Oila va uning demografik taraqqiyoti Reja: Oila va uning turlari. Oilaning vazifalari. Oilaning taraqqiyoti. Uy xo'jaligi. Oila va uning vazifalari Oila jamiyat taraqqiyotining mahsuli sifatida o'zining paydo bo'lishi va rivojlanish tarixiga ega. Oilaning dastlabki shakli ibtidoiy jamoa tuzumi davrida paydo bo'ldi. Ma'lumki, ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida insonlar to'da-to'da bo'lib yashaganlar. Ular orasidagi jinsiy munosabatlar tartib - qoidaga ega bo'lmagan. Bir nechta erkak va bir nechta ayol farzandlari bilan bir oila bo'lib yashaganlar, o'zaro turmush kechirishgan. Oilaning bunday shakli fanda «Poligamiya» - ko'p nikohlik, deb ataladi. Quldorlik davrida esa jamiyat taraqqiyotida yuz bergan ijtimoiy - iqtisodiy o'zgarishlar asosan, xususiy mulkning paydo bo'lishi natijasida, oilaning tarkibi xam, shakli ham o'zgardi. dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi ijtimoiy ishlab chiqarishda erkaklar qadrini oshirdi, moddiy mahsulotlar yaratishda erkaklar ulushi yuqori bo'la boshladi. Natijada ota huquqiga asoslangan patriarhal oila vujudga keldi. Endi bir erkak oila boshlig'i bo'lib, u xotinlari, farzandlari va qullari bilan oila bo'lib yashardilar. Bunday oilalar ko'pxotinlik, ya'ni «poliginiya» asosida tashkil bo'lgan poligamiya oila shakli bilan monogam - bir nikohli oila o'rtasidagi oraliq oilalarni tashkil etganlar. Quldorlik davridan feodalizmga o'tish, hamda feodalizm ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi oilaning «monogam», ya'ni yakka nikohlilik ko'rinishining paydo bo'lishiga asos bo'ldi. Ushbu davrda xo'jalik yuritishda ota-ona farzandlari, nabira - chevaralari bilan birga ishtirok etishgan. Ular birgalikda ekin ekib, hosil yig'ib, moddiy boylik yaratishgan. Ushbu davrda ota -ona, o'g'il-qiz, kelin -kuyov, nabiralari birga bir nechta bo'g'inli oila bo'lib yashashgan. Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida esa, yirik -yirik sanoat korxonalarining paydo bo'lishi natijasida, mayda dehqon xo'jaliklar, mayda hunarmand oilalar inqirozga uchradi. Bolalarning mehnatidan foydalanish, ularga ishchi kuchi sifatidagi talab asta -sekin kamayib boradi. Ko'p bo'g'inli katta oila bo'lib yashash hollari yo'qola boshladi va oilaning yangi tuzilishi - yer -xotin va bolalardan iborat bo'lgan nuklear - yadro oila yuzaga keladi. Oila paydo bo'lishi va rivojlanishini ilmiy o'rganish shuni ko'rsatadiki, oilaning tashkil bo'lishida asosiy omil-nikoh va qarindoshlik munosabatlari bo'lib, bu hol oilaga berilgan ilmiy ta'rifda o'z ifodasini topgan1. Oila-insonlarning tabiiy biologik, nikoh. Qon-qarindoshlik, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy munosabatlarda asoslangan, turmush birligi va o'zaro javobgarlik orqali bog'langangan ijtimoiy guruhidir. Oilaning bugungi shaklida oila a'zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, ma'naviy huquqiy, psixologik munosabatlar va o'zaro javobgarlik his-tuyg'ulari bilan boglanib turadilar. Oilada har bir oila a'zosining o'z ijtimoiy o'rni bordir. Oila asosini yer - xotin tashkil etadi. Lekin oilada yer-xotin uning farzandlari, ota-onasi, aka-uka, opa -singil va boshqa qarindosh-urug'lar xam yashashlari mumkin. Demak oila turli mezonlar asosida tashkil topar ekan, ushbu mezonlarni o'z mazmuniga ko'ra, shartli ravishda ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.14 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.14 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:58 ]
Arxiv ichida: doc