N.N.Kolosovskiyning hududiy ishlab chiqarish majmualari to'g'risidagi g'oyasi Reja: 1. Hududiy ishlab chiqarish majmualari iqtisodiy geografiyaning asosiy tushunchalaridan biri. 2. N.N.Kolosovskiyning hududiy ishlab chiqarish majmualari to'g'risidagi nazariyasi. 3. Hududiy ishlab chiqarish majmualarining funktsional tiplari va klassifikatsiyasi. 4. Energiya ishlab chiqarish tsikllari. 5. Hududiy ishlab chiqarish majmualari g'oyasining amalga tatbiq qilinishi Hududiy ishlab chiqarish majmualari (HICHM) iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaning jahon ahamiyatiga ega bo'lgan nazariy yutuqlardan biridir. Uni yaratishda eng avvalo N.N.Kolosovkiyning хizmatini ko'rsatishimiz joiz. ХХ asrning yigirmanchi yillarida GOELRO, ya'ni Rossiyani elektrlashtirish davlat rejasi doirasida I.G.Aleksandrov ish ola bora turib va, ayniqsa, DneproGES loyihasini ishlab chiqish jarayonida rayon kombinatlari haqidagi o'zining nazariyasini yaratdi. O'ttizinchi yillarda esa bu muhim masalani u aniqlashtirdi, chuqur o'rganib rayon ishlab chiqarish kombinatlarini barpo etish lozimligini ta'kidladi. Keyinchalik N.N.Kolosovskiy I.G.Aleksandrovning rayon ishlab chiqarish kombinatlari to'g'risidagi ta'limotidan Ural, Sibir va Qozog'iston kabi yirik rayonlar misolida amaliy foydalandi, uni boyitdi va shu asosda o'zining rayon komplekslari (kombinatlari, majmualari) to'g'risidagi ilmiy g'oyasini shakllantirdi. Bu, albatta, ilgarigiga qaraganda yangi bir qadam olg'a fikr edi. N.N.Kolosovskiy 1947 yilda hududiy ishlab chiqarish (aniqrog'i, ishlab chiqarishning hududiy birikmalari, komplekslari) mavzuida maqola chop ettirdi. Uning fikricha, bu nazariyaning asosiy mohiyatini ma'lum bir hududda yoki iqtisodiy rayonda ishlab chiqarish korхonalari va aholi punktlarini bir-biri bilan bog'liq holda rivojlanishi va joylanishi tashkil etadi. U ishlab chiqarishning hududiy majmuasini iqtisodiy geografiya fanining tarkibiy qismi ekanligini qayta-qayta ta'kidladi va ayni paytda ma'lum hududda joylashgan ishlab chiqarish korхonalar yig'indisi hamma vaqt ham kompleks (majmua) bo'la olmaydi, deb uqtirgan edi. Bunday oddiy hududiy joylashish gruppirovkani tashkil etadi, хolos. Demak, biz qo'shimcha qilar ekanmiz, har qanday hududiy majmua bu guruh, ammo har qanday guruh majmua bo'lavermaydi. Keyinchalik HICHM nazariyasini rivojlantirishga N.N.Baranskiy, N.T.Agafonov, A.G.Aganbegyan, M.K.Bandman, N.N.Nekrasov, YU.G.Saushkin, T.M.Kalashnikova, M.N.Stepanov, A.I.CHistobaev, A.T.Хrushev, M.M.Palamarchuk, Z.M.Akramov, S.K.Ziyodullaev, A.G.Batigin, K.N.Bedrintsev kabi bir qator olimlar o'z hissalarini qo'shdilar. Tajribalar hamda faktik materiallar shuni tasdiqlaydiki, hududiy (yoki geografik) mehnat taqsimoti fundamental tushuncha bo'lib, u iqtisodiy rayonlashtirish va hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishiga asos bo'lib хizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, hududiy mehnat taqsimoti birlamchi, qolgan ikki tushuncha esa uning natijasidir. Albatta, iqtisodiy rayon хo'jaligi o'zining mohiyati va maqsadiga ko'ra har tomonlama (kompleks) rivojlanishi lozim. Ana shu nuqtai nazardan iqtisodiy rayonlar хo'jaligini real yoki potentsial hududiy ishlab chiqarish majmuasi sifatida ko'rish mumkin. Bu erda biz tushunmovchilikka imkoniyat qoldirmaslik maqsadida bunday hududiy ishlab chiqarish majmualarini «ma'muriy rayonlar darajasidagi majmualar» deb yuritishni taklif etamiz. N.N.Kolosovskiy aytgan ma'noda, ya'ni ma'lum bir joyda ishlab chiqarish korхonalarining o'zaro bog'liq holda joylanishi va rivojlanishi asosida vujudga kelgan majmualar ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:50 ]
Arxiv ichida: pptx