Namangan viloyati

Namangan viloyati

O'quvchilarga / Geografiya
Namangan viloyati - rasmi

Material tavsifi

8-sinf geografiya darsligi asosida 48-mavzu: 1-ilovadagi jadvaldan viloyat aholisining soni va maydonini aniqlab, aholisining o'rtacha zichligini toping. Namangan viloyati iqtisodiy rayonning shimoliy qismidadir. Viloyatning baland tog' tizmalari bilan o'ralgan sharqiy qismida iqlim nisbatan yumshoq. Viloyatning g'arbiy qismida yog'in kam yog'adi va daryolar ham kam. Aholisi. Viloyat aholisi tabiiy o'sish sur'atlari jihatidan oldingi o'rinda turadi. Shunga ko'ra mehnatga yaroqlilar soni tez ko'paymoqda. Qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlari: donchilik, paxtachilik, sabzavotchilik, bog'dorchilik va uzumchilik, go'sht-sut chorva-chiligi, pillachilik. Sanoatning asosiy tarmoqlari: elektroenergetika, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat. Xo'jaligi. Namangan viloyatida ham obikor dehqonchilik ustun turadi. Viloyat hududida ko'plab sug'orish inshootlari - Shimoliy Farg'ona, Oxunboboyev nomli, Chust, Chortog'soy kanallari va boshqalar qurilgan. Irrigatsiyaning rivojlanishi obikor yerlarni kengaytirish va melioratsiya holatini yaxshilash imkonini berdi. Ekin maydonlarining asosiy qismiga paxta va g'alla ekiladi (106-rasm). Pop va Chust tumanlaridagi yaylovlarda qo'y va echki ko'p boqiladi. Qora-mol hamma dehqonchilik tumanlarida boqiladi. Yaylovlar yetishmaganidan ko'pgina xo'jaliklar mollarni yozda tog' yaylovlariga haydab boradilar. Pillachilik paxtachilik bilan birga rivojlantirilmoqda. Sanoat, asosan, yengil va oziq-ovqat korxonalari hamda mashinasozlikdan iborat. Sanoat korxonalarining asosiy qismi Namangan sanoat tugunida joylashgan (107-rasm). Temiryo'l, avtomobil transporti yaxshi rivojlan-gan. 2018-yili vilоyatning ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаnishini jadallаshtirish mаqsаdidа Chust tumаni hududidа «Nаmаngаn» erkin iqtisоdiy zоnаsi tаshkil etildi. Shaharlari. Namangan viloyatning ma'muriy, iqtisodiy va madaniy markazidir. Shahar Namangansoy bo'yida joylash gan. U viloyat sanoati mahsulotining katta qismini beradi. Shaharda shoyi fabrikasi va kostumbop gazlamalar kombinati, elektrotexnika zavodi, sun'iy tola zavodi, ikkita paxta tozalash zavodi, yog'-ekstraksiya va konserva zavodlari, elektr stansiyalari, qop-qanor uchun ishlatiladigan dag'al gazlama fabrikasi va boshqa korxonalar ishlab turibdi. Qurilish materiallari sanoatiga taalluqli korxonalardan uysozlik kombinati, temir-beton konstruksiyalar zavodi, g'isht za­vodi va boshqalar faoliyat ko'rsatmoqda. Shaharda bir nechta oliy ta'lim muassasalari bor. Namanganni xalqimiz «gullar shahri» deb ataydi. Shahar markazidagi Mashrab nomidagi madaniyat va istirohat bog'i mamlakatimizdagi eng go'zal bog'lardan bi-ridir. Shahar markazidan chekka tomon nursimon taralib ketgan keng va ravon ko'chalar shahar markazini mikrorayonlar bilan bog'laydi. Chust - tuman markazi. Namangandan Toshkent va Qo'qon ga boriladigan avtomobil yo'li ustida joylashgan Shaharda tikuvchilik fabrikasi, hunarmandchilik korxonalari, madaniy-maishiy muassasalar bor. Chust pichoq chilik bilan mashhur. Popda texnik rezina va poyabzal zavodlari ishlab turibdi. Kelajakda zavodda rezina shinalarini qayta ishlash yo'lga qo'yiladi. Uchqo'rg'on tuman markazi. Undan Andijon, Namangan va Toshkent tomon avtomobil yo'llari ketgan. Shahar yonida Norin daryosiga GES qurilgan. Shaharda yirik paxta tozalash hamda yog' zavodlari faoliyat ko'rsatmoqda. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 7.21 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:50 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 7.21 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga