Nozogeografiya Nozogeografiya yoki inson kasalliklari geografiyasi tibbiyot geografiyasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, u yer sharida tarqalgan kasalliklar, ularni vujudga keltiruvchi sabab va qonuniyatlarini o'rganadi. Bu boradagi ilmiy izlanishlar XVII asrda boshlangan. Olib borilgan tadqiqotlarning asosiy qismi insonlarda uchraydigan ayrim kasalliklarga xususan yuqumli - parazitar kasalliklarga qaratilgan. Ushbu tadqiqotlar XVII - asr boshlarida tibbiyot geografiyasining alohida bir yo'nalishi sifatida yuzaga keldi. Davrlar o'tishi Bilan kasalliklarning vujudga kelish va tarqalish sabablarini Aniqlashga maxsus nazariy va Amaliy tadqiqotlar amalga oshirildi. Masalan, sabiq Ittifoq davrida mazkur tadqiqotlar o'lka parazitologiyasi, landshaftepidimiologiyasi, epidemik geografiya, geogelmentologiya va boshqa ilmiy yo'nalishlar doirasida amalga oshirildi. Bu borada asosiy izlanishlar Ye.N. Pavlovskiy, K.N. Skryabin, G.Ya. Zmeev. V.Ya. Podolyan kabi olimlar tomonidan olib borildi. Inson kasalliklari geografiyasi masalalarni hal etishda XVII - xalqaro geografiya kongressining tibbiyot geografiyasi seksiyasi muhim o'rin tutdi. Ushbu kongress 1956 yil avgust oyida Reo de - Janeyro shahrida bo'lib o'tdi. Kongressda xalqaro potologik geografiya jamiyati «Kasalliklaor va geografik muhit o'rtasidagi aloqadorlik » ni o'rganish g'oyasini ildgari surdi. Rak kasalligining geografik tarqalishini o'rginshi Bilan xalqaro raka qarshi ittifoq shug'ullandi. Nozogeografiyaning asosiy vazifasi insonlarda uchraydigan kasalliklar tarqalishining umumiy geografik qonuniyatlarini Aniqlash, alohida kasalliklar nozokompleks va nozoariyallari ularning dinamikasini tadqiq qilishdan iborrat. Hozirgi vaqtda nozogeografiya tibbiyot geografiyasining muhim yo'nalishi sifatida qator masalalar Bilan shug'ullanadi: Jumladan u: - inson kasalliklar geografiyasining nazariy, uslubiy asoslarini o'rganadi. - inson kasalliklarining vujudga kelishi va geografik tarqalishda tabiiy va ijtimoiy - iqtisodiy omillar ta'sirini baholaydi; - ayrim kasalliklar geografiyasi qonuniyatlarini o'rganadi va tegishli nozogeografik kartalar tuzadi; - nozogeografiya insonlarda uchraydigan turli kasalliklarning hududiy majmua va nozoarealrini tadqiq etadi; - nozogeografik vaziyatni baholash asosida uni yaxshilashning asosiy yo'nalishlarini bashorat qiladi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, nozogeografiya sohasidagi tadqiqotlar dastavval insonlarda uchraydigan yuqumli kasalliklarga qaratilgan. Sobiq ittifoqda mazkur tadqiqotlarning asosiy qismi tabiiy o'choqLar, transmissiv kasalliklar va gelmintozlar ustida olib borildi. Bu borada akademik Ye.N. Pavlovskiyning xizmatlari kata bo'lgan. Nozogeografiyada keng (qamrovli), kata hududlarni egallovchi kasalliklar evrixor kasalliklar deyiladi. Chegaralangan areallardagina tarqalgan kasalliklar (mahalliy kasalliklar) ham deyiladi. «stenoxor» (grekcha «stenoks» - tor). Yuqumli kasalliklarning deyarli barchasi uchun lokal (mahalliy) turdagi areallar xosdir. Yuqumli bo'lmagan kasalliklarning ko'pchilligi esa evrixor kasalliklar hisoblanadi. L.M. Goromoshevskiyning fikricha, yuqumli kasalliklar o'chog'i deb infeksiya manbai turgan joy Bilan uning atrofidagi hududning mazkur Aniq vaziyatda Ushbu manba tomonidan infeksiya tarqala oladigan qismi tushuniladi. Tabiiy jarayonlar infeksiya yuqishida muhim rol o'ynaydi. Epidemik jarayonning o'tishiga tabiiy omillardan ko'ra ijtimoiy omillar ko'proq ta'sir ko'rsatadi. Tabiiy geografik tadqiqotlarda hududlarning nozogeografik vaziyat nuqtai nazaridan tahlil etish ham chuqUr mano kasb etadi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.56 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.56 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:50 ]
Arxiv ichida: doc