Odam paydo bo'lishi

Odam paydo bo'lishi

O'quvchilarga / Geografiya
Odam paydo bo'lishi - rasmi

Material tavsifi

Odam Hozirgi odam bir vaqtlar dastlab Afrikada paydo bo'lgan bo'lsa kerak, deb hisoblaydilar. Kontinent tabiatining ko'pgina xususiyatlari shunday fikr yuritishga asos beradi. Afrikada yashaydigan hozirgi zamon odamsimon maymunlari- shimpanze va gorillalar boshqa antropoidlarga nisbatan hozirgi odamga xos bo'lgan biologik yelgilarga ayniqsa boy. Shuningdek, Afrikadan hozirgi zamon odamsimon maymunlari bilan bir oilani (Ponguidae) tashkil etgan odamsimon maymunlarlarning bir necha shakldagi qazilma qoldiqlari topilgan. Bundan tashqari, boshqa odamsimon barcha maymunlarga nisbatan odamga ko'proq o'xshash bo'lgan antropoidlarning qazilma formalari ham shu qitadan topilgan. Avstralopiteklar ana shulardir. Ko'pchilik antropologlar avstralopiteklarni pongidgarga emas, balki gominidlarga, yani odam ham kiradigan oilaga kiritadilar. Avstralopiteklarning qoldiqlari Janubiy va Sharqiy Afrikaning villafrank yotqiziqlaridan topilga, bu yotqiziqlarni ko'pchilik tadqiqotchilar antropogenga (eopleystotsenga) kiritadilar. Materikning sharqida avstralopiteklariing suyaklari bilan birga qo'pol ravishda toshga yo'nilgan iz qoldiqlari topilgan. Uzoq vaqt davomida avstralopiteklarni antropoidlar bilan odam orasidagi eng so'nggi zveno, yani odamning bevosita ajdodlari deb hisoblab kelganlar. Biroq, 1959 yilda L. Liki tomonidan Olduvay makonining topilishi bu problemaning hal qilinishiga jiddiy o'zgarish kiritdi. Serengeti platosining shimoli-sharqida, Ngorongoro krateri yaqinida (Shimoliy Tanzaniya), villafrank yoshidagi vulkan jinslari orasida, Olduvay darasida avtralopiteklarga o'xshash primatlarning qoldiqlari topilgan. Bu qoldiqlar zinjantroplar deb ataldi. Zinjantroplardan quyida va yuqorida ancha progressiv va hozirgi odamga o'xshash bo'lgan formaning qoldiqlari topildi. Bu formani prezinjantrop yoki Homohabilis deb atadilar. Binobarin, uni Noto zotining maxsus turi deb ajratdilar. Prezinjangrop bilan birgalikda ibtidoiy tosh buyumlar-nari-beri yo'nilgan shag'allar topildi. Olduvay makonining yuqoriroq qatlamlarida Afrika arxantroplarining qoldiqlari, ular bilan bir sathda esa avstralopiteklarning qoldiqlari topildi. Tarkibida Noto habilis bo'lgan quyi qatlamning absolyut yoshi taxminan 1,8 million yil, arxantropning yoshi taxminan 490 ming yil. Noto hobilis (prezinjantrop) va zinjantrop (avstralopiteklar) qoldiqlarining o'zaro holati ilgarilari eng qadimgi odamlarning bevosita ajdodlari deb hisoblab kelingan avstrolopiteklar aslida uzoq vaqt davomida villafrank bilan pleystotsen o'rtalari orasida yashagan qazilma gominidlarning noprogressiv tarmog'ini hosil qilgan, deyishga asos beradi. Bu tarmoq bora-bora tugab qolgan. Shu tarmoq bilan bir vaqtda va hatto undan oldinroq progressiv forma-irezinjantrop yashagan. Ehtimol, ana shu forma eng qadimgi odamlarning bevosita ajdodi bo'lsa kerak. Agar shunday bo'lsa, shubhasiz, prezinjantropning vatanisharqiy Afrika-odamning dastlabki vatani bo'lgan degan fikr to'g'ri bo'lib chiqadi, Yaqinda R. Liki Rudolf ko'li atroflaridan yoshi 2,7 million yilga teng odamning ajdodlari qoldig'ini topdi. Bu topilma Noto zotining yoshini yanada qadimiy ekanligini ko'rsatadi. Arxantroplarning qoldiqlari, yani dastlabki taraqqiyot bosqichidagi haqiqiy odamlarning qoldiqlari Olduvaydan tashqari, Afrikaning shimolidan, Jazoirdan topildi. Shimoliy Afrika arxantroplarning mahalliy nomi atlantroplar deb ataladi. Butun materik bo'ylab (Sharqiy Afrikaning turli rayonlarida, Marokashning Atlantika okeani sohilida, Liviyaning O'rta dengiz sohili yaqinida, Efiopiyada, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 212.38 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 212.38 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga