Ohangaron vodiysida tog'-kon sanoatining vujudga kelishi va rivojlanishi

Ohangaron vodiysida tog'-kon sanoatining vujudga kelishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Geografiya
Ohangaron vodiysida tog'-kon sanoatining vujudga kelishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Ohangaron vodiysida tog'-kon sanoatining vujudga kelishi va rivojlanishi Mustaqil O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga o'zining salmoqli hissasini qo'shib kelayotgan Ohangaron vodiysidagi hudud Angren-tog'-kon sanoat rayoni hisoblanadi. Angren shimoli-g'arbdan Chotqol, janubi-sharqdan Qurama tog'i bilan chegaralangan. Ohangaron vodiysi dengiz sathidan 900-1200 metr balandlikda joylashgan. Tog'larning o'rtacha balandligi 3600 metr. Chotqol va Qurama tog'lari Chirchiq va Ohangaron daryosining yagona suv manbai hisoblanadi. Ohangaronning boshlanish qismi Chotqol tog' massivining Angren platosidan boshlanadi va Ohangaron vodiysining chap irmog'i Qamchiq soyidan boshlab vodiy kengayib boradi. Ohangaron vodiysida qadimdan odamlar yashab kelgan. Ohangaron daryosining o'ng qirg'og'ida eramizdan avvalgi II-IV asrlarga oid dehqonchilikda foydalanilgan mehnat qurollarining qoldiqlari topilgan. Vodiyda eramizdan oldingi birinchi ming yillikda sak va massaget qabilalari yashagan. Keyinchalik bir qancha yirik davlatlar va shaharlar vujudga kelgan. Masalan, bu yerda eramizdan avvalgi birinchi asrda Qang' davlati tashkil topgan va uning tarkibida 87 ta shahar va qishloq bo'lgan. Bu davlatni o'sha davrlarda-temirchilik ustaxonasi deb ta'riflashgan, chunki Olmaliqda mis, kumush, Chotqol hududida oltin va kumush qazib olingan, tog' yonbag'irlarida metall quyish mug'xona (pechlar)topilgan. Qizil olma hududida oltin qazib olingani to'g'risida ilk ma'lumotlar I.V.Mushketov (1886) va N.Veber(1913)ning ilmiy ishlarida aks etilgan. Bu yerda VII-XI asrlarda oltin qazib olingan va tangalar zarb qilina boshlangan (Choch tangasi). Qizil olmada temir qaylasi ham topilgan. Qazilmalarni ko'tarib olish uchun arqon va teridan yasalgan qoplar ishlatilgan. Qazilma rudalarini maydalash uchun tegirmondan foydalanilgan. Shuningdek, IX-X asrlarda Chotqol va Qurama tog'larida ayniqsa, Ohangaron daryosining o'rta qismida ko'plab feruza, qo'rg'oshin, mis, qalay, kumush, oltin qazib olingan. Sharqda Qo'hisim (Kumushtog') deb nomlangan Lashkarakdagi kon mashhur bo'lgan. O'rta asr konchilarining ish qurollari asosan toshdan yasalgan tayoqlarga bog'langan bolg'a, qaylalardan iborat bo'lgan. Ohangaron daryosining o'ng qirg'og'ida, Qorabog'soyning o'rta oqimi Qorabog' qishlog'ida metall maskani bo'lgan. Bu yerda X asrda kumush qazib olingan. Samarcho'g' qadimgi koni ham shu davrga taalluqli. Bu konda ham kumush va oltin olingan. X asrda Ohangaron (Iloq) vodiysi kumush, qo'rg'oshin beradigan katta markazga aylandi. Bu markaz tanga zarbxonalari soni bo'yicha Samarqand (Maroqand) va Buxorodan so'ng uchinchi o'rinda turgan. Qurama tog' tizmasidan janubi-g'arbiy yo'nalishda zanjiridan Qoramozor tog'lari ajralib chiqadi. VII-XII asrlarda Qoramozor konlaridan oltin, kumush, mis, feruza qazib olingan. Lashkarak, Oltin topgan, Qurqaynar va Chotqol guruhiga Qarashli konlar Kumushkon, G'o'das, Kengol, Oqtosh, G'ovasoy kabilar bo'lgan. XIX asr oxirlarida ilmiy jihatdan hudud geologiyasi va foydali qazilmalarini N.P.Obruchev, P.P.Semenov-Tyan-Shanskiy, N.L.Seversov, I.V.Mushketovlar o'rganishdi. 1875 yil I.V.Mushketov Toshkent viloyatining Ohangaron vodiysini o'rganib chiqadi va tarkibida alyuminiy bo'lgan alunit minerali borligini taxmin qilgan. Uning taxminini 55 yildan so'ng N.A.Smolyanov tasdiqladi. I.V.Mushketov o'z qo'l yozmalarida Ohangaron vodiysi foydali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.76 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.76 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga