Namangan - rasmi

Material tavsifi

Mavzu:Namangan Reja 1.Namangan viloyat toponomikasi. 2.Namangan viloyati etnografiyasi. 3.Namangan viloyati tarixiy yodgorliklari. Namanganga tashrif… Mamlakatimizning ko'p asrlik tarixi va mustaqillik davridagi taraqqiyotida Namangan viloyati o'zining boy o'tmishi, madaniyati bilan muhim o'rin egallab kelgan. Namangan tarixi. Namangan Farg'ona vodiysidagi qadimgi shaharlardan. Shahar ko'chmanchi chorvadorlar va dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi o'troq aholi yashaydigan chegarada vujudga kelgan. Namangan qishlog'i haqidagi dastlabki ma'lumot 14- asr oxirlariga tegishli. Bunda tarix mujassam. Namangan toponimikasi. Bobur o'zining Boburnoma asarida Namanganni qishloq sifatida eslatib o'tgan. Tarixchilarning xabar berishicha, bu yerga 1582 yilda asir olingan forslar keltirib joylashtirilgan. 1643 yilgi vaqf hujjatida ham shahar deyilgan. Shahar tuz koni yaqinida barpo bo'lganligi uchun nomi namak kon so'zlaridan deb taxmin qilinadi. 1620 yil Farg'ona vodiysining qadimgi poytaxti Axsi (Axsikant) zilziladan vayron bo'lgach, uning aholisi yaqinroq joylashgan Namanganga ko'chib o'tadi. Namangan Jome masjidi. Zamonaviy me'morchilikda milliylik mujassam. Keyingi o'n yilliklar ichida shaharda yengil, oziq ovqat va mashinasozlik sanoati korxonalari hamda Namangansoyda GES lar qurildi. Namangan viloyatida o'zbeklardan tashqari tojik, qirg'iz, qoraqalpoq, qozoq kabi turli millat vakillari istiqomat qilishadi. Viloyatning qadimiy o'troq aholisi azaldan dehqonchilik, hunamandchilik, chorvachilik va savdo bilan shug'ullanib kelganlar. Viloyatning Namangan, Chust, Kosonsoy kabi shaharlari aholisi turmush tarzida qadimdan o'ziga xos hunarmandchilik, Chortoq Yangiqo'rg'on tumanlarida bog'dorchilik, Chust, Pop tumanlarida chorvachilik, qolgan tumanlarda esa dehqonchilik bilan bog'liq xususiyatlar o'z aksini topgan.rivojlangan, Aholining qadimiy falsafiy, diniy, taqvimiy tasavvurlari hamda xo'jalik an'analari bilan bog'liq urf-odat, marosim va bayramlar mavjud. Jamoaviy hayot o'zida turli an'analarni mujassam etgan. Taomlarda milliylik jamlangan! Qozon to'ldi oqshomida har bir xonadon qozonlarini to'ldirib biror lazzatli taom tayyorlasa, kelayotgan yilda hosil mo'l bo'ladi degan qarashlar mavjud bo'lib, uning tarixiy asoslari Avestoda qayd qilingan Xamaspaeta bayrami bilan bog'lanadi. Chustiy sho'rvalari tan ozig'i! Dehqonlarning dasturxoni ziroatchilik ne'matlari bilan to'lsa, chorvadorlarning dasturxonida go'sht va sut-qatiq mahsulotlari ko'proq bo'lgan.Uy bekalari ushbu kunda har yilgi odatlariga ko'ra uy ko'taradilar. Chustiy pichoqlarin yetti iqliim bilar. Osmon kamalagi bunda mujassam! Chustiy do'ppilari yigitlar ko'rki!! Bahorgi marosimlar, ya'ni tabiatni ulug'lash va o'simliklar kulti bilan bog'liq an'analar zamirida hayot daraxti, tabiatning o'lishi va qayta tirilishi aks etgan bayramlar bir qator… Tabiatning mo'jizaviy qudrati!! Viloyat Farg'ona vodiysining shimoliy qismida, asosan, Sirdaryoning o'ng sohilida joylashgan. Yer yuzasi balandligi 400-750 metr bo'lib, shimolga tomon balandlashib boradi. Shimoliy Chotqol va Qurama tog'lari bilan o'ralgan. Gular bayrami. Namanganda hozirga qadar davom etib kelayotgan gul bayrami taqvimiy urf-odat va marosimlar tarkibidagi gul bilan aloqador sayillarning transformasiyaga uchrab, yangicha shakl olgan ko'rinishlaridan bo'lib, o'zbek xalqi ma'naviyatini o'ziga xos tarzda namoyon qiladi. Gul bayrami aholining estetik ehtiyojini qondirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.65 MB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:50 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.65 MB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga