Norvegiya fordlaridan biri

Norvegiya fordlaridan biri

O'quvchilarga / Geografiya
Norvegiya fordlaridan biri - rasmi

Material tavsifi

Norvegiya fordlaridan biri Shuningdek, muzliklar akkumuliyatsiyasi bilan bog'liq relef shakllari ham bor. Bular shimoli-g'arbdan janubi-sharqqa tomon cho'zilgan drumlinalardir. Janubiy Finlyandiya va O'rta Shvetsiya uchun oz gryadalari xarakterli (oz so'zi asli shved tilidan olingan); ozlar ko'llar, botqoqlik va ishlanadigan yerlar orasidan o'nlab kilometrga cho'zilib ketgan. Ozlar bo'ylab aloqa yo'llari o'tgan. Oxirgi morena relefiningmurakkab sistemasi Finlyandiyaning janubiy qnsmida Salpausselkya qo'sh gryadasi tarzida mavjuddir. Gryadaning nisbiy balandligi 100 m atrofida, kengligi 4 km dan ortiqroq. Bu gryada oxirgi muzlik shimolga chekinishi oldidan uzoq turib qolishi sababli hosil bo'lgan. Janubiy Fillyapdiyaning ko'pdan-ko'p daryolari shu yerdan boshlanadi, biroq ayrim daryolar gryadani ko'ndalangiga kesib o'tib, ko'pdan-ko'p ostonalar hosil qiladi. Fin va Botnik qo'ltig'ining sohillari bo'ylab yosh, kambar pasttekisliklar cho'zilib ketga bo'lib, ular Sharqiy Fennoskandiyaning chekka qismlarini egyaldagan muzlikdan so'nggi transgressiyaning qumgilli yotqiziqlari bilan qoplangan. Baltika dengizi sohillarining morfologiyasida qadimgi kristalli tekislikning cho'kkanligidar dalolat beruvchi izlar aks etgan; bu tekislik yuzasida antropogen davri muzliklari- hosil qilgan relef shakllari bor. Ko'pdan-ko'p dumaloq granit orollar-dengiz suvi bosmagan yoki salgina boogan va shxeralar deb ataluvchi qo'y peshanalari Fin qo'ltig'i bilan Botnik qo'ltig'ining sohili.yaqinida har yer-har yerda turtib chiqib turadi hamda ular kema, qatnovini qiyinlashtiradi. Dengizdan Shvetsiya poytaxti Stokgolmga kirib kelish uchun kema bu mayda orollar orasidan bir necha soat so'zib yuradi. Kema qatnovi uchun ustini yupqa suv qatlami qoplagan va uncha katta bo'lmagan qavariq qoyalar ayniqsa xavflidir. Fennoskandiyaning foydali qazylmalari orasida tomir rudalari-arxey erasi jinslarida joylashgan magnetitlar eng katta ahamiyatga ega. Bu rudalar juda yuqori sifatli bo'lib, ular tarkibidagi temir 60-70% ga etadi. Magnetit konlari tarqalgan rayonlar-O'rta va Shimoliy Shvetsiya (Kiruna va Yellivare), shuningdek, Shimoliy va Janubiy Norvegiyadir. Qadimgi burmalanish zonasida, shuningdek, bazi bir rangdor metall rudalari tarqalgan. Norvegiyaning shimoliy qismid mis rudasining, janubda molibden, titan va uran rudalarining kattagina zapaslari bor. Finlyandiya territoriyasida qadimiy. intruziv jinslar bilan bog'liq holda mis, qo'rg'oshin va rux rudalari bor. Baltika kristalli qalqonining ko'pchilik jinslari-qimmatbaho qurilish materiallaridir. Fin granitlari va kvartsitlari ayniqsa yuqori baholanadi, ular bino devorlarini qoplashda ishlatiladi. Torf ham keng tarqalgan. Uning zapaslari Shvetsiyaning shimoliy qismida va Finlyandiyaning markaziy rayonlarida ayliqsa kattadir; bu erlarning tekislik relefi, suv o'tkazmaydigan kristalli jinslar va bug'lanishning kamligv botqoqlanish protsessining rivojlanishiga qulaylik tug'diradi. F.ennoskandiya iqlim sharoytining xilma-xilligi uningshimoliy va janubiy qismlari o'rtasidagi tafovutning kattaligi (Skandinaviya yarimorolining shimoliy chekkasi qutb doirasydan ancha shimblga kirib boradi, janubiy chekkasi esa Moskvadan janubroqdan o'tgan kenglikka to'g'ri keladi), g'arbdan sharqqa tomon ancha uzoqda cho'zilganligi hamda Skandinaviya tog'larining Atlantika havo massalari harakati yo'lida joylashganligi bilan belgilanadi. Skandinaviya yarimorolining g'arbiy chekkasi va janubiy qismi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.09 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.09 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga