Nuqtadagi hamda vertikaldagi o'rtacha tezliklarni hisoblash Reja: Qalqimalar yordamida tezlikni hisoblash Suv sarfi va uni aniqlashda bajariladigan ishlar tarkibi Gidrometrik stvorni qurish va uni kerakli asboblar bilan ta'minlash Daryo va kanallarda suvning oqish tezligini o'lchash ishlari bilan yuqoridagi mavzularda tanishib chiqdik. Ushbu mavzuda asosiy etibor o'lchangan ma'lumotlarni qayta ishlashga qaratilib, tezliklarni hisoblash usullari hamda bunda bajariladigan ishlar tartibi yoritiladi. Vertikaldagi o'rtacha tezlikni hisoblashda nuqtalarda qayd etilgan tezliklarning o'rtacha arifmetik qiymatini olish mumkin emas. Shuning uchun vertikaldagi o'rtacha tezlikni aniqlashda empirik ifodalar va maxsus grafiklar tuzish usullaridan foydalaniladi. Vertikaldagi o'rtacha tezlikni aniqlash maqsadida quyidagi empirik ifodalar taklif etiladi: 1) agar tezlik vertikalda 5 ta nuqtada o'lchangan bo'lsa: VV 0,1 (Vs.b. 3 V0,2 3 V0,6 2 V0,8Vo'z.t ); 2) tezlik Z ta nuqtada o'lchangan bo'lsa: VV 0,25 (V0,2 2 V0,6V0,8); 3) tezlik 2 tanuqtada o'lchangan bo'lsa: VV 0,5 (V0,2V0,8); tezlik 1 ta nuqtada o'lchangan bo'lsa: VV0,6 . Vertikaldagi o'rtacha tezlik yuqoridagi ifodalar yordamida aniqlansa, u holda tezlik analitik usul bilan hisoblandi deb ataladi. Vertikaldagi o'rtacha tezlikni aniqlashning, yuqoridagilardan tashqari, yana grafik usuli ham bor. Vertikaldagi o'rtacha tezlikni grafik yordamida hisoblash. Bunda birinchi galda tezliklarning vertikal bo'yicha taqsimlanish epyurasini chiziladi. Keyin tezlikni ikki usul bilan hisoblash mumkin. Birinchi usul bilan hisoblanganda chizilgan tezlike pyurasini 2 yoki 4 mmdan bo'laklarga bo'lamiz. Qanday qiymatda bo'laklarga bo'lish epyuraning egriligiga bog'liq bo'ladi. Agar juda egri bo'lsa 2 mm qilibbo'lamiz. Vertikaldagi o'rtacha tezlik quyidagi ifoda bilan hisoblanadi: . Bu usul grafo-analitik usul deyiladi. Ikkinchi usul qo'llanganda ham ishni epyura chizishdan boshlaymiz. So'ng uning maydoni aniqlanadi. Maydonning o'lcham birligi m2sdachiqadi. Uni h chuqurlikka bo'lib yuborsak, vertikaldagi o'rtacha tezlik chiqadi: , . Bu usul grafo-mexanik usul deyiladi. Yuqoridagi har ikki usulda nasosiy sigrafo mexanik usuldir. U vertikaldagi o'rtacha tezliklarni aniqlashda etalon hisoblanadi. Qalqimalar yordamida tezlikni hisoblash Suvning oqish tezligini o'lchashda yoki aniqlashda qo'llaniladigan usullardan yana biri qalqimalar usulidir. Suv betida suzuvchi harqanday qattiq jism qalqima bo'la oladi. Qalqimalar ishlash prinsipi, tuzilishi, ko'rinishiga qarab bir qancha turlarga bo'linadi: 1) suv yuzasi qalqimalari; 2) chuqurlik qalqimalari; 3) integrator qalqimalar; 4) gidrometrik tayoqcha. Suv yuzasi qalqimalari suv betida oqib boradi. Ular hozirgi kunda standart holda yog'ochdan aylana yoki krest shaklda yasaladi. Daryo kengligi100 mgacha bo'lsa, aylana shakldagi (d15-30 sm; qalinligi 2-4 sm), daryokengligi 100 mdan katta bo'lsa, qalqimalarning krest shakldagisi ishlatiladi (uzunligi 60 sm; kengligi - 20 sm; qalinligi - 4 sm ). Chuqurlik qalqimalari bilan malum chuqurlikdagi tezliklarni o'lchash imkonini beradi. Bu qalqimalar 2 qismdan iborat bo'ladi: 1 - qismi engilroq bo'lib, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.56 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.56 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:50 ]
Arxiv ichida: doc