Navoiy viloyatida turizmni rivojlantirishning geografik asoslari

Navoiy viloyatida turizmni rivojlantirishning geografik asoslari

O'quvchilarga / Geografiya
Navoiy viloyatida turizmni rivojlantirishning geografik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Navoiy viloyatida turizmni rivojlantirishning geografik asoslari hozirgi vaqtda Respublikamizda dam olish maskanlarining ko'payib borayotganligiga qaramay, ular kelayotgan turistlarning hamda xalqimizning dam olish sohasidagi ehtiyojlarini ta'minlay olmaydi. Xali dam oluvchilarning, sayohatchilarning tabiat quchog'ida, xushmanzara va orombahsh go'shalarda zavk bilan dam olishlarini tashkil etish muammosi ustida kator amaliy ishlar bajarilishi zarurligi ko'rinib turibdi. ayniqsa tashrif buyurayotgan turistlarning, sayohatchilarning ommaviy dam olish ehtiyojini to'la kondirish uchun endilikda dam olish uylari, oromgoxlar va istirohat bog'larining o'zigina kifoya kilmaydi. Shuning uchun Respublikamizda muayyan tabiiy mintaqaning rekreatsiya, turizm maqsadlarida o'rganish va ularni baholash zarurdir. Xususan, Navoiy viloyatining tog' va tog' oldi hududlarda rekreatsiyaning bir necha yo'nalishlarini rivojlantirish imkoniyati mavjud. Maqsad bu yerdagi mavjud betakror tabiat landshaftlariga zarar etkazmasdan, turli rekreatsiya shoxobchalarini to'g'ri joylashtirish hamda mavjudlaridan oqilona foydalanish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Chunki, viloyat Respublikaning tarixiy yodgorliklari ko'p bo'lgan Samarqand - Buxoro yo'nalishi markazida joylashganligidan uning rekreatsiya boyliklaridan, dam olish maskanlaridan hamda tarixiy obidalaridan oqilona foydalanishni tashkil etish katta ahamiyat kasb etadi. Navoiy viloyati tog' va tog' oldi hududlari, Nurota tizmasi tog'lari oxaktosh, granit, marmardan tarkib topgan tog' jinslaridan iborat bo'lib, hududning dengiz satxidan balandligi shimoli- g'arbdan 400 m janubi- sharqqa 2169 metrgacha o'zgaradi. Nurota tizmasidan janubga Oktog', janubi- g'arbda Koratog' tog'lari cho'zilib turibdi. Tog' etaklarida daryo, soy yotqiziqlari hosil kilgan allyuvial tekisliklar janubiy va shimoli- g'arbga ko'tarilib, tog' tizmalariga tushadi hamda o'ziga xos manzarali tog' landshaftlarining bir necha turlarini hosil qiladi. Viloyat hududidagi Nurota tog' yong'oqzor qo'riqxonasi 1975 yilda tashkil etilib, maydoni 22138 gektar bo'lib, dasht, tog'-archazor hamda baland tog' mintaqalarini o'ziga aks ettirib, landshaftlari o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu yerda asosan Severtsov noyob qo'yini asrash bilan bir katorda yong'okzorlarni ko'paytirish bilan shug'ullanadilar.Bu hududda rekreatsiya va turizm faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlarini yanada oshiradi. ayniqsa, ko'rikxona hududidan Aydarko'l sho'rxogi tomon oquvchi o'ndan ortik katta-kichik soylar hamda xar bir daradagi bir necha buloklar, boy o'simliklar qoplami diqqatga sazovordir. Shunday ekan, rekreatsiya va turizm, toza havoda sayohatchilarga, dam oluvchilarga zarur infraturizmlarini tashkil qilish maqsadga muvofikdir. Tog' mintaqasida zamonaviy mexmonxona va sayyoxlik maskanlarini tashkil etilishini yo'lga qo'yish, tabiiy gaz va suv ta'minotini, aloqa hamda xizmat ko'rsatish tizimlarini yaxshilash lozim. Chunki, 80-100 km uzoqlikdagi viloyat markaziga tog' yo'llari orqali kelib ketishi juda mushkul va anchagina sarf-xarajatlarni talab qiladi. Takidlash lozimki, Samarkand, Navoiy va Buxoro shaharlarida ishga tushirirlgan xalqaro aeroportlar Navoiy viloyatida rekreatsiya va turizmni rivojlantirishga ta'sir etuvchi asosiy turtki bo'lishi muqarrar. Sababi, dunyo mamlakatlari bilan bog'lanuvchi aeroportlar Samarkand, Buxoro va Navoiy shaharlarga ko'plab xorijiy mezmonlarning kelishiga yordam beradi. Buxorodan Toshkent ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.02 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.02 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga