Okean suvining xususiyatlari 5-sing Geografiya darsligi asosida 20 § - mavzu Suv harorati. Dengiz va okeanlarning yuza qismidagi suv harorati iqlimga bog'liq. Issiq iqlimli o'lkalarda +25°, +30°C. Ammo qutbiy o'lkalarda suv harorati -1,-1,5°C gacha pasayadi. Biroq suv sho'r bo'lgani sababli muzlab qolmaydi. Okeanlarda chuqurga tushgan sari harorat kamayadi. Okeanlarning chuqur qismida +1°, -1°C atrofida bo'ladi. Yorug'lik. Quyosh nuri dengiz va okeanlarda 200 m chuqurlikkacha tushadi. Undan chuqurda g'ira-shira yorug' bo'ladi. 500 metrdan chuqurda tim qorong'i bo'ladi. Suvning sho'rligi. Dengiz va okeanlar suvi juda taxir-sho'r bo'ladi. Bunday suvni umuman ichib bo'lmaydi. Dengiz suvining har 1 litrida o'rta hisobda 35 gramm (g) tuz bo'ladi. Uning asosiy qismini osh tuzi tashkil qiladi. Ichki dengizlar suvining sho'rligi okean suvining o'rtacha sho'rligidan farq qiladi. Issiq o'lkalardagi ichki dengizlarda suv ko'p bug'lanadi. Shuning uchun ularning suvi sho'rroq bo'ladi. Qizil dengizni cho'llar o'ragan. Suv harorati +30°C dan oshadi, suvdagi tuz miqdori 1 litrda 42 grammga yetadi. Lekin suv kam bug'lanadigan va daryolar ko'p miqdorda chuchuk suv keltirib quyadigan dengizlarda Yerning suv qobig'i - Gidrosfera43-rasm. Dunyo okeanidagi eng katta oqimlar. suv sho'rligi kamroq bo'ladi. To'lqinlar. Okeanlarda suv hech qachon tinch turmaydi. Agar dengiz qirg'oqlariga borib kuzatsangiz, to'lqinning qirg'oqqa kelib urilayotgani va yana qaytib ketayotganini ko'rasiz. To'lqinlarga shamol sabab bo'ladi. Dengiz oqimlari. Radio ixtiro qilinmagan qadimgi zamonlarda faloqatga uchragan kemalardagi dengizchilar haloqat joyi ko'rsatilgan xat yozib, shishalarga solib, dengizga tashlaganlar. Okeanlarda suvlar ma'lum yo'nalishda katta oqim ko'rinishida harakat qilar ekan. Okeanlardagi suvning bunday harakati dengiz (okean) oqimlari deyiladi. 43-rasm. Dunyo okeanidagi eng katta oqimlar. Sovuq oqim Iliq oqim Okeanlardagi oqimlar keltiradigan suvning haroratiga qarab, iliq va sovuq oqimlarga bo'linadi. Xaritalarda iliq oqimlar odatda qizil rangli, sovuq oqimlar esa ko'k rangli strelkalar bilan ko'rsatiladi Dunyo okeani boyliklari. Okeanlarda o'simlik va hayvon turlari juda ko'p va xilma-xildir. Ulardan turli oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun esa qimmatli xomashyo olinadi. Eng kichik o'simlik hamda jonivor hisoblangan plankton okeanlarda juda ko'p miqdorda uchraydi va u dengiz hayvonlari uchun eng to'yimli ozuqa hisoblanadi. Planktonlar Okean boyliklari har qancha ko'p bo'lsa ham ularni muhofaza qilish kerak. Chunki, ayrim hayvonlar, masalan, kit ko'p ovlanib kamayib ketgan. Kit Savol va topshiriqlar: 1. Okeanlarda suv harorati qanday o'zgaradi? 2. Okean va dengizlar suvining sho'rligi nimalarga bog'liq? 3. Dengiz va okeanlardagi to'lqinga nima sabab bo'ladi? 6-sinf geografiya darsligi asosida 15-mavzu: Okean suvining sho'rligi. Dunyo okeani suvining asosiy xususiyati sho'rligidir. Agar suv tarkibidagi tuz miqdori 1 litr suvda 1 grammdan kam bo'lsa, chuchuk, ortiq bo'lsa, sho'r suv deb ataladi. Shuning uchun 1 ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.66 MB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.66 MB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:58 ]
Arxiv ichida: pptx