6-sinf geografiya darsligi asosida 35-mavzu: Okeaniya iqlimi, tabiat zonalari va aholisi Iqlimi. Deyarli barcha orollar ekvatorial, subekvatorial va tropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Faqat Yangi Zelandiya va unga yaqin bo'lgan orollar subtropik va mo'tadil iqlim mintaqalariga to'g'ri keladi. Umuman, Okeaniya iqlimi iliq, yumshoq bo'lib, haroratning tebranishi fasllar bo'yicha kecha va kunduzda ham katta emas. Kunduz tush paytida +30 °C, kechasi +23 °C ni tashkil etadi. Yog'inlar ko'p yog'adi, o'rta hisobda 3 00 - 4 00 mm. Gavayi orolidagi tog'larning shamolga ro'para yonbag'irlariga yiliga 12 500 - 14 00 mm yog'in yog'ishi kuzatilgan. Yangi Gvineya tog'larida 4 420 m dan yuqorida doimiy qorlar, hatto kichik muzliklar bor. Yangi Zelandiya tog'larida ham qor-muzliklar ko'p uchraydi. Tabiat zonalari. Okeaniya orollarining asosiy qismi doimiy yashil, nam o'rmonlar va savannalar bilan qoplangan. Daraxtlardan qimmatlisi kokos va sago palmalari, kauchukli daraxt, banan, non va qovun daraxtlari, mango, shakarqamish. Yangi Zelandiyada daraxtsimon paporotniklar, kauri tilog'ochi, karam daraxti, zig'ir va boshqa endemiklar o'sadi. Tog'larning shamolga ro'para bo'lgan yonbag'irlarida, tekisliklarda qalin o'rmonlar bo'lsa, teskari tomonida savannalar hosil bo'lgan. Hayvonot olami o'ziga xos. Yangi Gvineya va unga yaqin orollarda kazuar tovug'i (emu oilasiga mansub), Yangi Zelandiyada 3 turdagi kivi tovuqlari, pingvin va boshqa dengiz qushlari juda ko'p (albatros, bo'ron qushi, baliqchi qush). Orollarga keltirilgan kalamush, yovvoyilashgan mushuk, echki, quyon tabiatga juda katta zarar keltirmoqda. Okeanlar hayvonlarning tarqalishi uchun katta qiyinchilik tug'diradi, bu Okeaniya hayvonot dunyosi tarkibi o'ziga xosligiga olib kelgan. Avvalo, sutemizuvchilarning deyarli mutlaqo yo'qligi hisobiga juda kamayib ketganligi bilan ta'riflanadi. Aholisi. Okeaniyada 16 mln ga yaqin aholi yashaydi (2016- y 1- iyul). Yangi Zelandiyada tub joy aholisi maorilar jami aholining 15 % ini tashkil etadi. Asosiy aholisi ingliz - yangizelandiyaliklardan iborat. Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya, Yangi Gvineya, Gavayi orollarida kelgindilar ko'p. Bu yerda aholining ko'pchiligi shaharlarda yashaydi. Boshqa orollarda qishloq aholisi ko'pchilikni tashkil etadi. Mahalliy aholi kokos palmasi, banan, shakarqamish, an'anas, qahva, kakao yetishtiradi. Baliqchilik, o'rmonchilik, sayyohlarga xizmat ko'rsatish, dengizdan dur olish, rangli metall rudalari, ko'mir, neft qazib chiqarishda ishlashadi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.66 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:58
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.66 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:58 ]
Arxiv ichida: ppt