovchi kuchkilar. Qor surilmalari qor juda ko'p miqdorda yoqqan yillari kuzatilib, bunda qor qoplami yonbag'irda front boylab suriladi. Ikkinchi holda esa qor ma'lum novsimon uzanda suriladi va uzanning tubida konussimon uyilma hosil qiladi. Sakrovchi kuchkilar juda katta tezlikka ega bo'ladi, chunki ular nishabligi keskin ortgan yonbag'irlarda kuzatiladi. Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, kuchkilar juda xavfli hodisa bo'lib, ular katta ziyon keltirish va ba'zi hollarda inson hayotiga ham xavf solishi mumkin. 2. Musbat muvozanatli qismda qor qoplami vaqt o'tishi bilan firn (qotgan qor) ga aylanadi. Bu hodisaga sabab qorning yuqori qatlamlarini uning pastki qismiga ko'rtsatgan bosimidir. Shu bilan bir qatorda qor qoplamining yuqori qismida erigan qor suvlarining, uning pastki qismiga o'tishi va u yerda muzlashi ham frinlashuvga sabab bo'ladi. Firnning zichlashishi esa gletcher muzligining hosil bo'lishiga olib keladi. Zichligi 0,90gsm. Uning yanada zichlashishi esa haqiqiy muzlikni hosil qiladi. Ma'lum sharoitlarda muzlik elastiklik xususiyatiga ega bo'ladi, u qancha katta bosim ostida bo'lsa va harorati qancha yaqin bo'lsa, uning elastikligi shuncha katta bo'ladi. Muzliklar doimiy harakatda bo'ladi. Harakat yonbag'ir nishabligi va muzlik qoplami qalinligiga bog'liq. Nisbatan yuqori haroratlarda ham tezlik ortadi. Eng katta tezlik (10-40 m kun) Grenlandiya muzliklarida o'lchangan. Muzlik qatlamlardan iborat bo'ladi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.03 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.03 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga